ishlab chiqarish
Jami 172 natijadan 31–45
-
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Dekorativ metall sayding ishlab chiqarish uskunasi
Qurilish sohasida tannarxni tushirish va zamonaviy dizayn va qurilish tezligiga keskin o’zgarish bilan kirib kelgan yangi mahsulotlardan biri bu dekorativ tashqi fasad saydinglaridir. Sayding ishlab chiqarish biznesi hozirda rivojlangan mamlakatlarda ham anchagina serdaromad soha hisoblanadi. Metall saydinglar ishlab chiqarish shuni ta’kidlash kerakki, uyni shu tarzda dekoratsiyalash binolarni tugatish uchun juda ko’p qo’llanilayotgan byudjet variantidir. Qoida tariqasida, bunday materiallarning sharhlari ko’pincha ijobiydir va arzonligi, hatto bunday ish uchun byudjeti cheklangan odamlar uchun ham ajoyib yechim bo’ladi.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Dispenserli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan bir martalik qog’oz salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi mijozlarimizni eng ko’p qiziqtirgan va ular tomonidan ko’p xarid qilingan uskunalar qatoriga kiradi. Bu daromadli biznesning ko’p qiziqishlarga sabab bo’lishi bu turdagi salfetkalarning kundalik hayotimizda juda keng tarqalganligi va talabning yuqoriligi bilan izohlashimiz mumkin. Huddi shu turdagi salfetkalarni xarid qilgan mijozlarimizning xalq tili bilan aytganda “ketmonlari uchib” o’z bizneslarini kengaytirmoqdalar. Ko’plab mijozlarimiz endi dispenserli salfetka ishlab chiqarishga ham katta qiziqish bildirmoqdalar.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Donalik nam salfetka ishlab chiqarish usukunasi AF-B003
Biznes yaxshi daromad keltirishida ishlab chiqarish turini tanlash juda muhim. Doimiy iste’moldagi mahsulotni ishlab chiqarish esa eng yaxshi tanlov degani. Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri Nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.
SKU: AF-B003 -
Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalari
Ekstraksiyalash uskunasi
Yog’ presslash uskunasidan yog’ va kunjara chiqadi. Kunjarada qolgan 5-6% miqdoridagi yog’ni olish uchun ekstraksiyalash uskunasi ishlatiladi. Ekstraksiyalash jarayoni Geksan yoki Etanol 95% li yordamida eritiladi. Mitselladan yog’ qizidirish va vakuum yordamida olinadi. Hosil bo’lgan shrotda 0,5-1% miqdorida yog’ qoladi. Ekstraksiya jarayoni Etil spirti yordamida bajarilgani uchun undan olingan yog’ni rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash orqali iste’mol qilish mumkin. Etil spirti yog’ tarkibidan tez va to’liq uchib ketadi. Uskuna to’liq portlashga qarshi shitlar va matorlar bilan jihozlangan. Ekstraksiyalash uskunasi uchun xaridor tomonidan qilinishi lozim bo’lgan ishlar:
- Erituvchi (Geksan yoi Etanol 95% dan yuqori) saqlash uchun idish va montaj trubalari
- Sovutish uchun suv va kondensatsiyalash uchun sovutish minorasi yoki chiller
- Suv uchun nasos
- Beton konstruksiya va alohida ishlar uchun talab asosida maxsus joy
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Emulsion bo’yoq ishlab chiqarish uskunasi
Bo’yoqlar bugungi qurilish sanoatining ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan!
Bo’yoq tushunchasi sanoat va kundalik hayotda ishlatiladigan
Barcha bo’yoqlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
- Mineral (metall oksidlari yoki noorganik tuzlar);
- Organik (o’simlik yoki hayvonot manbalaridan kelib chiqqan moddalar).
Ikkala toifada ham sun’iy (sintetik) va tabiiy (tabiiy) turlari bo’lishi mumkin.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
EPS panellari ishlab chiqarish liniyasi
“AFEX GROUP” mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o’rgangan holatda import bo’layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga “YANGI LOYIHA” va zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz!
