ishlab chiqarish
Jami 173 natijadan 1–15
-
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
19 Litrli filtrlangan gazsiz ichimlik suvi ishlab chiqarish liniyasi (Ofis va xonadonlar uchun)
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari19 Litrli filtrlangan gazsiz ichimlik suvi ishlab chiqarish liniyasi (Ofis va xonadonlar uchun)
Butun dunyoda toza ichimlik suviga talab oshib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham yildan yilga toza ichimlik suviga talab chekka hududlarda ham oshib bormoqda. Yuqori texnologik filtlardan o’tib, barcha bakteriyalardan xolos bo’lgan suvlar uchun talab yirik shaharlarda ham oshib bormoqda. Bunga sabab suv yetkazib berish tizimida metall quvurlar ishlatilgan bo’lib. ular suvda karroziya hosil qiladi. Bundan tashqari suvning yumshoqlik darajasi ham maxsus filtrlar yordamida yumshatiladi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun quyidagi minimal talablarga e’tiborli bo’ling:
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
8 bosqichli teskari osmosli membranali suvni filtrlash uskunasi
Teskari osmos, suvning maxsus yarim o’tkazuvchan membranadan o’tishi va uni eritmadan ajratish uchun osmotik bosimdan yuqori bo’lgan eritmani qo’llashdir. Ushbu jarayon osmosga qarama-qarshi bo’lgani uchun, u teskari osmos deb ataladi. Turli materiallarning turli osmotik bosimiga ko’ra eritmani ajratish, chiqarib olish, tozalash va konsentratsiyalash maqsadiga erishish uchun ishlatilishi mumkin. Bu bakteriyalar, zahar, issiqlik manbai, va hokazo kabi, ion kichik qator va filtrat past molekulyar og’irligi bilan organik moddalarni chiqarish mumkin. Teskari osmos qurilmasi asosan eritmadagi ionlar oralig’ini ajratadi. Bu isitishni talab qilmaydi va o’zgarishlar o’tish jarayoni yo’q, shuning uchun an’anaviy usullardan kamroq energiya iste’mol qiladi. Teskari osmos qurilmasi kichik va ishlatish uchun qulay, shuningdek, keng ko’lamdagi dasturlarga ega. Teskari osmos qurilmasi sanoat suvini ko’p miqdorda kislota va gidroksidi iste’mol qilmasdan tozalash uchun ishlatiladi, ikkilamchi ifloslanishsiz va uning operatsion xarajatlari nisbatan past bo’ladi. Teskari osmos usuli bilan ishlov berilgan suv yuqori tozalikka ega. Faqatgina ion diapazonidagi kirlarni olib tashlash bilan birga, boshqa usullar bilan olib tashlanishi qiyin bo’lgan organik ifloslantiruvchi moddalar, mikroorganizmlar, viruslar va pirogenlarni ham olib tashlash mumkin.
SKU: n/a -
Paypoq to`quv uskunalari, Tayyor liniyalar, Yengil sanoat
8-avlod Paypoq to`qish uskunasi robotli texnologiya AFX-8FTP
Paypoq to`quv uskunalari, Tayyor liniyalar, Yengil sanoat8-avlod Paypoq to`qish uskunasi robotli texnologiya AFX-8FTP
Paypoq ishlab chiqarish uskunalarini tanlab olish ishlab chiqarish jarayonida futboldagi birinchi pasga o’xshaydi. Futbolchining trayektoriyasiga va ishonchiga qarab, qolgan barcha natijalar yakuniy hisobga olib boradi. Sizga paypoq ishlab chiqarish uchun uskunalarni ikki xil versiyasini taklif etadi: 7-avlod va 8-avlod to’qish uskunalari.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
A4 formatdagi qog`oz ishlab chiqarish liniyasi
Zamonaviy ofis texnikasining rivojlanishi va turli hujjatlarni chop etish hajmlarining o’sishini hisobga olgan holda, bu yo’nalish yildan-yilga o’sib bormoqda.21-asr texnika va texnologiya asrida ko’plab xujjatlar elektron bo’lishiga qaramay,ushbu formatdagi qog’ozlarga bo’lgan extiyoj kelgusi asrgacha talab yuqori bo’lishi kuzatilmoqda.
Ofislar uchun A4 formatidagi qog’ozlar hujjatlar, chizmalar, xatlar, jurnallar, blankalar, printerlar va nusxa ko’chirish materiallari uchun keng qo’llanilanilib kelinmoqda.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Amerikancha (karamelli) popkorn ishlab chiqarish mini uskunasi
Karamelli popkorn O’zbekistonda so’nggi besh yilda ommalashdi, lekin hamma uchun u allaqachon eng ko’p xarid qilinadigan va sevib yeyiladigan mahsulotlardan biri bo’lib ulgurgan. Ushbu mahsulotga talabning aniq mavsumi yo’q. Popkorn yozda ham, qishda ham iste’mol qilinadi.
Amerikancha (karamelli) popkornlarning shokoladli, vanilli, mevali va boshqa turlari mavjud.
SKU: n/a -
-
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Asbest shifer panellari ishlab chiqarish liniyasi
Bino qurilganda uning tepa qismi ya’ni tomi ham juda katta ahamiyatga aga, sababi u imoratni tashqi ta’sirlardan saqlovchi soyabon vazifasini bajaradi. Yurtimiz bozorlarida turli materiallardan tayyorlangan tom turlariga ko’zingiz tushadi. Ularning ichida eng ko’p kuzatiladigani esa Asbest sementdan tayyorlangan shiferlardir. E’tibor berganmisiz, bu shiferlar doim bo’lgan va foydalanishdan to’xtatilmagan. Buning o’ziga yarasha sabablari bor va shu xususiyatlari tufayli ham Asbest Shiferlar doim iste’molda bo’ladi va eng talabgir qurilish materiali sifatida qoladi. “AFEX Group” kompaniyasi esa sizlarga aynan shunday ASEBEST SHIFERLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI ni taqdim etadi. Ushbu mahsulotning nima sababdan haligacha xaridorgir ekanligini bilasizmi? Chunki:
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Tayyor liniyalar
Avtomatik konfetlar ishlab chiqarish liniyasi
Har birimizning yoshligimiz, albatta, shirinlik-shokolad va konfetlarsiz o`tmagan. Ba`zi shunday mahsulotlar borki haligacha sotuvda mavjud va o`z mijozlarini yo`qotmagan. Shunday mahsulotlardan birini quyidagi rasmlarda ko`rishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Qadoqlash
Avtomatik pet baklashkani to’plam qilib bloklash (termo qadoqlash) uskunasi
Suv mahsulotlarini bloklash va qadoqlash jarayonini samarali boshqarish uchun ishlab chiqilgan avtomatik bloklash tizimi yuqori samaradorlikka ega. 220V-380V kuchlanishda ishlaydi va quvvat sarfi 15-18 kVt/soatni tashkil etadi, har daqiqada 0 dan 8 gacha blokni suvni qadoqlash imkoniyatiga ega. Ushbu uskuna o‘rta va katta hajmdagi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ideal echim bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
Avtomatik plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi
Hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qarorga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalaniladigan paketlar sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi. Yuqoridagi fikrlarni o’qib ko’pchilikda plastik paketlar yo’q bo’lish arafasida degan fikr kelgan bo’lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to’g’ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo’lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o’zini oqlamaganligi bois qalinroq ya’ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashAvtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: AF-B002 -