Biz sizlarga doim tanlash imkoniyatini taqdim etamiz. Quyidagi jadval yordamida siz ikkilamchi xomashyodan va selyulozadan tayyorlangan xojatxona qog’ozining solishtirma jadvali orqali xulosa chiqarishingiz mumkin bo’ladi.
Selyulozali va ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozining ustunlik va kamchiliklari | ||
Xususiyatlari | Selyuloza | Ikkilamchi xomashyodan |
Kanalizatsiya tizimi uchun muammoli jihati va suvda to’liq erishi | Suvda to’liq eriydi | Qisman va sekin eriydi |
Yumshoqligi va tanani jarohatlash xavfi | Yumshoq,xavfsiz | Dag’al va egiluvchanligi kam |
Har xil ranglardan foydalanish mumkinligi | Mumkin | Mumkin emas |
Aramotizatorlar qo’shish imkoniyati | Mumkin | Mumkin emas |
Gigiyenik talablarga javob berishi | To’la javob beradi | Qisman javob beradi |
Allergik kasalliklar chaqirish xavfi | Aromatizator qo’shilmasa mutlaqo allergiya qo’zg’atmaydi | Ishlov berish jarayonida ko’p miqdorda xlordan foydalanilgan holatda allergiya keltirib chiqaradi |
Ichki vtulka o’rnatish | Mumkin | Qisman mumkin |
Ekalogiya va atrof-muhitga ta’siri | Daraxtlar kesiladi | Daraxtlarni tejab qoladi |
Yuzaga bo’rtma naqshlardan foydalanish | Mumkin | Faqat yuqori sifatli ofis qog’ozlaridan ishlab chiqarilganda mumkin |
Uzilish chizig’ini qoldirish mumkinligi | Mumkin | Qo’yish mumkin lekin qog’oz o’rash jarayonida uzilib qolish xavfi yuqori |
KATTA O’RAMDAN KICHIK O’RAMGA O’RAB BERISH USKUNASI
Avvalambor ishni boshlashdan avval siz nechi qavatli xojatxona qog’ozi ishlab chiqarishni rejalashtirib olishingiz lozim. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko’zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib qilishingiz mumkin. Talabga ko’ra sizga qo’shimcha haq evaziga naqsh bosuvchi maxsus valli qism qo’shib berishimiz mumkin.
Kichik o’ramga o’rab berish uskunasi | |
Uskuna modeli | XTGK-1850 |
Qog’oz kengligi(mm) | 1800 |
Ishlab chiqarish quvvati(8 soatda) | 1,2t |
Yakuniy mahsulot diametric | F50-1800mm(kenglik va diametr o’zgaradi) |
Ichki vtulka diametric | F30-55mm |
Xomashyo o’ram diametric | Standart 1100mm(Boshqa o’lchamlar ham bo’laveradi) |
Xomashyo o’ram ichki vtulka | 76mm |
O’rash tezligi | 150-280m/min |
Sozlash tartibi | PLC komputerli boshqaruv orqali |
Qavatlar soni | 3 qavatli |
Uzish chizig’ini belgilash | 2 pichoqli,150-300mm |
Pnevmatik Sistema | 3 klapanli compressor |
Quvvatlar sarfi | 5.5kw-15kw tezlikka qarab o’zgaradi |
O’lchami | 6200*2600*800mm |
Og’irligi | 5 tonna |
Naqshlar sizning talabingizdan kelib chiqqan holda boshqa ko’rinishda,biror firma nomi yoki logo o’rnatish ham mumkin.
KICHIK O’RAMNI KESIB BERISH USKUNASI
Yuqoridagi uskuna hosil qilgan kichik rulonlarni ushbu arra maxsus kichik hajmga bo’lib berish uchun xizmat qiladi. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordiyu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi. Bu uskunani ichki vtulkaga ega va vtulkasiz xojatxona qog’ozlari uchun ham ishlatish mumkin.