PENAPOLISTROL mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlari va texnologiyalariga oid batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
Filtrlangan gazsiz mineral suv ishlab chiqarish liniyasi AF-L32
Turmush tarzimiz yaxshilanib borgani sayin kundalik iste’mol tovarlarimizning sifatiga ham jiddiy e’tibor bera boshlaymiz. Ayniqsa ichimlik suvi inson hayoti uchun eng kerakli va eng e’tiborli ne’matdir. Azaldan ota bobolarimiz buloq suvlarini ifloslanmasligini qattiq nazorat qilishgan va bu borib borib zamon rivojlangani sayin zamonaviy filtrlar yordamida yanada chuqur ishlov berilib, minerallarini saqlagan holda xalqqa yetkazish ananasi paydo bo’ldi. Suv ishlab chiqarish biznesi so’nggi paytlarda talabning yuqoriligi sabab gullab yashnamoqda. albatta aholining keng qatlami asosan gazsiz suvga talabi yuqoriligini hisobga olib taklifni ishlab chiqdik. Shunday ekan AFEX-GROUP kompaniyasi sizlarga gazsiz mineral suvlar ishlab chiqarish liniyasini e’tiboringizga havola etadi.
SKU: AF-L32 -
Xizmat ko`rsatish
Gilam yuvish uskunalari (avtomatik hamda yarim avtomat liniya) AF-L013
Ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan davlatlarda xizmat ko’rsatish va servisning davlat iqtisodiyotidagi ulushi 60-70 % ni tashkil qilar ekan. Bugungi kunda yurtimizda ham tadbirkorlik sohalari ichida xizmat ko’rsatish va servis biznesi keng ommalashib, uning iqtisodiyotimizdagi ulushini borgan sari ortib bormoqda. Aholi o`rtasida u yoki bu xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilishi keskin ko`paymoqda. Chunki xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilib biz, eng qimmatli bo’lgan vaqtimizni va ma’lum hajmdagi pulimizni tejab qolish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga xizmat ko`rsatish sohasidagi eng talabgir va daromadli sohalardan biri bo’lgan avtomatik gilam yuvish liniyasini sizga taqdim qiladi. Ma’lumki yurtimizdagi xonadonlarda bir yilda kamida bir marta gilamlar yuviladi. Bitta xonadonda kamida 3-4 va undan ham ko`p gilamlar mavjudligini hisobga olsak biznesni yo’lga qo’yib siz yaxshigina daromadga ega bo’lishingiz mumkin. Gilamlarni xonadonlardan o’zingiz olib ketib, liniya yordamida yaxshilab yuvib, quritib, yuvilgan gilamlarni yana xonadon egalariga yetkazib berish kabi qulayliklarni yo’lga qo’ysangiz mijozlaringiz yanada ko’payishi turgan gap.
SKU: AF-L013 -
Qog`ozni qayta ishlash
Gofra qutilar ishlab chiqarish liniyasi AF-L028
Har qanday mahsulotingizni xaridorga sifatli yetib borishini ta’minlash uchun asosan gofra qutilardan foydalaniladi. Ushbu biznes dunyo bo’ylab XXI asrda trend darajaga ko’tarildi desak yanglishmaymiz. Gofra qutilar mahsulot sifatiga ta’sir etmagan holda, ularni deformatsiyalanishdan saqlashda ishlatiladi. Gofra qutilar ishlatilish sohasiga ko’ra 2,3,5 va 7 qavatli bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan turlari bu 2 va 3 qavatli turlari hisoblanadi. Quyida sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyamizni ko’pchilik tadbirkorlar sotib olish imkoniyatlari mavjud bo’lishi uchun uni yarim avtomat ko’rinishini tavsiya etishga qaror qildik. Uskuna yordamida siz bir tomoni silliq yuzali gofra qutilar ishlab chiqara olasiz. Uskuna kengligi 1400mm bo’lgan kraft rulon bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirmoqchi yoki katta hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish istagida bo’lgan mijozlarimiz uchun to’liq avtomat ishlab chiqarish liniyalarini ham olib kelish imkoniyatimiz mavjud.
SKU: n/a