,

Sement ishlab chiqarish zavodi (150 tonna sutkasiga)

(6 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Biz bir-biridan daromadli va foydali ishlab chiqarish uskunalarini va liniyalarini sizlarga taqdim etishni davom etamiz.

Ushbu postimizda juda ham serdaromad biznes turlaridan birini yoritishni maqsad qilganmiz. Bu ishlab chiqarish biznesini boshlash uchun sizdan katta mablag` talab etiladi. Shu o`rinda katta daromad ham topishingiz mumkinligina ta`kidlab o`tish kerak. Bu ishlab chiqarish biznesi-kichik sement zavodi.

Shu o`rinda bir ma`lumotni ham ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra hozirgi damda O`zbekistonda yiliga 8million tonna atrofida sement ishlab chiqariladi. “O`zsanoatqurilishmateriallari” davlat holdingi ma`lumotlariga ko`ra 2026-yilga qadar  respublikada jami sement ishlab chiqarish ko`rsatgichini yiliga 20 million tonnaga yetkazish vazifasi qo`yilgan. Ushbu reja respublikada yangi xususiy sement zavodlarini qurish orqali amalga oshiriladi.  Ya`ni bu ishlab chiqarish liniyasini yo`lga qo`yish davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Keling, endi mini zavod haqida ba`zi bir ma`lumotlarga oydinlik kiritsak.

1,700,000$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Umumiy ma`lumotlar

  1. Sement ishlab chiqarish turi: Quruq
  2. Ishlab chiqarish markalari: PC/M 400/500/600
  3. Ishlab chiqarish hajmi: 150 tonna/kun
  4. Xom-ashyo: ohaktosh, gil, temir rudasi, gips, kvarts qumi, tabiiy gaz va qo’shimcha materiallar
  5. Ishchilar soni: 50ta bitta smena uchun

Uskunalar to`plami

  1. Xom-ashyolarni maydalash
  2. Xom-ashyolarni saqlash va yetkazib berish
  3. Xom-ashyolarni maydalash(kukun)
  4. Klinkerni qizitish va sovutish
  5. Sementni dozalash
  6. Sementni maydalash va qadoqlash
  7. Laboratoriya
  8. Past kuchlanishli elektr kabinet

Demak, bizga kerakli uskunalar ro`yxati va umumiy ma`lumotlar bilan tanishib chiqdik. Endi navbat, ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich ko`rib chiqsak ham bo`ladi.

Xom-ashyolarni maydalash

Bilamizki, sement uchun eng asosiy xom-ashyo bu ohaktoshdir. Ishlab chiqarish jarayonini ,albatta, xom-ashyoni tayyorlab olishdan boshlaymiz, ya`ni maydalaymiz. Buning uchun bizga quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi

Maydalash
Nomi Samaradorlik Miqdori Quvvati
Vibratsiya uskunasi 60-80 tonna/soat 2 ta 2,2 kwt
Ohaktosh maydalash uskunasi 40-110 tonna/soat 1 ta 55 kwt
Gil maydalash uskunasi 18-40 tonna/soat 1 ta 55kwt
Konveyr 80-100tonna 3 ta 15 kwt

 

Xom-ashyoni saqlash va yetkazish

Demak, xom-ashyolarni kerakli o`lchamda maydalab oldik. Navbatdagi vazifa esa ularni ma`lum joyda saqlash va keyingi uskunalarga yetkazib berishdir.

Yetkazib berish uskunalari
Nomi Samaradorlik Miqdori Quvvati
Ohaktosh yetkazib berish uskunasi 50 tonna/soat 1 ta 37kw
Ohaktosh vintli klapani 10-30 tonna/soat 1 ta
Ohaktosh lentali dozatori 2-10 tonna/soat 1 ta 1,1kw
Gil yetkazib berish uskunasi 25-35 tonna/soat 1 ta 15 kw
Gil vintli klapani 10-30 tonna/soat 1 ta
Gil lentali dozatori 2-10 tonna/soat 1 ta 1,1kw
Temir kukuni vintli klapani 10-30 tonna/soat 1 ta
Temir kukunli lentali dozatori 2-10 tonna/soat 1 ta 1,1 kw
Lentali konveyr 30-50 tonna/soat 1 ta 5,5kw

 

Shu o`rinda bir ma`lumotni eslatib o`tish lozim. Yuqoridagi uskunalar faqatgina xom-ashyolarni yetkazib beradi. Xom-ashyo uchun ombor, joyni yaratish xaridorning vazifasiga kiradi.

