,

Metall quvur va profillar ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


“AFEX GROUP” mijozlari uchun serdaromad bizneslar va texnologiyalarga oid batafsil ma’lumotlarni yoritib berishda davom etamiz! Siz ham bizni kuzatishda davom eting!

Shakllangan quvurlar va profillar bugungi kunda ko’plab sohalarda – avtomobilsozlik, qurilish, metallurgiyada,gaz quvurlari,issiqxona,stol-stullar,eshiklar,yengil konstruksiyalar va boshqa sohalarda keng qo’llanib kelayotgan mahsulotlardan biri xisoblanadi. Shakllangan quvurlarni ishlab chiqarish biznesi, bugungi kunda juda istiqbolli biznes yo’nalishiga aylangan.Albatta mahsulot xaridorlari nafaqat yirik korxonalar, temir bozorlar va jismoniy shaxslar ham ulgurchi xaridor xisoblanadi. Albatta har bir mintaqada bunday mahsulotlarni ishlab chiqaradigan zavod yoki sexlar mavjud emas ekan, nima uchun hali ham bo’sh joydan foydalanib, o’z ishlab chiqarish korxonangizni ishga tushirmaysiz?

198,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Ushbu biznesni boshlash uchun “AFEX GROUP” dan uskunalarni sotib olishingiz mumkin.”AFEX GROUP” mijozlariga kafolatga ega uskunalarni etkazib berish,o’rnatish va malakali texnologlar yordamida mahsulotlaringizni sifatli ishlab chiqarishda yaqindan yordam beradi.

Biz sizga taklif etayotgan texnologiyalar yordamida quyidagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishingiz mumkin.

Kerakli xom ashyo;

Kengligi 60-240 mm gacha va qalinligi 0.5-3 mm gacha bo’lgan metall lenta rulonlar.

Kerakli maydon;

Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun liniyani barcha uskunalarni 320 (40×8 metr) kvadrat metr maydonga joylashtirilishi mumkin.Bundan tashqari xom ashyolar saqlash va yuk mashinalari kirib-chiqish yo’laklari mavjud bo’lishi kerak.Binoning shift balandligi kamida 6 metrdan yuqori bo’lishi kerak.binoning yuqori qismida ko’tarish moslamasi (TAL) bo’lishi talab etiladi.

Kerakli ta’minot;

Sanoat ob’ekti infratuzilmasining elementlari elektr energiyasi va suv ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak.

•Liniya elektr quvvati -400 KW/380V,50/60HZ.

•Talab etiladigan transformator-500KW/380V, 50/60HZ dan yuqori.

Ishlab chiqarish bosqichlari;

Metal quvurlarni ishlab chiqarish liniyasi.Dastlab belgilangan o’lchamlardagi rulon lentalar qurilmaga ortiladi.Metal rulonli lentalarni doira shaklida shakllantirib,mahsus yuqori chastotali elektron qarshilik bilan payvandlanadi.So’ngra silliqlanadi va suv bilan sovitiladi.Tayyor bo’lgan trubalarni tayyor mahsulot sifatida olib qoyiladi yoki to’rtburchak shakl oldirish uchun keyingi uskunaga avtomatik tarzda yuboriladi.Jarayon avtomatik tarzda uzluksiz davom etadi.So’ng belgilagan o’chamlarda kesish uskunasida o’lchamlarda kesiladi.Tayyorlangan mahsulotlar mahsus konvery yordamida belgilangan joyga yetkaziladi. Linya tarkibidagi barcha uskunalar boshqaruv paneli yordamida boshqariladi.

Ushbu liniya uchun berilgan umumiy summa faqat bir o’lchamdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan.Boshqa o’lchamlar uchun alohida liniya sotib olish,ish unumdorligini oshiradi.Agarda siz bir liniyadan foydalanib,boshqa o’lchamlarda keng assortmentda ishlab chiqarishni xoxlasangiz quyidagi o’lchamlarda shakllantiruvchi roliklar narxlari bilan tanishib chiqing!

Liniya tarkibidagi uskuna va qurilmalar.

Metal lentani yechish uskunasi

•Metal lentani qirqish uskunasi

•Vertikal saqlovchi qurilma

•Shakillantirish uskunasi

•Payvandlash

•Silliqlash qurilmasi.

•Sovitish

•Shakllantirish

•O’lchamlarda kesish uskunasi

•Mahsus konveyr

 

Metal lentani yechish uskunasi

Metal lentani yechish uskunasi ishlab chiqarish liniyasi uchun xom ashyo bilan ta’minlashda ishlatiladi. Uskuna Konsol tipida, pnevmatik kengayish va qisqarishi mumkin. Pnevmatik tormoz orqali rulonni tarrang tutib turadi.

Metall lentani yechish uskunasi
Uzatish imkoniyati Ikki tomonlama
Metal lenta kengligi Maks 240mm
Xomashyo tashqi diametric F1600mm
Xomashyo ichki diametric F350-F50mm
Markazni diametric 1000 mm
Yuk ko’tarish imkoniyati Maks 2 tonna

 

Metall lentani qirqish uskunasi

Ishlab chiqarish liniya uzluksiz ishlashi uchun, uskuna oldingi metal lenta rulonini va keyingi rulon boshini qirqish va payvandlashga tayyorlash uchun ishlatiladi.

Metall lentani qirqish uskunasi
Ishlash rejimi Mexanik kesish
Metal lenta qalinligi Maks 3.0mm
Kesish kengligi <240mm

 

Vertiakal saqlovchi qurilma

Shakllantirish mashinasiga doimiy ravishda etkazib berish uchun metal lentalarni saqlash va uzatish vazifasini bajaradi.Bu qurilma xom ashyoni shakllantirish uskunasi uchun erkin,tortib olish uchun oson bo’lishini ta’minlaydi.

Vertikal saqlovchi qurilma
Metal lenta qalinligi Maks 3.0mm
Metal lenta kengligi Maks 200mm
Lenta saqlash joyi Maks 200-300mm
Uzatish tezligi Maksimal 160m/min
Dvigatel quvvati 5.5 KW

 

Shakillantirish uskunasi

Shakllantirish uskunasi-avval lentalarni tekkislab oladi so’ng roliklar yordamida doira shaklini beradi.

Payvandlash qismi: Chok yo’nalishi bir bir maromda bo’lishini ta’minlash.Ekstruziya-aniq o’lchamga solish. Payvandlash -mahsus yuqori chastotali elektron qarshilik bilan payvandlanadi.Payvand choklarini tozalash yani sayqallash. Mahsulotni suv bilan sovutish bosqichlasrini o’z ichiga oladi.

Shakillantirish uskunasi

Shakllantirish uskunasi-uskunalar yordamida tayyorlangan doira shaklidagi quvurlarni to’rtburchak yoki kvadrat shaklida shakllantirib beradi.

Shakllantirish uskunasi
Shakllantirish uskunasini tarkibiy qismlari Shakllantiruvchi qism: Materiallarni uzatish-Tekislash-Uzatish-1 gorizontal rollik-1 vertikal rollik-2H-2V-3H-3V-4H-4V-5V-5H-6V-6H-7V
O’lchovli qism:1V-1H-2V-2H-3V-3H-4V-4H-5V-5H-6V-6H-tezlikni o’lchash-ikki tomonlama to’g’irlash
Uskunani harakatlanishi 160kw motorlar reduktor orqali uzatmalar qutisiga quvvatni yetkazadi
Gorizontal formalash Gorizontal rolikni diametric F60mm
Vertikal formalash Vertikal rolikni diametric F 40mm

 

O’lchamlarda kesish uskunasi

O’lchamlarda kesish uskunasi- bu uskuna belgilangan o’lchamlarda avtomatik ravishda mahsulotlarni kesib beradi.

Mahsus konveyr

O’lchamlarda kesish uskunasi so’ng ushbu maxsus konveyr yordami bilan belgilangan joyga mahsulotlar yetkaziladi.

Liniya ishlash jarayonidan video lavha

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Metall quvur va profillar ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish