Eshiklar
Barcha 3 natija
-
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L012 -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Quruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarQuruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)
Mamlakat taraqqiyoti va kuch-qudratini namoyon qiluvchi sohalardan biri – bu, albatta, qurilish sohasidir. Eng rivojlangan mamlakatlarda qurilish sohasida katta yutuqlarga erishilgan bo`ladi. Shuning uchun ham qurilish materiallariga bo`lgan talab doimo yuqoriligicha qoladi. Ushbu yo`nalish(qurilish sohasi)da AFEX GROUP o`z uskunalarini taklif qilishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish uskunalarimiz yordamida quruq suvoq aralashmasini ishlab chiqarishingiz mumkin. Keling, avvalambor, mahsulot haqidagi ma`lumotlar bilan tanishib chiqsak.
SKU: n/a