Metallarni kesuvchi Abraziv disk ishlab chiqarish linyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


“AFEX GROUP” mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o’rgangan xolatda import bo’layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz!

167,900$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Kundan-kun rivojlanish bu-insoniyat o’ziga qulayliklar yaratishda davom etishdir. O’tgan asrni 80-yillaridan boshlab temir yoki qattiq jismlarni kesish muammo bo’lgan bir davrda abraziv disklar bu muammoni yechimi bo’lib qoldi. Abraziv kesuvchi disklar asosan quyidagi jismlar turlariga qarab ishlab chiqariladi.

  • Yog’och
  •  Metal
  • G’ishtlar
  • Beton
  • Marmar-Granit

“AFEX GROUP” mijozlari uchun asosan ko’p foydalinadigan Metal kesuvchi abraziv disklar ishlab chiqarishga kerakli xom-ashyolar va texnologiyalariga oid ma’lumotlarni batafsil yoritib berishga harakat qilamiz. Metal kesuvchi abraziv disklar asosan yurtimizga Rossiya va Xitoy davlatidan import bo’lib kirib keladi. Siz ushbu mahsulotni ishlab chiqarib import miqdorini kamaytirishingiz mumkin.

Ushbu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni murakkab emasligi,yangi biznesmenlar va tajribali tadbirkorlar uchun ham mos keladi.

MAHSULOTGA OID KERAKLI MA’LUMOTLAR.

Yuqoridagi fotosuratda metallni kesish uchun davlat standartlariga muvofiq belgilangan disk ko’rsatilgan. Diskning maydonlari raqamlar bilan belgilangan ushbu raqamlar quyidagilarni anglatadi: 

  1. Konstruktiv turi (ISO 41, tekis).
  2. Geometrik xarakteristikalar-diametri, qalinligi, teshik.
  3. Fizik xususiyatlari: abraziv turi (A – elektrokordum); don hajmi; qattiqlik darajasi (lotincha T – juda qattiq); bog’lanish turi (BF – mustahkamlangan bakelit).
  4. Maksimal aylanish tezligi.
  5. Ruxsat etilgan maksimal periferik tezlik.
  6. Qaysi material uchun mo’ljallangan.
  7. Xavfsizlik piktogrammalari.
  8. Normativ hujjatlarga havola.
  9.  Ishlab chiqaruvchining logotipi.

Ushbu liniyada kesuvchi disklarni yassi turini ishlab chiqarish umumiy summada xisoblangan. Agarda siz depressiv turini xam ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz, ushbu mahsulot qoliplarini sotib olishingiz talab etiladi.

ISHLAB CHIQARISH PARAMETRLARI

Har-xil Bolgarkalar uchun kerakli o’lchamlarda kesuvchi disklardan foydalinadi. Biz ham keng foydalinadigan metalni kesuvchi disklar ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni tanlab oldik.

  • Tashqi diametri: 100,115,125,150,180,230 mm;
  • Markaziy halqani diametri: 22,32 mm;
  • Qalinligi: 1.0, 1.2, 1.6, 1.8, 2.0, 2.5, 3,2 mm

KERAKLI XOM ASHYOLAR

  1.  Abraziv zarrachalari.
  2. Smola kukuni.
  3. Kriyolit.
  4. Gips kukuni.
  5. Qora uglerod.
  6. Shisha tolali setka.
  7. Mahsus qora qog’oz (tag qismiga).
  8.  Rangli alyumin oksidi (yuza qismiga).
  9. Metal xalqa.

SOTUV

Yurtimizda asosan import bo’lgan abraziv disklarni uchratasiz. Mahsulot haridorgirligi albatta sifat darajasiga bog’liq. Mahsulot ishlab chiqarish soddaligi,import mahsulotlar o’rnini bosib olish imkoniyatini oshiradi. Mahsulot kesish jarayonida ishqalanib keraksiz xolga kelishi, sotuv bardavomligini ta’minlaydi.

KERAKLI MAYDON

Ushbu liniya uchun talab etiladigan maydon 150m/kv dan kam bo’lmaslikni talab etadi.Xom ashyolar va tayyor mahsulotlarni olib kirish yoki olib chiqish uchun yengil yuk mashinalari kirishiga imkoniyat bo’lsa, yanada ishlash unumdorligini oshiradi.

KERAKLI TA’MINOT

Sanoat ob’ekti infratuzilmasining elementlari – elektr energiyasi,suv ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak.

