Bonell matras ishlab chiqarish texnologiyasi
Yotoqxona mebellari ishlab chiqarishda annanaviy yumshoq po’lat simli elastik prjinadan tayyorlangan matraslar, dizayn jihatdan zamon talabiga moslashib bormoqda. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, quyidagi umumiy ish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bonell matras ishlab chiqarish jarayonlari prujina ishlab chiqarish va yig’ishdan boshlanadi. Keyin, matrasning yuza qismi, mato va sintifon bilan birlashtirilgan mato tayyorlanadi. So’ngi bosqichda birlashtirilgan prujinali blok va matrasning turiga va maqsadiga qarab, har xil to’ldirgichlar (ko’pikli kauchuk, lateks, matolar chiqindisi, termal kigiz va boshqalar) yuza qismi uchun tayyorlangan, qovilgan matolar bilan yon qismi birlashtirilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi.
Kerakli xom ashyolar:
Jakkard to’qilgan sintetik yoki paxtali mato; vatin; spunbond; tasma; paralon yoki penapoliuretan.
Yuqori karbonli, diametri 2.2mm va 5-6 mm qalinlikdagi po’lat sim.
Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:
Kerakli maydon; 120 m² dan kam bo’lmasligi kerak.
Elektr energiya; 19 KW/220 va 380 V.
Ishchilar soni; 8- 12 kishi.
Ushbu faoliyat uchun kerakli uskunalar:
1.Bonell prujina uskunasi.
2.Bonell prijinalarni yig’uvchi uskuna.
3.Zigzag uskunasi.
4.O’lchamlarda kesuvchi uskuna.
5.Ramka bukish uskunasi.
6.Pnevmatik qisuvchi uskuna.
7.Tasma tikuv mashinasi.
8.Kompyuterli qoviq mashinasi.
9.Birlashtiruvchi tikuv mashinasi.
10.Havo kompressor.
Bonell prujina uskunasi
Bonell prujina uskunasi- Uskuna avtomatik ravishda prujina yasash, payvandlash,kesib berish imkoniyatlari mavjud. Po’lat simninig diametriga qarab 1,8- 2,5 mm sozlanishi mumkin. Uskuna 1 minut davomida 55 dona bonell prujinalar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Texnik ko’rsatkich | |
Po’lat simning diametric | 1.8-2.4 mm |
Halqaning tashqi diametric | 65-85mm |
Prujina tezligi | 80-200mm |
Ishlab chiqarish tezligi | 55 prujina/min |
Prujina aylanishi | 4-8 |
Kuchlanishi | 380V |
Quvvati | 4.5KV |
Hajmi | 2280*1100*1660mm |
Vazni | 1100kg |
Bonell prijinalarni yig’uvchi uskuna
Bonell prijinalarni yig’uvchi uskuna- Uskunada bonell prujinalar qo’lda maxsus belgilangan qismiga joylanadi, so’ngra avtomatik ravishda spiral ko’rinishida po’lat sim bilan bog’lab beradi.
Texnik ko’rsatkich | |
Prujina kengligi | 2 m |
Spiral po’lat simning diametric | 1.3-1.6mm |
Prujina uzunligi | 80-220mm |
Sim diametric | 1.8-2.5mm |
Kuchlanishi | 380V |
Quvvati | 4.5KV |
Hajmi | 3100*960*1900mm |
Vazni | 950kg |
Zigzag uskunasi
Zigzag uskunasi-uskuna avtomatik ravishda to’htovsiz simni ochish, shakl yaratish va orab berish texnologiyasi bo’yicha ishlaydi. Po’lat simninig diametri 2,5- 4,3 mm qalinlikdagi simlarni bukib zigzag ko’rinishiga keltirib beradi.
Texnik ko’rsatkich | |
Prujina kengligi | 45-70mm |
Uzunligi | 20-50mm |
Prujina simining diametric | 2.5-4.3 mm |
Imkoniyati | 38-180 tepalik /min |
Quvvati | 380V50Hz |
Hajmi | 1340*720*1900mm |
Vazni | 800kg |
O’lchamlarda kesuvchi uskuna
O’lchamlarda kesuvchi uskuna- ushbu uskuna diametri 3-6 mm gacha bo’lgan po’lat simlarni to’g’irlab, o’lchamlarda kesib beradi. Ushbu uskuna xam belgilangan o’lchamlarda avtomatik ravishda to’xtovsiz ishlash imkoniyatlari mavjud. Uskunada o’lchamlarda kesilgan simlar ramka bukish uskunasida qayta ishlanadi.
