Uskuna texnik xususiyatlari
Kuchlanish | 220V |
Quvvati | 0.5 kw |
Konveyer quvvati | 0.3 kw |
Quyib berish diapazoni | 20-2000 ml |
Quyib berish boshlari (nasadka) soni | 4 |
Tezligi | 20-50 dona/daq. |
Boshqaruv turi | Sensor ekran yordamida |
Uskuna o’lchami | 1700x850x1400 mm |
Uskuna og’irligi | 90 kg |
Uskunaning qismlari haqida ma’lumotlar
- Uskunaga o’rnatilgan sensor ekran yordamida har bir nasadka qancha miqdorda quyib berishini boshqarish mumkin.
- Konveyer lentasi tezligini boshqarish uchun maxsus murvat o’rnatilgan. Lenta tezligini quyib berish hajmiga qarab sozlash mumkin.
- Uskunaga suyuqlik kirish qismi uchun har bir nasadka uchun maxsus shlanglar o’rnatilgan.
- Shlanglar uchida filtr vazifasini bajaruvchi setkalar mavjud, bu har xil ortiqcha jismlar dozator ichiga kirishini oldini oladi.
- Sensor datchik. Datchiklar uskunada 2 dona o’rnatilgan. Ular uskunani avtomtlashtiradi, yaniy har 4 dona idish nasadka oldiga kelganda datchik ikki tomondan to’xtatish qismlarini chiqaradi va bu vaqtda idishlar suyuqlik bilam to’ldirilishga ulguradi.
- Idish hajmiga qarab nasadklar balandligini boshqarish uchun burama mexanizmli qism o’rnatilgan.
There are no reviews yet.