Afzalliklari
1 Yengil
2 Ishlab chiqarish katta kuch talab etmaydi
3 Qulay
4 Chidamli
5 Ko`p funksiyali
6 Kamxarj
7 Kam joy egallaydi
Ko`rib turganingizdek, agraf juda ham ko`p afzalliklarga ega va qurilish sohasida uning
o`rni ham beqiyos. Shuning uchun ham biz sizlarga yuqori daromad keltiradigan biznesni
taklif etmoqdamiz. Umid qilib qolamizki, bu biznes orqali xalqimizni arzon va sifatli
podveslar bilan ta`minlaysiz va shuning natijasida, o`zingizning daromadingizni qisqa
muddat ichida katta hajmda oshirishga muvaffaq bo`lasiz. Quyida ushbu ishlab chiqarish
liniyasi haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin.
Bizga kerakli uskunalar, xom-ashyo va joy
Agraf(podves) ishlab chiqarish uchun bizga quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi:
1 Metall rulonni yetkazib berish uskunasi
2 Metall rulonni tekislab beruvchi uskun
3 Mexanik press
Xom-ashyo sifatida siz metalldan foydalanasiz. Buning uchun metall dumaloq rulon
shaklida o`ralgan bo`lishi maqsadga muvofiq. Metall rulonni Toshkentda o`rtacha narxda
1 tonnasini 10 million so`mga topishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, bu narx o`rtacha
hisobda olingan. Xom-ashyo sifati va sotib olish joyiga nisbatan narxlar o`zgarishi
mumkin.
Ushbu uskunalar to`plami sizdan katta maydon talab qilmaydi. Uskunalarni ketma-ket
joylashtirganingizda 10m atrofida joy oladi. Shu sababli, shu o`lchamlarga nisbatan xona
tayyorlashingiz maqsadga muvofiq bo`ladi.
Uskunadagi barcha jarayonlar avtomatlashtirilgani tufayli uskunadagi jarayonlarni, xom-
ashyo va mahsulotni nazorat qilib turish maqsadida 2ta ishchi olish yetarli.
Ishlab chiqarish jarayoni
Keling, sizlar bilan agraf(podves) ishlab chiqarish liniyasining butun jarayoni haqida
batafsil tanishib chiqsak.
Metall rulonni yetkazib berish uskunasi
Ushbu bosqichda biz tayyor rulon metallni yetkazib berish uskunasiga joylashtiramiz. Bu
uskuna aylanishi orqali metall rulonni servo feeder(tekislab beruvchi uskuna)ga yetkazib
beradi.
Metall rulonni yetkazib berish uskunasi | |
Material qalinligi | 2 mm |
Kenglik oralig’i | 450mm-530mm |
Kalava og’irligi sig’imi | 2000kg |
Tezligi | 15m/min |
Kalava tashqi diametric | Maks 1200mm |
Maksimum kalava kengligi | 400 mm |
Asosiy val | 40Cr |
Uskuna og’irligi | 800Kg |
Uskuna o’lchamlari | 1500*1200*1300 |
Motor | 2 faza |
Yetkazib beruvchi uskunaning barcha qismlari po`latdan yasalgani tufayli og`ir metallarni
ham ko`targanda qiyinchiliksiz, uzluksiz xizmat qiladi.
Funksiya: Uskunada joylashtirilgan gidravlik qismlar tufayli metall rulon diametriga
asoslanib uskunaga joylashuvchi qism diametrini kengaytirish, toraytirish mumkin.
To`g`irlab beruvchi uskuna
Navbatdagi bosqichda rulon metall yetkazib berilgandan so`ng, servo feeder uskunasi
rulon metallni to`g`irlab-tekislab press mashinaga tayyor holga keltirib beradi. Uskunaga
qo`shimcha sifatida displey o`rnatilgan. Zamonaviy displey orqali sozlamalarni va jarayon
borishini o`zgartirishingiz va nazorat qilishingiz mumkin
To’g’irlab beruvchi uskuna | |
Maksimal ishlash tezligi | 400 mm |
Maksimal ishlash uzunligi | 9999mm |
Material qalinligi | 0.2-3.2mm |
Qolip balandligi | 70-170mm |
Motor | AC1.3 |
To`g`irlab beruvchi uskuna quyidagi xususiyatlarga ega:
1 Turli xil qalinliklardagi va uzunliklardagi mahsulotlardan foydalanish mumkin
2 Yuqori tezlik va uzoq muddatda ishlay oladi, takomillashtirilgan tezlik va aniqlik
3 Panelli boshqaruv, oson va aniq
4 Pnevmatik jarayon, xatosiz
5 Xaridor talabiga binoan mexaniklashtirish ham mumkin
6 Eng yuqori tezligi 20m/min
To`g`irlab beruvchi uskuna tuzilishi:
1 Eng so`nggi servo motor qo`llanilgan. Bu esa o`z navbatida jarayon talab qiluvchi
maydon va test vaqtini minimallashtiradi
2 Yuqori sezgirlikka ega dekoder
3 Past tovush, kam moy talab qiladi
4 Motor uskuna ichida joylashgani tufayli, yetkazib berish vaqtida sodir bo`lishi mumkin
bo`lgan turli xil zararlanishlarning oldini oladi.
5 Uskunada YASKAWA brendli motor qo`llanilgan
Mexanik Press Uskunasi
So`nggi bosqichda esa, tayyor rulonni mexanik press uskuna yordamida oldindan
kiritilgan o`lchamlarga asoslanib metallda tirqishlar yasab, kesib beradi. Uskuna presslash
mexanizmi bo`yicha ishlaydi.
Mexanik Press uskunasi | |
Nominal bosim | 400KN |
Zarb tezligi | 45 ta/min |
Vertikal ustunlar uzunligi | 340mm |
Slayder markazi va uskuna orasidagi masofa | 250mm |
Ish stoli qalinligi | 65mm |
Elektr motor quvvati | 5.5kw |
Og’irligi | 3600kg |
№ | Qismlar | Ishlab chiqarilgan | Konfiguratsiya |
1 | Asosiy motor | Xitoy | Standard |
2 | Elektr qism | Fransiya | Standard |
3 | Xavfsizlik to’sig’i | Fransiya | Standard |
4 | Mexanik moylash | Xitoy | Standard |
5 | Pedal | Xitoy | Ixtiyoriy |
6 | Fotoelektrik himoya | Xitoy | Ixtiyoriy |
7 | Asosiy motor | Germaniya | Ixtiyoriy |
8 | Moylash | Xitoy | Ixtiyoriy |
9 | Xavfsizlik standardi | CE |
Ishlab chiqarish jarayonidan lavha
Ushbu Press uskuna metall konstruksiyadan yasalgan. Og`ir vazn va maxsus dizayni
tufayli uskuna 40 tonnaga bosimgacha press qila olish xususiyatiga ega.
Mahsulot qalinligi: 0.3-1.0mm
Mahsulot uzunligi: 300mm
Ishlab chiqarish quvvati: 70-80dona/minutiga
Uskuna mexanizmlari quyma po`latdan yasalgan va mexanizm tishlari ham xuddi shunday.
Uskuna diski ham qattiq po`latdan yasalgan. Bu uskunadagi jarayonlar yumshoq, oson va
tezkor kechishiga xizmat qiladi.
Mexanik quvvat bosimi yuqori navli kastirondan tayyorlanadi va siqish ishlari uchun yetarli
quvvatni saqlash va bo’shatish uchun muvozanatlangan.
Yog`-moylash tizimi uskuna uchun maxsus ishlab chiqilgan bo`lib, uskunaning suriluvchi
yuzaki qismlarining uzluksiz ishlashini ta`minlaydi.
Narxlar | |
Yetkazib berish uskunasi | 11 900$ |
To’g’irlab beruvchi uskuna | |
Mexanik Press uskuna |
Жавохир –
Тожикистонданман бизга хам етказиб бера оласизми
Жавохир –
admin –
Assalomu alaykum, ha albatta yetqazib beramiz
admin –