Oziq ovqat
Showing 16–30 of 195 results
-
Oziq ovqat
2 xil rangli nochinkali pechenye ishlab chiqarish uskunasi
Ushbu uskuna yordamida turli xil — ikki rangli yoki bir rangli pechenye hamda shirinliklarni ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, uskuna pechenye ichiga to‘ldirma (nachinka) quyish funksiyasiga ham ega bo‘lib, mahsulotga jozibali ko‘rinish va ajoyib ta’m beradi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
AF-48R qurt va mevalar uchun quritish shkafi
AF-48R sanoat quritgichi — bu professional darajadagi issiqlik quritgich bo‘lib, meva, sabzavot, go‘sht, o‘simlik mahsulotlari va boshqa xomashyolarni tez va bir tekis quritish uchun mo‘ljallangan. Qurilma 48 ta zanglamas po‘latdan yasalgan lagan bilan jihozlangan bo‘lib, ikki mustaqil bo‘lim orqali alohida harorat va vaqt sozlash imkonini beradi. Kuchli 4000 Vt quvvatga ega tizim 30°C dan 90°C gacha bo‘lgan keng harorat diapazonida ishlaydi. Qurilma past shovqin darajasiga, energiya tejamkor ishlashga va mustahkam korpus tuzilishiga ega.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Bodom chaqish uskunasi
Ushbu uskuna turli o‘lchamdagi qattiq po‘stloqlarni ajratish uchun mo‘ljallangan. U yuqori sifatli po‘stloq ajratish vali va tebranuvchi elakdan iborat. Masalan, bodom, o‘rik danagi, funduk, jiyda kabi mahsulotlarning qattiq po‘stlog‘idan ajratish uchun foydalinadi
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Go’shtni yupqa shaklda kesish uskunasi TR-50
Baliq bo‘laklash mashinasi baliq go‘shtini tez va bir xil o‘lchamda kesib berish uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskuna. Avtomatik tizim yordamida qisqa vaqt ichida sifatli kesimni ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va mahsulotni gigiyenik sharoitda tayyorlash imkonini beradi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
19L suv filtrlash va quyib berish uskunasi
19 litrli idishlarga suv quyish uskunasi – bu uskuna ichimlik suvini tayyorlash, tozalash va 19 litrli butilkalarga yarim avtomatik tarzda quyish uchun mo‘ljallangan. Uskunaga teskari osmos (RO) filtri orqali chuqur tozalash tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, suvni tuzlardan, zararli aralashmalardan va mikroorganizmlardan tozalaydi. Shuningdek, uskuna yarim avtomatik qopqoq yopish qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, tez va xavfsiz tarzda butilkalarni yopishni ta’minlaydi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Go’sht mahsulotlarini yupqa shaklda kesish uskunasi
Oziq-ovqat mahsulotlarini tez va aniq kesish uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskuna. Uskuna yordamida non, kek, qandolat mahsulotlari, muzlatilgan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni 2 mm dan 50 mm gacha qalinlikda kesish mumkin. Qurilma yuqori tezlikda ishlaydi va oziq-ovqat sanoatidagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qulay yechim hisoblanadi.
Mashina SUS 304 zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, gigiyena talablariga to‘liq mos va oson tozalanadi. Uning ixcham o‘lchami va o‘rnatish qulayligi tufayli kichik va o‘rta korxonalar ham, yirik ishlab chiqaruvchilar ham undan foydalanishlari mumkin.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Qadoqlash
Don va kukunli mahsulotlarni vakuumli qadoqlash uskunasi
Bu uskuna don va kukun mahsulotlarini vakuumli tarzda qadoqlash uchun mo‘ljallangan yarim avtomatik vakuum qadoqlash mashinasidir. U yuqori aniqlikdagi tortish tizimi, mustahkam vakuum nasosi va PLC boshqaruv paneli bilan jihozlangan. Qurilma don, un, ziravorlar, dukkaklilar, kimyoviy kukunlar kabi mahsulotlarni turli shakllarda (g‘isht shakli yoki yassi shakl) qadoqlash imkonini beradi. Ish jarayoni tez, samarali va to‘liq nazorat ostida amalga oshiriladi. Mashina oziq-ovqat ishlab chiqarish, kimyo, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash sohalarida keng qo‘llaniladi.
SKU: n/a


















