AFEX
Qurilish uskunalariTovar kodi: 60e588580bd70c3ec51503c0

Metallarni kesuvchi Abraziv disk ishlab chiqarish linyasi

"AFEX GROUP'' mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o'rgangan xolatda import bo'layotgan mahsulotlarni yurtimizda…

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

"AFEX GROUP'' mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o'rgangan xolatda import bo'layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz!

Kundan-kun rivojlanish bu-insoniyat o'ziga qulayliklar yaratishda davom etishdir. O'tgan asrni 80-yillaridan boshlab temir yoki qattiq jismlarni kesish muammo bo'lgan bir davrda abraziv disklar bu muammoni yechimi bo'lib qoldi. Abraziv kesuvchi disklar asosan quyidagi jismlar turlariga qarab ishlab chiqariladi.
  • Yog'och
  •  Metal
  • G'ishtlar
  • Beton
  • Marmar-Granit
"AFEX GROUP'' mijozlari uchun asosan ko'p foydalinadigan Metal kesuvchi abraziv disklar ishlab chiqarishga kerakli xom-ashyolar va texnologiyalariga oid ma'lumotlarni batafsil yoritib berishga harakat qilamiz. Metal kesuvchi abraziv disklar asosan yurtimizga Rossiya va Xitoy davlatidan import bo'lib kirib keladi. Siz ushbu mahsulotni ishlab chiqarib import miqdorini kamaytirishingiz mumkin. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni murakkab emasligi,yangi biznesmenlar va tajribali tadbirkorlar uchun ham mos keladi.

MAHSULOTGA OID KERAKLI MA'LUMOTLAR.

Yuqoridagi fotosuratda metallni kesish uchun davlat standartlariga muvofiq belgilangan disk ko'rsatilgan. Diskning maydonlari raqamlar bilan belgilangan ushbu raqamlar quyidagilarni anglatadi: 
  1. Konstruktiv turi (ISO 41, tekis).
  2. Geometrik xarakteristikalar-diametri, qalinligi, teshik.
  3. Fizik xususiyatlari: abraziv turi (A - elektrokordum); don hajmi; qattiqlik darajasi (lotincha T - juda qattiq); bog'lanish turi (BF - mustahkamlangan bakelit).
  4. Maksimal aylanish tezligi.
  5. Ruxsat etilgan maksimal periferik tezlik.
  6. Qaysi material uchun mo'ljallangan.
  7. Xavfsizlik piktogrammalari.
  8. Normativ hujjatlarga havola.
  9.  Ishlab chiqaruvchining logotipi.
Ushbu liniyada kesuvchi disklarni yassi turini ishlab chiqarish umumiy summada xisoblangan. Agarda siz depressiv turini xam ishlab chiqarmoqchi bo'lsangiz, ushbu mahsulot qoliplarini sotib olishingiz talab etiladi.

ISHLAB CHIQARISH PARAMETRLARI

Har-xil Bolgarkalar uchun kerakli o'lchamlarda kesuvchi disklardan foydalinadi. Biz ham keng foydalinadigan metalni kesuvchi disklar ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni tanlab oldik.
  • Tashqi diametri: 100,115,125,150,180,230 mm;
  • Markaziy halqani diametri: 22,32 mm;
  • Qalinligi: 1.0, 1.2, 1.6, 1.8, 2.0, 2.5, 3,2 mm

KERAKLI XOM ASHYOLAR

  1.  Abraziv zarrachalari.
  2. Smola kukuni.
  3. Kriyolit.
  4. Gips kukuni.
  5. Qora uglerod.
  6. Shisha tolali setka.
  7. Mahsus qora qog'oz (tag qismiga).
  8.  Rangli alyumin oksidi (yuza qismiga).
  9. Metal xalqa.

SOTUV

Yurtimizda asosan import bo'lgan abraziv disklarni uchratasiz. Mahsulot haridorgirligi albatta sifat darajasiga bog'liq. Mahsulot ishlab chiqarish soddaligi,import mahsulotlar o'rnini bosib olish imkoniyatini oshiradi. Mahsulot kesish jarayonida ishqalanib keraksiz xolga kelishi, sotuv bardavomligini ta'minlaydi.

KERAKLI MAYDON

Ushbu liniya uchun talab etiladigan maydon 150m/kv dan kam bo'lmaslikni talab etadi.Xom ashyolar va tayyor mahsulotlarni olib kirish yoki olib chiqish uchun yengil yuk mashinalari kirishiga imkoniyat bo'lsa, yanada ishlash unumdorligini oshiradi.