Kichik o’ramni kesi berish uskunasi | |
Kesish uzunligi(mm) | O’zgaruvchan |
Ishlash quvvati(tonna/sutka) | 1.5 |
Kesish uzunligi(mm) | 3750 |
Diametr(mm) | 1300*70*1800 |
Og’irligi(kg) | 560 |
Vtulkali va vtulkasiz | Ikkalasiga ham mo’ljallangan |
Quvvat sarfi(kw) | 1.1 |
DONALI QADOQLASH UCHUN MAXSUS DAZMOLLASH USKUNASI
Ushbu uskuna yordamida bizda hali qilinmagan va insonlarga kerakli bo’ladigan bir yoki ikki dona xojatxona qog’ozini qadoqlash mumkin. Axir har bir ishni qilishda talab hisobga olinishi lozim. Donali qadoqlangan mahsulot tog’larga yoki boshqa joylarga sayohat qilish paytlarida qo’l kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu uskun orqali siz boshqa mahsulotlarni (salfetka, konvert qilib yopiluvchi boshqa mahsulotlar) qadoqlashda ham ishlatish imkoniga ega bo’lasiz.
TO’PLAM QILIB QADOQLASH USKUNASI
Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo’l bilan ushlash qulay bo’lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi. Qadoqlash paketi tayyor holatda va uch tomoni yopiq holatda bo’ladi. So’ngra,unga mahsulotni qo’lda solib so’ng quyidagi uskuna yordamida tepa qismi yaxshilab yopiladi.
Xojatxona qog’ozini ishlab chiqarish sizga qancha daromad keltirishi, uskunalar uchun xarajatlar quyida keltirib o’tildi. Sizlarga hisob kitoblarni taqdim etishda imkon qadar aniqlikda yozishga harakat qilindi. Agar siz yaxshi marketing orqali tovarlaringizni omboringizda turib qolishiga yo’l qo’ymasangiz, quyidagi jadvalda keltirilgan kundalik daromadga ega bo’lasiz.
BIZNESDAN KUTILADIGAN FOYDA
Yuqoridagi jadval ishlab chiqarish joyi o’ziniki bo’lgan tadbirkor hisobidan soliqlar hisoblanmagan holatda chiqarildi
Mahsulotlar va xizmatlar nomi(1 o’ram 60grlik mahsulot uchun) | Hisob va narxi |
Xomashyo(selluloza) | 14 000 000 so’m |
Ichki vtulka 170cm lik(170gr) | 1000 so’m |
Qadoqlash uchun paket(6 donalik) | 420 so’m |
Sarflanadigan elektr energiya (1 tonna uchun 12 soat) | 13,5kw*12=162kw(59 940 so’m) |
Ishchi kuchi 4 nafar(1 tonna mahsulot uchun) | 220 000 so’m(1,5 mln so’m oylik) |
Bir dona o’ram uchun xomashyo(selluloza) | 50 gr*14 so’m=700 so’m |
Bir o’ram uchun vtulka | 170 sm/10 sm=17 dona. 1000/17=59 so’m |
1 pochka(6 donalik) mahsulot chiqarish uchun mahsulotlarning narxlari | 20000/6=3330 pochka
6*700 so’m4200+59*6=354 so’m+420 so’m=4974 so’m |
Ishchi va elektr tokening 1 pochka mahsulot uchun sarfi | 1 soatda 277 pochka mahsulot chiqadi
Elektr toki:13,5*370=4995 so’m Ishchilar:18330 so’m 1 soatlik 4 ta ishchi narxi 4995/277=18 so’m bir pochka uchun elektr toki 18330/277=66 so’m 1 pochka uchun ishchilar haqi Demak 4974+84=5058 so’m 1 pochka mahsulot tannarxi |
Ulgurji bozor narxi 6250 so’m | 1250 so’m*3330 dona=4 162 500 so’m 1 kunlik foydangiz! |
said –
gap yoq
said –
Azamat –
Salom tolov bolib tolash yollari bormi garovga nimadir qoyib
Azamat –
Farida –
daromadli biznes
Farida –
Abrorbek –
Gap yuq yashi maslaxat
Abrorbek –