•Liniya elektr quvvati -125 KW/380V,50HZ.

•Talab etiladigan transformator-160KW/380V, 50HZ dan yuqori.

•1tonna mahsulot uchun – 300 KW energiya sarfi.

•Ishchilar soni 8-10 kishini talab etadi.

ISHLAB CHIQARISH MEXANIZIMI

LINIYA TARKIBIDAGI USKUNA VA QURILMALAR

•Shisha tolali setkalarni kesuvchi uskuna.

•Metal xalqa yasovchi uskuna.

•Vibratsiyali elak.

•Ikki idishli gidravlik mikser.

•Abraziv disk tayyorlovchi uskuna (100,115,125 mm).

•Abraziv disk tayyorlovchi uskuna (150,180,230 mm).

•Maxsus elektr pech.

•Balansni tekshiruvchi uskuna.

•Sinovdan o’tkazuvchi uskuna.

•Havo kompressori.

Mahsulotga oid kerakli ma’lumotlar va ishlab chiqarish mexanizmi haqida batafsil bilib oldik.Endi esa liniya tarkibidagi uskunalar bilan tanishib chiqsak.

SHISHA TOLALI SETKALARNI KESUVCHI USKUNA

Shisha tolali setkalarni kesuvchi uskuna-bu uskunada asosan qo’l mehnati yordamida kerakli o’lchamlarda kesib olishingiz mumkin.Bu setkalar abraziv disk shaklini mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. O’lchamlarda kesilgan mahsulotlar avtomatik abraziv disk tayyorlash uskunasiga yuboriladi.

METAL XALQA YASOVCHI USKUNA

Metal xalqa yasovchi uskuna bu uskunada tayyorlangan mahsulot abraziv disk markazini mustaxkamlovchi xalqa vazifasini bajaradi. Bu uskunada xam tayyor bo’lgan mahsulotlarni avtomatik abraziv disk tayyorlash uskunasiga yuboriladi.

VIBRATSIYALI ELAK

Vibratsiyali elak yordamida abraziv donlarini yirik yoki boshqa narsalardan tozalab olamiz.Tozalangan abraziv donalarini ikki idishli gidravlik mikserga yuboramiz.

IKKI IDISHLI GIDRAVLIK MIKSER

Ikki idishli gidravlik mikserlarda abraziv donalariga kerakli kompanentlar qo’shib,yaxshilab aralashtirib olamiz.Tayyorlangan xom ashyoni avtomatik abraziv disk tayyorlash uskunasiga yuboriladi.

ABRAZIV DISK TAYYORLOVCHI USKUNA (100,115,125 mm)

Abraziv disk tayyorlovchi uskuna ushbu kichik o’lchamlarda 100,115,125 mm abraziv disk tayyorlab beradi.Uskuna abraziv donlarini,shisha tolali sekalarni,rangli alyumin oksidini yuza qismiga avtomatik ravishda to’ldirib beradi.

ABRAZIV DISK TAYYORLOVCHI USKUNA (150,180,230 mm)

Abraziv disk tayyorlovchi uskuna ushbu yirik o’lchamlarda 150,180,230 mm abraziv disk tayyorlab beradi.Bu uskunani kichik abraziv disk tayyorlovchi uskunadan farqi faqat qoliplar yo’lagi yani kengligidadir. Bu uskuna xam abraziv donlarini,shisha tolali sekalarni,rangli alyumin oksidini yuza qismiga avtomatik ravishda to’ldirib beradi.

MAXSUS ELEKTR PECH

Maxsus elektr pech yordamida abraziv disk tayyorlovchi uskunada tayyorlangan mahsulotlarni 200C issiqlikda qizdiriladi.

BALANSNI TEKSHIRUVCHI USKUNA

Mahsulot maxsus elektr pechdan olinib balansni tekshiruvchi uskuna yordamida tekshiriladi. Sinovdan o’tgan mahsulotlarni maksimal aylanish tezligini tekshirib beruvchi uskunaga yuboramiz.

SINOVDAN O’TKAZUVCHI USKUNA

Sinovdan o’tkazuvchi uskuna yordamida tayyor bo’lgan abraziv disklarni maksimal aylanish tezligini tekshirib olishingiz mumkin.

HAVO KOMPRESSORI

Havo kompressor tizimi, abraziv disk tayyorlovchi uskunaga yordamchi qurilma xisoblanadi.

Liniya ishlash jarayonidan video lavha

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Metallarni kesuvchi Abraziv disk ishlab chiqarish linyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish