O’lchamlarda kesilgan metall lentalar avtomobilsozlik, maishiy texnika, qadoqlash, qurilish materiallari va metallni qayta ishlash sanoatida keng qo’llaniladi.
Yurtimizda metal lentalar sanoatda asosan butlovchi qismlar, agraf, gipsokarton profili, truba, profil va boshqa sohalarda keng qo’llanib kelinayotgan mahsulotlardan biri hisoblanadi.
Mahsulotga bo’lgan talabdan nafaqat yurtimiz bozori qondirishingiz balki qo’shni davlatlarga xam eksport qilishingiz mumkin, siz ushbu uskunani o’rnatib o’z mahsulotingizni ishlab chiqarishdan ortgan mahsulotlarni taminotchi sifatida xam boshqa biznes vakillariga yetkazib berishingiz mumkin.
“AFEX GROUP” dan ushbu uskunalar yuzasidan,yanada batafsil ma’lumotlar olishingiz mumkin. Sizga kafolatga ega uskunalarni etkazib berish,o’rnatish va malakali texnologlar yordamida mahsulotlaringizni sifatli ishlab chiqarishda yaqindan yordam beramiz!
Kerakli xom ashyo:
Kengligi 1600mm gacha va qalinligi 0.5-3 mm gacha bo’lgan metal rulonlar.
Metalni qalinlik darajasi turlicha, masalan gipsakarton profili ishlab chiqarish uchun qattiqlik va qalinlik darajasi uncha yuqori bo’lmagan metal lentadan foydalaniladi. Truba va profilga qattiqlik va qalinlik darajasi yuqori bo’lgan metal lentadan foydalanish maqsadga muvofiq. Uskunalarda metallarga ishlov berish jarayonida qanchalik qattiqlik darajasi yuqori bo’lsa, sinish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi.
Kerakli maydon:
Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun liniyani barcha uskunalarni 225 (25×9) kvadrat metr maydonga joylashtirilishi mumkin.Bundan tashqari xom ashyolar saqlash va yuk mashinalari kirib-chiqish yo’laklari mavjud bo’lishi kerak.Binoning shift balandligi kamida 6 metrdan yuqori bo’lishi kerak.binoning yuqori qismida ko’tarish moslamasi (TAL) bo’lishi talab etiladi.
Kerakli Ta’minot:
Sanoat ob’ekti infratuzilmasining elementlari elektr energiyasi ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak.
•Liniya elektr quvvati -150 KW/380V,50HZ.
•Talab etiladigan transformator-200KW/380V, 50HZ dan yuqori.
Liniya takibidagi uskunalar:
• Rulonni yuklash qurilmasi
• Rulonni yechish uskunasi
• Tekislash uskunasi
• Yon tomondan yo’naltirish qurilmasi
• Lentalarga kesish uskunasi
• Ortiqcha lentani o’rash (ikki tarafda) qurilmasi
• Looper qurilmasi
• Ajratuvchi va tortish uskunasi
• O’rash uskunasi
• O’rash uskunasi uchun tushirish qurilmasi
• Gidravlik tizimi
• Pnevmatik tizim
• Elektron boshqaruv tizimi
Ishlab chiqarish bo’qichlari xaqida, quyidagi rasmda ko’rishingiz mumkin.
Avtomatik metal lentalarni tayyorlash liniyasini ishlash mexanizimini, uskunalar rasmlari yordamida yoritib beramiz.
Metal ruloni yechish uskunasi
Ushbu uskunaga metal rulonlarni,rulon yuklab beruvchi qurilma yordamida yuklab olamiz.Uskunaga ichki diametri Ф508 rulondan foydalaniladi, agar ichki diametri katta bo’lsa kauchuk qistirma orqali joylanadi. Gidravlik slinder kengayish diapazoni: F460 – F510mm, to’xtash tizimi pnevmatik bosim bilan, maksimal rulon kengligi 1600mm.
Tekislash
O’lchamlarda kesishdan oldin,metal rulonni vallar orqali bir tekisda, tekislab olish talab etiladi.
Aniq o’lchamlarda kesuvchi uskuna
Kesuvchi disklarni diametri Φ180.Disklarni 1600 мм kenglikda o’rnatish mumkin. Kesish tezligi ≤80m / min. 0.3-1.0 mm hajmli kesilganda 25 qatorli, 1.0-1.9 mm hajmli kesilganda 15 qatorli, 2-3 mm hajmli kesilganda 8 qatorli, lentalar hosil bo’ladi.
Ortiqcha lentani o’rash qurilmasi
Uskuna kesish jarayonida, kerakli hajmlarda kesilgan metal lentalardan tashqari, rulonni chetlaridan ortgan ortiqcha lentalarni, uskunani faolyatiga tasir qilmasligi uchun metalni o’rab oladi.
Lentalarni taranglashtiruvchi
Ushbu uskuna lentalarni ajratib, tarang qilib beradi, bu jarayon kesuvchi uskundagi lentalarni kesilishini osolashtiradi. Bu uskunaga (Looper) chuquriligi 3 metr, kengligi 2 metr va uzunligi 3 metr bo’lga joy kerak bo’ladi, lentalar kegingi jarayonga o’tishda halqa hosil qiladi.
Lentani o’rash
Looperdan o’tgan,tayyor metal lentalar halqa simon bo’lib, bir tekisda o’raladi.O’rash qurilmasidan mahsulotlar, tushirish qurilmasi yordamida tushirib olinadi.
Elektr shkaf
Elektr boshqaruv kabinetini va Ikkita manipulyatsiya paneli mavjud, PLC tizimi orqali uskunani boshqariladi.
Gidravlik tizimi
Bosim: 16Mp
Power: 7.5KW-4 dona
Yog’ idishining hajmi: 450L
Texnik ko’rsatkich | |
Kesish qalinligi | 0,5-3mm |
Kesish eni | 300-1600mm |
Kesish hajmi 0.3-1,0 mm | 25 ta lenta |
Kesish hajmi 1-1,9mm | 15 ta lenta |
Kesish hajmi 2-3 mm | 8 ta lenta |
Kesish tezligi | Maks 80m/min |
Quvvat manbai | 380V,50Hz,3 faza |
Umumiy o’rnatish quvvati | 150 KW |
Rulonni maksimal og’irligi | 15 000kg |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!