Xom-ashyolarni maydalash

Eng birinchi bosqichda xom-ashyolar katta qismlardan kichkina qismlarga maydalangan edi. Bu safargi maydalashda esa o`sha qismlar endi kukun holiga keltiriladi.

Uskunalarni quyidagi suratlarda ko`rishingiz mumkin:

Maydalash uskunalari
Nomi Samaradorlik Miqdori Quvvati
Maydalovchi uskuna 16 tonna/soat 1 ta 245kw
Filtr 11160m3/h 1 ta 30kw
Konveyr yo’lagi 30-60tonna/soat 1 ta 3 kw
Yetkazib beruvchi uskuna 50 tonna/soat 1 ta 37kw
Aralashtiruvchi uskuna 1 ta 18,5kw
Vintli klapan uskunasi 10-30 tonna/soat 1 ta
Tarozi 0-30 tonna/soat 1 ta 3 kw
Spiral konveyr 20-30 tonna/soat 1 ta 7,5kw

 

Isitish va sovutish

Sement tayyorlashning asosiy jarayonlaridan yana biri bu klinkerni maydalash, qizitish va sovutishdan iborat. Buning uchun quyidagi uskunalar top`lami kerak bo`ladi.

Qizitish va sovutish uskunalari
Nomi Samaradorligi Miqdori Quvvati
Yetkazib beruvchi uskuna 1 ta 3 kw
Aylanuvchan pech 7-10 tonna/soat 1 ta 62,5 kw
Sovutgich filtra 60 100 m3/soat 1 ta
Sovutish ventilyatori 1 ta 110kw
Gaz gorelka 1.75×107 1 ta 39,2kw
Baraban sovutgichi 12-16 tonna/soat 1 ta 55kw
Zanjirli konveyr 15-25tonna/soat 1 ta 7,5kw
Klinker drobilka 10-15tonna/soat 1 ta 15kw

 

Dozalash

Ushbu jarayon asosan gips, klinker va qo`shimchalar bilan amalga oshiriladi. Yarim-tayyor sementga yuqoridagilar qo`shiladi.

Dozalash
Nomi Samaradorligi Miqdori Quvvati
Klinker silosi 1 ta
Ko’tarib berish uskunasi 25-35 tonna/soat 2 ta 15kw
Vintli klapan uskunasi 10-30 tonna/soat 3 ta
Lentali dozator uskunasi 2-10 tonna/soat 3 ta 1,1kw
Gips drobilka 5-20 tonna/soat 1 ta 18,5kw
Konveyr 30-50 tonna/soat 1 ta 5,5kw

 

Sementni maydalash va qadoqlash

So`nggi jarayon. Uskunalar yordamida sementni qadoqlab olamiz.

Maydalash va qadoqlash
Nomi Samaradorligi Miqdori Quvvati
Klinker maydalash uskunasi 16 tonna/soat 1 ta 245kw
Filtr 11160m3/soat 1 ta 30kw
Ko’tarib berish uskunasi 25-35 tonna/soat 1 ta 30 kw
Klassifikator 15-30 tonna/soat 1 ta 60kw
Katta qismlarni maydalashga qaytarish uchun zanjirli konveyer 15-30 tonna/soat 1 ta 7,5kw
Yuk tushirish moslamasi 80-120 tona/soat 1 ta 2,2kw

 

Shu bilan barcha jarayonlar ham o`z nihoyasiga yetdi. Quyidagi videoda esa sement ishlab chiqarish liniyasini bosqichma-bosqich ko`rib chiqishingiz mumkin.

 

Narxlar
Xom-ashyolarni maydalash $1 700 000
Xom-ashyolarni saqlash va yetkazib berish
Xom-ashyolarni maydalash(kukun)
Klinkerni qizitish va sovutish
Sementni dozalash
Sementni maydalash va qadoqlash
Laboratoriya
Past kuchlanishli elektr kabinet

 

5.0 umumiy reyting
6
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Alisher

    Juda yaxshi loyiha Afex ga omad

    Alisher

  2. Qobul

    Kelajagi bor zavod

    Qobul

  3. Komiljon

    Farg’ona
    Salom manga sement zavod tayor qurib bitkazib berilishi kerak shu masalada xamkor kerak.

    Komiljon

    • admin

      Ofislarimizga tashrif buyuring Hamkorlik qilishga tayyormiz

      admin

  4. Shahboz

    Yaxshi biznez

    Shahboz

  5. Шарофиддин

    Койил акалар шифер заводни урнига цемент завод куриб курсакмикан

    Шарофиддин

    • admin

      Assalomu alaykum, Ishonchingiz uchun rahmat

      admin

  6. Shahboz

    Kelajagi Bor biznes

    Shahboz

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish