salfetka ishlab chiqarish
Barcha 5 natija
-
Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik 12 qatorli nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (30-120 donalik) AFX-2000JB
Qog`ozni qayta ishlashAvtomatik 12 qatorli nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (30-120 donalik) AFX-2000JB
Nam salfetkalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanishi shubhasiz, har qanday vaziyatda samarali tozalash va tetiklikni ta’minlaydi, sayohatdan tortib, uyda yoki ishda foydalanishgacha. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasi va moddiy innovatsiyalardagi yutuqlar bilan nam salfetkalar degradatsiyaga chidamliroq bo’lib, ularni yanada ekologik va barqaror qiladi.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik 6 qatorli nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (30-120 donalik)
Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Dispenserli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan bir martalik qog’oz salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi mijozlarimizni eng ko’p qiziqtirgan va ular tomonidan ko’p xarid qilingan uskunalar qatoriga kiradi. Bu daromadli biznesning ko’p qiziqishlarga sabab bo’lishi bu turdagi salfetkalarning kundalik hayotimizda juda keng tarqalganligi va talabning yuqoriligi bilan izohlashimiz mumkin. Huddi shu turdagi salfetkalarni xarid qilgan mijozlarimizning xalq tili bilan aytganda “ketmonlari uchib” o’z bizneslarini kengaytirmoqdalar. Ko’plab mijozlarimiz endi dispenserli salfetka ishlab chiqarishga ham katta qiziqish bildirmoqdalar.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Ixcham qog’oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zarurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: 2 -
Qog`ozni qayta ishlash
Zamonaviy avtomatik qog’oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi
Qog’oz salfetkalar dastlab gigienik maqsadlar uchun mo’ljallangan mahsulotlardir. Bugungi kunda ular inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo’llaniladi. Ushbu mahsulotlarga talab har yili barqaror o’sib bormoqda, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar o’z assortimentini doimiy ravishda kengaytirmoqda.
Qog’oz salfetkalar insonning kundalik qulayligini yaxshilash uchun yaratilgan bir martalik mahsulotdir. Ushbu mahsulotlar ma’todan bo’lgan analoglarini muntazam yuvishdan xalos bo’lishga imkon berdi. Odamlar yuvish vositalari, dazmollash bilan bog’liq boshqa xarajatlarni tejash imkoniyatiga ega bo’lishdi. Ishlatilgan qog’oz salfetkalar atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.
SKU: n/a