Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Model | AF-YCQ-3D |
Energiya turi | Elektr |
Kuchlanish | 380 V |
Elektr energiya sarfi | 6,9 Kv/soat |
Og’irligi | 105 Kg |
Ichki sig’imi | Uch podnos (podnos 400x600mm) |
Harorat oralig’i | 20C-400C |
O’lchami | 1670*830*560 mm |
Bir qavat uch podnosli pech AF-YCQ-3D
Omborda 1 dona mavjud
- Non
- Shirinlik
- Tort
- Pitsa
- va boshqa pishiriqla uchun pech
650$
Omborda 1 dona mavjud
Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Bir qavat uch podnosli pech AF-YCQ-3D” Javobni bekor qilish
O'xshash mahsulotlar
-
Xizmat ko`rsatish
Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi AF-L002
0 out of 5(0)Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.
Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.
SKU: AF-L00233,800$ -
Konditer pechlar, Oziq ovqat
Qandolat mahsulotlari va non ishlab chiqarish liniyasi AF-L006
0 out of 5(0)O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.
SKU: AF-L0069,090$ -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarSamorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
0 out of 5(0)Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
SKU: AF-L008129,500$ -
Paypoq to`quv uskunalari, Yengil sanoat
Paypoq ishlab chiqarish liniyasi AF-L003
0 out of 5(0)Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.
“Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ – deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar . Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.
“Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! “ – deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.
Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz.
Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.
SKU: AF-L003
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!