, ,

Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “AFEX-GROUP” LLC doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.

19,500$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Hammamizga ma’lumki hozirgi kunda xaridorga birinchi navbatda sifatli mahsulot zarur. Lekin bizda hozirda ishlab chiqarilayotgan tibbiyot dokalari oddiy an’anaviy doka ishlab chiqarish uskunalarida ishlab chiqariladi va ularning sifati hozirgi zamon xaridoriga yoqmasligi mumkin. Dastavval har bir kishida savol tug’ilishi mumkin, ikkala uskuna uchun xomashyo turlichami degan mavzuda. Albatta, ikkala doka uchun ham bir xilda paxtali ip ishlatiladi. Oddiy tibbiyot dokasi tannarxini pasaytirish maqsadida ba’zan tayyorlangan dokalar alohida oqartirish ishlari olib boriladi, biz sizga tavsiya qiladigan uskunada esa avvaldan oqartirilgan tayyor xomashyodan ham qilish mumkin. Bu esa ishlab chiqarilgan mahsulotni darhol qadoqlash imkonini beradi va sifati yuqori bo’lib qolinishi ta’minlanadi.

G’altak iplardan bobina tayyorlash uskunasi

Ushbu uskuna ko’p g’altaklardagi iplardan bizning to’quv uskunamiz uchun zarur bo’lgan gorizontal qatorlarni hosil qilib, bobinaga o’rab berish uchun xizmat qiladi. Xomashyo yurtimizda ishlab chiqariladi va uning sifatiga qarab 2,3$ dan 3$ gacha tashkil etadi. Mijozlarga aluminiy bobinalardan qo’shimcha sotib olishni maslahat beramiz, sababi ish jarayonida sizga ular ko’p as qotadi. Quyida sizga taklif qiladigan uskunaning bir donasi 4-5 ta to’quv uskunasi uchun bobinali iplar hosil qilib bera oladi.

                                      G’altak iplardan bobina tayyorlash uskunasi
Model AWM-X301
O’rnatiladigan g’altaklar soni 128
Kuchlanish 380v50hz
O’raladigan bobina diametric F350x255mmF400x255mm
Motor kuchi 1,5HP
Kerakli bo’lgan maydon uzunligi 6,5 m dan kam bo’lmasin
Uskuna o’lchami 2780*1050*2010mm

MAXSUS TIBBIYOT DOKASI TO’QISH USKUNASI

Ushbu uskuna bir vaqtning o’zida ikki qator (agar mahsulot kengligi 10 sm gacha bo’lsa 4 qator) to’qib bera oladi. Uskuna uchun maxsus invertor matorlardan foydalanilgan bo’lib, ishlash jarayonida to’qish tezligini avtomatik nazorat ostiga oladi. Uskuna orqa qismida bobina turuvchi maxsus qism bo’lib, to’qiladigan dokaga iplarni bir tekis qilib yetqazib berib turadi. Aytgancha ushbu uskuna yordamida elastik bintlar ham to’qish imkoni mavjud, faqat birinchi uskunani boshqa modeliga almashtirish lozim bo’ladi.

                                      Maxsus tibbiyot dokasi to’qish uskunasi
Model BKM-2/140
O’rnatiladigan g’altaklar soni 8-14
Kuchlanish 380v50hz
To’qiladigan mahsulot kengligi 140mm
Motor kuchi 1,5HP
To’qish tezligi 160m/soat(1000-1200RPM)
Uskuna o’lchami 1250*1200*1850MM
Xomashyo Paxta tolali ip

Katta o’ramdan kichik o’ram hosil qiluvchi uskuna

Bu uskuna xususida ko’p to’xtalmoqchi emasmiz. Sababi ushbu uskuna ishi tushunarli va aniq. Ushbu uskuna sizga kerakli hajmda kichik o’ram hosil qilib beradi. Uskuna birmuncha sodda ishlanganligi sababli uni ishlatish umuman qiyin emas. Maxsus pedal yordamida harakatga keluvchi mator asosiy ishni bajaruvchi hisoblanadi. Siz pedaldan oyoqni olishingiz bilan ish to’xtaydi.

Katta o’ramdan kichik o’ram hosil qiluvchi uskuna
Model AXC-P 102
Doira diametric 400mm
Kuchlanish 220v50hz
Mahsulot kengligi 10mm 140mm
Motor kuchi 1HP
O’rash tezligi 110m/min(1000-1200RPM)
Uskuna o’lchami 1200*800*900mm
Xomashyo To’qilgan tibbiyot dokasi

YARIM AVTOMATIK QADOQLASH USKUNASI

Oxirgi jarayonni har doimgidek qadoqlash uskunasi bajaradi. Biz ko’pgina tadbirkorlarning budjetini hisobga olgan holda ularga yarim avtomatik qadoqlash uskunasini taklif qilishni joiz deb topdik. Agar siz to’quv uskunasini 3 tadan ortiq oladigan bo’lsangiz sizga avtomatik gorizontal qadoqlash uskunasi lozim bo’ladi. Yarim avtomatik qadoqlash uskunasi uchun sizga 3 tomoni yopilgan holatda tayyorlangan faqat bir tomoni ochiq etiketka lozim bo’ladi. Ishlab chiqarilgan sanani ham qadoqlash uskunasi yordamida bosib berish imkoni mavjud. Shuningdek zarurat tug’ilganda boshqa mahsulotlarni ham qadoqlash mumkin. Har qanday mahsulotda xaridorning ilk tasavvurini shakllantirish muhim sanaladi, shunday ekan siz ishlab chiqargan mahsulotingiz qadog’ini dizayniga alohida e’tibor bering.

                                        Qadoqlash uskunasi(yarim avtomatik)
Ishlab chiqarilgan Xitoy
                      Model FR900
Kuchlanish 220V50hz
Quvvat sarfi 600w/soat
Ishlash tezligi 12m/min
O’lchami 880*440*370mm
Og’irligi 26kg
Qadoqlovchi material PE/PP/HDPE

Aytib o’tilgan uskunalar yordamida siz o’z biznesingizni boshlashingiz mumkin. Bunda sizga har qanday yordamimizni ayamaymiz. Xomashyolarning ham arzon joylari faqat bizda!

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish