EPS panellari ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


AFEX GROUP” mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o’rgangan holatda import bo’layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga “YANGI LOYIHA” va zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz!

PENAPOLISTROL mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlari va texnologiyalariga oid batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.

227,000$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

EPS-Ingliz tilida (Enlarged Poli Stirol) yani kattalashtirilgan polistirol degan ma’noni anglatadi. Penopolistirol (penoplast)-bu polistirol va uning hosilalaridan, shuningdek, stirol kopolimerlaridan olinadigan gaz bilan to’ldirilgan materialdir. Kengaytirilgan polistirol keng tarqalgan polistirol turlaridan biri xisoblanadi. Kengaytirilgan polistirolni ishlab chiqarishning odatiy texnologiyasi polener massasida erigan stirol granulalarini gaz bilan to’ldirib keyinchalik, massa bug’ bilan isitiladi. Ushbu jarayonda asl donachalar hajmining kattalashishi ular butun blok shaklini egallaguncha va birga sinterlanmaguncha sodir bo’ladi. Stirolda juda yaxshi eriydigan tabiiy gaz an’anaviy kengaytirilgan polistirolda qo’llaniladi.

Biz sizlarga taklif etayotgan texnologiyalar yordamida barcha turdagi Penopolistirol mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.Ammo “AFEX GROUP” mijozlari uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan o’z biznesingizni boshlashni tavsiya etadi.

“YANGI MAHSULOT”- Ushbu loyihada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulotga talab yuqori,eng muhimi hali yurtimizda ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgani yoq.Sizda raqobat yoqligi,ushbu mahsulotni ishlab chiqarib,o’z brendingizni tanitish imkoniyatini yanada oshiradi.

ESP-Panellari pol isitgich shlanglari mantaj ishlari uchun zamonaviy,oson va qulay imkoniyatlari mavjud paneldir.ESP- Panellari uyingizni yozda-issiqdan,qishda-sovuqdan,suv,namgarchilikdan himoya qiladi.Yonish darajasi past,foydalanish muddati 50 yildan xam uzoq vaqt davomida o’z hususiyatini yo’qotmaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari

Avval mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlarini umimiy tushintirib o’tsak.So’ngra uskuna rasmlari yordamida birma-bir yoritib beramiz.

Barcha texnologik jarayonlar para generatordan boshlanadi.EPS ishlab chiqarish uchun aynan issiq bug’ kerak bo’ladi.Bug’latish jarayonni uzluksizligini ta’minlash uchun gazli bug’ qozoni muntazam ishlab turadi. Xom ashyo sifatida polistirol granulalari maxsus idishga joylanadi.Undan so’ng mahsulot dazator orqali qozonga yuboriladi.U erda polistirol granulalari issiq suv, bug’ va 90-120C° issiq havo yordamida 30-50 barobargacha kattalashtiriladi.Havo harorati qanchalik yuqori bo’lsa granulalar kattayadi va zichligi xam past bo’ladi.Granulalardan kattalashtirilgan sharchalar shnek orqali maxsus bunkerlarga joylanadi.U erda 24 soat mobaynida sharchalar quriydi. Mahsus bunkerlarda qurigan sharchalar shakllantirish uskunasida amorf og’irligi qoliplash uchun issiq bug’ beriladi.Shakllantirish uskunasida sharchalar zichlashadi va deformatsiyalanadi. So’ng EPS panellari xosil bo’ladi.Tayyor bo’lgan EPS panellarini laminatsiyalash uskunasi yordamida laminatsiya qilinadi.

Ishlab chiqarish mexanizimi

Kerakli maydon

Ushbu liniya uchun talab etiladigan maydon 600m/kv dan kam bo’lmaslikni talab etadi.Shiftning balandligi 6 metrdan yuqori.Xom ashyolar va tayyor mahsulotlarni olib kirish yoki olib chiqish uchun yengil yuk mashinalari kirishiga imkoniyat bo’lsa, yanada ishlash unumdorligini oshiradi.

Kerakli ta`minot

Sanoat ob’ekti infratuzilmasining elementlari – tabiiy gaz,elektr energiyasi,suv ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak.

•Tabiiy gaz sarfi – 70m³/soat

•Liniya elektr quvvati -100 KW/380V,50HZ.

•Talab etiladigan transformator-160KW/380V, 50HZ dan yuqori.

•1tonna mahsulot uchun – 300 KW energiya sarfi.

•Ishchilar soni 5-8 kishini talab etadi.

