автомат линия
Barcha 2 natija
-
Qog`ozni qayta ishlash, Tayyor liniyalar
Salfetka ishlab chiqarish uskunasi avtomatik AF-7000A
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish liniyasi (To`liq avtomat)
Har bir yangi tadbirkor o`z biznesini boshlayotganda, albatta, katta daromad ko`rishni maqsad qiladi. Biznesdan katta foyda ko`rish esa o`z navbatida bir qancha faktorlarga bog`liq bo`ladi. Bular: xom-ashyoning mavjudligi, mahsulotning narxi, mahsulotning mavsumiyligi, foydalanilgan texnologiya va aholi daromadi. Mana shu sanab o`tilgan omillarning barchasi tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotda topilsa, albatta, mahsulotning sotuvi rivojlanadi.
SKU: n/a