Quruq suvoq aralashmasi haqida
Quruq suvoq aralashmasi – bu quruq shaklda aralashtirilgan xom ashyolar bo`lib, unga qurilishda aniq bir maqsadlarda foydalanish uchun maxsus qo’shimchalar va polimerlar qo’shilishi mumkin. Suvoq aralashma hozirgi qurilish sohasida keng tarqalgan talablarga javob beradigan mukammal texnik xususiyatlarga javob beradi.
U ko’pincha kukun yoki granulalar shaklida maxsus zavodlarda tayyorlanadi va qurilish maydonchasiga yetkaziladi. Yetarli miqdorda suv bilan aralashtirilgandan so’ng, uni to’g’ridan-to’g’ri ishlatish mumkin. Quruq suvoq aralashmasi odatda ohak, sement, qum va minerallardan tashkil topgan bo`ladi. Boshqa soha va maqsadlarda qo`llash uchun esa yana boshqa turdagi xom-ashyolar qo`shiladi. Misol uchun, bu aralashma gips va betonlarga qo`shilishi mumkin, tashqi va ichki fasadlar uchun, kafellarni yopishtirish va yamash uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun ham qo`llanilish sohasiga qarab xom-ashyolar ro`yxati va proporsiyasi o`zgaradi.
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarish quvvati: 1-3 tonna/soat
Ishchilar soni: 2-3ta
Umumiy quvvati: 20kw
Kerakli maydon: 50 metr/kvadrat
Asosiy xom-ashyolar: ohak, sement, qum
Uskunalar ro`yxati
Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz quyidagi uskunalarni o`z ichiga oladi:
- Shnekli transportyor (2 komplekt)
- Spiral mikser
- Tayyor mahsulot uchun bunker
- Qadoqlash uskunasi
- Kompressor
Ishlab chiqarish jarayoni ko`p bosqichli va murakkab jarayonlardan tashkil topmagan. Bunda barcha tayyor xom-ashyolar aralashtiriladi va keyin qadoqlanadi. Shu sababli ham faqatgina uskunalarning o`zi bilan tanishib chiqqanimiz yetarli bo`ladi.
Shnekli transportyor
Turli xom-ashyolarni mikserga yetkazib beradi. Va ishlab chiqarish jarayoni o`z nihoyasiga yetganda tayyor mahsulotni sisternaga tashib beradi. Bu transportyorlardan 2 to`plam beriladi.
Shnekli transportyor | |
Spiral diametric | 140 mm |
Uskuna diametric | 165mm |
Ishlash burchagi | 0-60 |
Uzunligi | 3m |
Ishlash hajmi | 3-5 tonna/soat |
Quvvati | 3 kw |
Spiral mikser
Barcha xom-ashyolarni aralashtirib olamiz. Uskuna katta sig`imga ega bo`lib, aralashmani sifatli tayyorlab beradi. Quyidagi jadvalda texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Spiral mikser | |
Sig’imi | 1,65m3 |
Samaradorligi | 600-1000 kg/sikl |
Sikl davomiyligi | 10-15 min |
Quvvati | 7,5 kw |
Umumiy o’lchamlari | 3140*980*1400mm |
Og’irligi | 1200 kg |
Tayyor mahsulot uchun bunker
Uskuna dimetri: 1,6m. Uzunligi esa 2,8m ga teng. Uskuna zanglamas metalldan yasalgani tufayli, sizga uzoq muddat xizmat qilib berishi mumkin. Bun bunkerni qadoqlash uskunasiga ulab qo`yilganda, avtomatik qadoqlash jarayoni boshlanadi.
Qadoqlash uskunasi
Tayyor mahsulotlarni qadoqlab olamiz va ular sotuvga tayyor.
Qadoqlash uskunasi | |
Qadoqlash og’irligi | 20-50 kg |
Quvvati | 3 kw |
Umumiy o’lchamlari | 700*1100*1200mm |
Og’irligi | 180kg |
Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!