Liniya tarkibidagi uskuna va qurilmalar

Bug’ qozoni.

•Bug’ generatori.

•EPS zarrachalarini boyitish uskunasi.

•EPS mahsus idishlari.

•Havo kompressori.

•Havo idishi tank.

•Avtomatik shakllantirish uskunasi.

•ESP isitish tizimi panellari qolipi.

•Sovutadigan suv minorasi.

•Sintrafuzali suv nasos.

•Laminatsiyalash uskunasi.

•Quvurlar tizimi.

Mahsulotga oid kerakli ma’lumotlar va ishlab chiqarish mexanizmi haqida batafsil bilib oldik.Endi esa liniya tarkibidagi uskunalar bilan tanishib chiqsak.

Bug` qozoni

 

Bug’ qozoninig isitish maydoni 30m² u shunindek 3,5m³ hajmdagi suvni tabiiy gaz yordamida bug’latirib beradi. Bug’latish jarayonni uzluksizligini ta’minlash uchun gazli bug’ qozoni muntazam ishlab turadi.Hosil bo’lgan bug’lar quvurlar orqali bug’ akkumulyatorga yuboriladi.

Bug’ qozoni(bug’ ishlab chiqarish)
Model WNS 1.0-1.0-Y
Bug’ chiqishi Soatiga 1000kg
Bug’ bosimi 1.0Mp
Samaradorlik >92%
Yoqilg’I sarfi 30 kg/soat/50m3/soat
Boshqarish kuchlanishi 220V/50Hz/1P
Ishlash kuchlanishi 380V/50Hz/3P
Yoqilg’I turi Tabiiy gaz
Og’irligi 6,8t

 

Bug` generatori

 

Bug’ generatori yatorning asosiy vazifalari hosil bo’lgan bug’lar haroratini bir maromda ushlab turish.Energiyani tejash uchun tashqi tarafi izolyasiya qilingan materiallar bilan qoplangan.bu esa issiqlikni ushlab turish uchun muhimdir.Bug’ generatori tori bug’larni quvurlar orqali, EPS zarrachalarini boyitish uskunasiga yuboriladi.

Bug’ generatori
Quvvat 6m3
Ish bosimi Max 8 bar
O’lchami 3750*1500mm
Og’irligi 1 t

 

EPS zarrachalarini boyitish uskunasi

 

EPS zarrachalarini boyitish uskunasi-Bu uskuna ushbu liniyani yuragi xisoblanadi.Uskunaga xom ashyo sifatida polistirol granulalari maxsus idishga joylanadi.Undan so’ng mahsulot dazator orqali qozonga yuboriladi.U erda polistirol granulalari issiq suv, bug’ va 90-120C° issiq havo yordamida 30-50 barobargacha kattalashtiriladi.Havo harorati qanchalik yuqori bo’lsa granulalar kattayadi va zichligi xam past bo’ladi.Xosil bo’lgan mahsulotlar yani granulalardan kattalashtirilgan sharchalar shnek orqali maxsus bunkerlarga joylanadi.

EPS zarrachalarini boyitish uskunasi
Model PSJ-1100
Kengaytiruvchi idish F1100x1500(h)
Zichlik diapazoni 12-60kg/m3
Samaradorlik 150-300kg/soat
Bug’ bosimi 0,4-0,8Mp
Havo bosimi 0,6-0,8 Mpa
Bug’ kirishi 50mm
Havo kirishi 50mm
Bug’ istemoli 3-8kg/davr
Havo sarfi 0,5,0,9m3/davr
Og’irligi 2500kg
Umumiy o’lcham 2800*2200*4600mm

 

EPS maxsus idishlari

 

Kattalashtirilgan sharchalar shnek orqali maxsus bunkerlarga joylanadi.U erda 24 soat mobaynida sharchalar quriydi.Qurigan sharchalarni avtomatik shakllantirish uskunasiga quvurlar orqali yuboriladi.

EPS maxsus idishlari
Maxsus idishlar soni 4 dona
Sig’imi 19m3 /dona
Jami sig’imi 76m3
Hajmi 2.2×2.2x4m
Og’irligi 800kg

 

Havo kompressori

 

Havo kompressori bu qurilma,EPS zarrachalarini boyitish uskunasi va avtomatik shakllantirish uskunasi uchun yordamchi qurilma xisoblanadi.