KERAKLI TA'MINOT

Sanoat ob'ekti infratuzilmasining elementlari - elektr energiyasi,suv ta'minoti bilan ta'minlanishi kerak. •Liniya elektr quvvati -125 KW/380V,50HZ. •Talab etiladigan transformator-160KW/380V, 50HZ dan yuqori. •1tonna mahsulot uchun - 300 KW energiya sarfi. •Ishchilar soni 8-10 kishini talab etadi.

ISHLAB CHIQARISH MEXANIZIMI

LINIYA TARKIBIDAGI USKUNA VA QURILMALAR

•Shisha tolali setkalarni kesuvchi uskuna. •Metal xalqa yasovchi uskuna. •Vibratsiyali elak. •Ikki idishli gidravlik mikser. •Abraziv disk tayyorlovchi uskuna (100,115,125 mm). •Abraziv disk tayyorlovchi uskuna (150,180,230 mm). •Maxsus elektr pech. •Balansni tekshiruvchi uskuna. •Sinovdan o'tkazuvchi uskuna. •Havo kompressori. Mahsulotga oid kerakli ma'lumotlar va ishlab chiqarish mexanizmi haqida batafsil bilib oldik.Endi esa liniya tarkibidagi uskunalar bilan tanishib chiqsak.

SHISHA TOLALI SETKALARNI KESUVCHI USKUNA

Shisha tolali setkalarni kesuvchi uskuna-bu uskunada asosan qo'l mehnati yordamida kerakli o'lchamlarda kesib olishingiz mumkin.Bu setkalar abraziv disk shaklini mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. O'lchamlarda kesilgan mahsulotlar avtomatik abraziv disk tayyorlash uskunasiga yuboriladi.

METAL XALQA YASOVCHI USKUNA

Metal xalqa yasovchi uskuna bu uskunada tayyorlangan mahsulot abraziv disk markazini mustaxkamlovchi xalqa vazifasini bajaradi. Bu uskunada xam tayyor bo'lgan mahsulotlarni avtomatik abraziv disk tayyorlash uskunasiga yuboriladi.

VIBRATSIYALI ELAK

Vibratsiyali elak yordamida abraziv donlarini yirik yoki boshqa narsalardan tozalab olamiz.Tozalangan abraziv donalarini ikki idishli gidravlik mikserga yuboramiz.

IKKI IDISHLI GIDRAVLIK MIKSER

Ikki idishli gidravlik mikserlarda abraziv donalariga kerakli kompanentlar qo'shib,yaxshilab aralashtirib olamiz.Tayyorlangan xom ashyoni avtomatik abraziv disk tayyorlash uskunasiga yuboriladi.

ABRAZIV DISK TAYYORLOVCHI USKUNA (100,115,125 mm)

Abraziv disk tayyorlovchi uskuna ushbu kichik o'lchamlarda 100,115,125 mm abraziv disk tayyorlab beradi.Uskuna abraziv donlarini,shisha tolali sekalarni,rangli alyumin oksidini yuza qismiga avtomatik ravishda to'ldirib beradi.

ABRAZIV DISK TAYYORLOVCHI USKUNA (150,180,230 mm)

Abraziv disk tayyorlovchi uskuna ushbu yirik o'lchamlarda 150,180,230 mm abraziv disk tayyorlab beradi.Bu uskunani kichik abraziv disk tayyorlovchi uskunadan farqi faqat qoliplar yo'lagi yani kengligidadir. Bu uskuna xam abraziv donlarini,shisha tolali sekalarni,rangli alyumin oksidini yuza qismiga avtomatik ravishda to'ldirib beradi.

MAXSUS ELEKTR PECH

Maxsus elektr pech yordamida abraziv disk tayyorlovchi uskunada tayyorlangan mahsulotlarni 200C issiqlikda qizdiriladi.

BALANSNI TEKSHIRUVCHI USKUNA

Mahsulot maxsus elektr pechdan olinib balansni tekshiruvchi uskuna yordamida tekshiriladi. Sinovdan o'tgan mahsulotlarni maksimal aylanish tezligini tekshirib beruvchi uskunaga yuboramiz.

SINOVDAN O'TKAZUVCHI USKUNA

Sinovdan o'tkazuvchi uskuna yordamida tayyor bo'lgan abraziv disklarni maksimal aylanish tezligini tekshirib olishingiz mumkin.

HAVO KOMPRESSORI

Havo kompressor tizimi, abraziv disk tayyorlovchi uskunaga yordamchi qurilma xisoblanadi.

Liniya ishlash jarayonidan video lavha

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaMetallarni kesuvchi Abraziv disk ishlab chiqarish linyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish