Suvoq purkash uskunasi AF-KLW120
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga shtukaturka ishlarida kam vaqt va mehnat sarflab yuqori samaradorlikka erishish uchun suvoq purkash uskunalarini taklif etadi. Bunday uskunalar sizga qurilish ishlarida juda as qotadi. Ushbu turdagi uskunalar dizel va elektr tokida ishlash uchun mo’ljallangan.
2,200$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Suvoq purkash uskunasi AF-KLW120” Javobni bekor qilish
O'xshash mahsulotlar
-
Quritilgan mahsulotlar
Qolipli nondan SUXARIKI (qotgan non) ishlab chiqarish liniyasi AF-L007
5 bahodan 5.00 berildi(1)Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste’mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya’ni suxarikidir. Yurtimizda bu mahsulotga yil sayin talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning 2 xil usuli-Ekstruziya va qolipli nondan tayyorlash usullari mavjud. Biz sizlarga bugun qolipli nondan tayyorlash liniyasini e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu biznes bilan siz be’malol uy sharoitida boshlab, sifatli mahsulot tayyorlashingiz mumkin, ya’ni oilaviy korxona yoki xususiy korxona shaklida ro’yhatdan o’tgan holda. Sizga qulay bo’lishi uchun hamma uskunalarni 220v kuchlanishga moslashtirdik. Ushbu liniyada mahsulot tannarxi ancha arzonga tushadi, sababi siz ikki xil uslubdan birini tanlagan holatda mahsulot chiqarishingiz mumkin.
1- usul: Yangi chiqarilgan qolipli non sotib olish, yoki uni o’zingiz ishlab chiqarish
2-usul: do’konlarda olib kelinganiga 2 kundan oshmagan qolipli nonlarni arzonroq narxda xarid qilib olish.
SKU: AF-L00711,900$ -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L01229,400$ -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarSamorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
0 out of 5(0)Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
SKU: AF-L008129,500$ -
Oziq ovqat
Jo’xori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasi AF-L005
0 out of 5(0)Bolajonlar sevib isteʼmol qiluvchi Joʻxori qalamchalari bozori chaqqon mahsulotlardan biri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bor yoʻgʻi 4ta uskuna va xomashyo yordamida biznesingiz gullab ketishi hech gap emas. Xaridorgir mahsulotlarimizdan biri boʻlgan Joʻxori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasini sizlarga taqdim qilamiz.
Bu liniyaning afzalliklaridan biri shundaki, har bir hududda isteʼmolchilari topilishi, uzoq masofalarga yetkazishdagi noqulayliklar tufayli har bir hududning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etgan maqsadga muvofiq. Sababi hududlarga yetkazilishi jarayonida yengil ammo hajmi katta boʻlgan Shirin Makkajoʻxori qalamchalari transportda koʻp joy egallashi va buning natijasida mahsulot narxining ishlab chiqarishdan uzoq hududlarda keskin farq qilishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan uskunalarimiz yuqori texnologik bosqichlar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib – avtomatlashgan boshqaruv tizimi, barcha qismlarda zanglamas metalldan foydalanilganligi uni tadbirkorlarimizga koʻp yillar xizmat qilishini kafolatlaydi.
Bu biznesni boshlashga undashimizga asosiy sabab – mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolarning barchasini mahalliy bozorlarimizdan topish imkoniyati mavjudligidadir. Oʻrta hisobda 1kg joʻxoridan oʻrtacha 20 qadoq atrofida mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Shuning oʻzi ham bu soha naqadar serdaromad ekanligini isbotlab turibdi.
SKU: AF-L00519,300$
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!