Havo kompressori(siqilgan havo ishlab chiqarish)
Oqim 2.4m3/min,ish bosimi 8 bar
Quvvat 15kw

 

Havo idish (tank)

 

Havo idishi tank,siqilgan havoni tutib turuvchi bu qurilma,EPS zarrachalarini boyitish uskunasi va avtomatik shakllantirish uskunasi uchun yordamchi qurilma xisoblanadi.

Aksessuarlar bilan siqilgan havo idishi
Quvvat 3 m3
Ish bosimi Max 10 bar

 

Avtomatik shakllantirish uskunasi

 

Avtomatik shakllantirish uskunasida mahsulotni shakllantirish uchun issiq bug’ beriladi.Shakllantirish natijasida sharchalar zichlashadi va butun mahsulot xolatiga keladi.Mahsulot o’lchami 150×75 sm. Uskunani ishlov berish vaqti 100-120 soniy.Ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan maxsulot hajmi 155×1370 sm qalinligi 35 sm.Uskuna qolip qismini o’zgartirish bilan boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishingiz mumkin.

Vakuumli avtomatik shakllantirish uskunasi
Model PSZ-1720
Hajmi 1720*1600mm
Mahsulotning hajmi 1550x1370x350(balandlik)mm
Maksimal ochilish 1400mm
Minimal ochilish 200mm
Bug’ kirishi 80mm
Suv kirish joyi 80mm
Havo kirish joyi 80mm
Bug’ bosimi 0,5-0,7Mpa
Suv bosimi 0,3-0,6Mpa
Havo bosimi >0.5Mpa
Suyuqlik haydovchi bosim 5,5kw
Nasosining quvvati 5,5kw
Inspirator nasosining quvvati 165m3/s
Og’irligi 5700kg
Umumiy hajmi 5000x2300x3300mm

 

Panel qolipi

ESP isitish tizimi panellari qolipi- pol isitgich shlanglari mantaj ishlari uchun zamonaviy,oson va qulay imkoniyatlari mavjud panellar ishlab chiqarish uchun.

Sovitadigan suv minorasi

 

Sovutish tizimi asosan ishlab chiqarish jarayonida suvni sovutishga yordam berish uchun ishlatiladi.Suvni sovutish uchun katta suv havzalari zarur. Suv havzasi, 4x4x2,5 m.Agar yer kattagi suv havzalari uchun cheklangan bo’lsa va mahalliy harorat yuqori bo’lsa, unda suvni tezroq sovutish uchun sovutadigan suv minorasini qo’shishiladi

Sovutadigan suv minorasi
Quvvat 30t/soatiga
Kirish suvi harorati 60 santigrat
Suv oqimi 50m3/soat,t=5C
Diametri 2215*2830mm
Shamol 28000m3/soat
Fanning diametric 1400mm
Dvigatel quvvati 1,5KVt
Oziqlantirish suv bosimi (104Pa):2.65

 

Sintrafuzali suv nasos

 

Sintrafuzali nasos sovitish tizimi suv minorasi yoki suv havzasi uchun yordamchi qurilma sifatida foydalinadi.

Laminatsiyalash uskunasi

 

Mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida ushbu uskunadan foydalanish oson va qulaydir.Laminatsiyalangan ESP mahsulotlari maydalanish darajasi pat bo’ladi.Suv va nam o’tkazishni oldini oladi. Laminatsiyalangan ESP mahsulotlar dizayn ko’rinish bilan sifatliligini ko’rsatib turadi.

Laminatsiyalash uskunasi
Hajmi 7200mmx2200mmx2600mm
Umumiy og’irlik 4.8 tonna
O’lchami 3750*1500mm
Og’irligi 1 t
Shakllantirish(uzunligi) 1500mm
Shakllantirish(eni) 900mm
Shakllantirish(balandligi) 100mm
Plyonka isitish 3-7pc/min
Ishlab chiqarish darajasi 8×11=88pcs
Elektr quvvati 60kw
Xom ashyolar PVX,PP,PS,PET,PE,HIPS B.funksiyasining dizayni va xususiyati

 

Quvurlar tizimi

Ishlab chiqarish liniyasi uchun quvur tizimi – EPS zarrachalarini boyitish uskunasi, Avtomatik shakllantirish uskunasi,shu jumladan bug’ (kirish va tushirish) havo kompressori (kirish va tushirish) va  sovutish suvi boglovchi quvurlar xisoblanadi. Bug’ni barqaror boshqarish uchun bosimni kamaytiradigan valfni ushlab turiladi. Bu qozon va akkumulyator o’rtasida o’rnatiladi.

Liniya ishlash jarayonidan video lavha

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “EPS panellari ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish