gofra
Barcha 2 natija
-
Qog`ozni qayta ishlash
Gofra qutilar ishlab chiqarish liniyasi AF-L028
Har qanday mahsulotingizni xaridorga sifatli yetib borishini ta’minlash uchun asosan gofra qutilardan foydalaniladi. Ushbu biznes dunyo bo’ylab XXI asrda trend darajaga ko’tarildi desak yanglishmaymiz. Gofra qutilar mahsulot sifatiga ta’sir etmagan holda, ularni deformatsiyalanishdan saqlashda ishlatiladi. Gofra qutilar ishlatilish sohasiga ko’ra 2,3,5 va 7 qavatli bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan turlari bu 2 va 3 qavatli turlari hisoblanadi. Quyida sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyamizni ko’pchilik tadbirkorlar sotib olish imkoniyatlari mavjud bo’lishi uchun uni yarim avtomat ko’rinishini tavsiya etishga qaror qildik. Uskuna yordamida siz bir tomoni silliq yuzali gofra qutilar ishlab chiqara olasiz. Uskuna kengligi 1400mm bo’lgan kraft rulon bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirmoqchi yoki katta hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish istagida bo’lgan mijozlarimiz uchun to’liq avtomat ishlab chiqarish liniyalarini ham olib kelish imkoniyatimiz mavjud.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
Kabellarni himoyalovchi gofra shlang ishlab chiqarish liniyasi AF-L021
Barchamizga ma’lumki, arxitektorlar va quruvchilar uy-joylar, turli xildagi bino va inshootlarning qurilishida eng birinchi navbatda asosiy e’tiborni binolarning har tomonlama xavfsiz bo’lishiga qaratadi. Hozirgi kunda binolarni ekeltro-montaj qilish ishlarida kabellarni himoyalovchi gofra shlanglardan keng miqyosda foydalanilmoqda. Chunki bunday turdagi gofralar yong’in xavfsizligidan himoya qilishda, elektr tarmog`idagi qisqa tutashuvlarni oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. PVX dan yasalgan bunday gofra shlanglar elastik va egiluvchan xususiyatga ega bo’lib montaj ishlarida hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Shuning uchun ham bu turdagi gofralarga talab yuqori hisoblanadi. “AFEX-GROUP” jamoasi e’tiboringizga kabellarni himoyalovchi gofra shlanglarni ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.
Ushbu liniya orqali siz 16, 20, 25 va 32 mm o’lchamdagi gofra shlanglar ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi. Liniyani joylashtirish uchun sizga eng kamida 10×3 metr o’lchamdagi, 3 fazali elektri toki o’tkazilgan xona kerak bo’ladi.
Kabellarni himoyalovchi gofra shlanglar ishlab chiqarish liniyasi quyidagi uskunalardan tashkil topgan.
SKU: AF-L021