Texnik ko’rsatkich | |
Ramka uzunligi | 7800mm |
Sim diametric | 3-6mm |
Kuchlanishi | 380V |
Tezligi | 1400 aylanish/min |
Quvvati | 4Kv |
Hajmi | 1460*495*1335 mm |
Vazni | 675kg |
Ramka bukish uskunasi
Ramka bukish uskunasi- ushbu qurilma belgilangan o’lchamlarda matras tayanchini ta’minlovchi yon karkazlarni bukib ramka ko’rinishiga keltib beradi. Uskuna havo silindrlar yordamida ishlaydi.
Texnik ko’rsatkich | |
Sim diametric | 3-5mm |
Havo bosimi | 1.0 MPa |
Ramka kengligi | 800-1800mm |
Ramka uzunligi | 1800-2300mm |
Imkoniyatlari | 1000 dona/soat |
Hajmi | 2500*700*700mm |
Vazni | 200kg |
Pnevmatik qisuvchi uskuna
Pnevmatik qisuvchi uskuna- Jamlangan bonell prujinalar bilan karkas qismini, maxsus qisuvchi detallar bilan bog’lab beruvchi qurilma. Uskuna havo kompressor yordamida ishlaydi. Ushbu uskuna bonell matraslar ishlab chiqarishda, po’lat qismli mahsulotlar tayyorlash jarayonlari o’z nihoyasiga yetadi.
Texnik ko’rsatkich | |
Imkoniyati | 40-50 dona |
Yalpi vazni | 4.03 kg |
Sof vazni | 3.3 kg |
Hajmi | 410*210*90mm |
Tasma tikuv mashinasi
Tasma tikuv mashinasi- Yuqori va pastki qismlarini bog’lovchi yon matolarni dizayn jihatdan tasmalar yoki boshqa turdagi matolar bilan birlashtirib yangi dizan yaratish mumkin. Mashinada tikuv ishlarini to’htovsiz avtomatik amalga oshirish mumkin.
Texnik ko’rsatkich | |
Trikotaj kengligi | 10(14.20)*4.8(6.4)mm |
Yon mato kengligi | 100-360mm |
Tikuv tezligi | 10-14.4m/min |
Kuchlanishi | 380V |
Quvvati | 0.58KV |
Hajmi(L*W) | 3200*1600mm |
Vazni | 520KG |
Kompyuterli qoviq mashinasi
Kompyuterli qoviq mashinasi– Ushbu tikuv mashinasi Kompyuter yordamida yaratilgan chizma asosida belgilangan tikuv ishlarini avtomatik amalga oshirib beradi. Bonell matraslar ishlab chiqarish imkoniyatlariga moslashtirilgan.
Texnik ko’rsatkich | |
Uzunligi | 2-7mm |
Igna tezligi | 500-2500 igna/min |
Tezligi | 2000 aylanish/min |
Tikuv hajmi | 2.0*2.2 m |
Matoning hajmi | 2.3*2.5m |
Kuchlanishi | 220V,50Hz |
Quvvati | 1.5KV |
Hajmi | 2800*2900*1400mm |
Vazni | 700kg |
Birlashtiruvchi tikuv mashinasi
Birlashtiruvchi tikuv mashinasi- Maxsus tasma bilan yuqori va pastki qimlarni tikib beruvchi zamonaviy mashina. Ushbu mashina 26 sm o’lchamda sozlanishi mumkin.
Texnik ko’rsatkich | |
Diapazon | 260mm |
Kuchlanishi | 220V,50Hz |
Hajmi | 1930*1500*800mm |
Vazni | 464kg |
Havo kompressori
Havo kompressori -Ramka bukish uskunasi va pnevmatik qisuvchi uskuna uchun yordamchi qurilma.
Texnik ko’rsatkich | |
Bosim | 0.8 Mpa |
Sillinder(diametric*miqdori) | 90mm*3 |
Gaz hajmi | 250L |
Qadoqlash hajmi | 1630*670*1150mm |
Yalpi vazni | 320kg |
Sof vazni | 270kg |
Kuchlanish | 380V |
Quvvati | 7.5KV |
Hajmi | 1530*520*1130 |
Islombek –
Assalomu alaykum!
Olloh ishinggizga rivoj baraka bersin. Shunchalik millatga yordaminggiz tegyabdi.
Shu o’rinda bir narsani so’ramoqchi edim. Agar yangi biznes boshlamoqchi bo’lgan odam ushbu uskunani sotib olmoqchi bo’lsa-yu mablag’i yetarli bo’lmasa, pulini bo’lib to’lasaxam bo’ladimi?
Islombek –
admin –
Assalomu alaykum, Lizing yoki bank krediti orqali hariq qilishingiz mumkin
admin –