Oziq ovqat
Jami 125 natijadan 61–75
-
Oziq ovqat
Pechenyelar ishlab chiqarishning ixcham liniyasi
Yuqori darajadagi texnologiyalar bilan yashar ekanmiz, bizning ularga bo`lgan talabimiz kundan kunga oshib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har bir qismiga, deyarli barcha sohalarga kirib keldi desak adashmagan bo`lamiz. Shunday sohalardan biri bu, albatta, oziq-ovqat sohasidir.
Bugun sizlarga taqdim etmoqchi bo`lgan uskunalarimiz ham nafaqat o`zbek xalqi, balki butun dunyo sevib iste`mol qiladigan mahsulot- pechenyelar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu uskunalar to`plami pechenyelar ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan. Shunday pechenyelarni yuqoridagi suratlarda ko`rishingiz mumkin.
AFEX-GOUP sizlarga bu turdagi pechenyelarni ishlab chiqarish uskunalar to`plamini taklif etmoqda. Umid qilamizki, siz ishlab chiqargan pechenyelar xalqimiz tomonidan sevib iste`mol qilinadi va oz muddat ichida o`zingizning qadrli mijozlaringizni to`play olasiz.
SKU: n/a -
Qadoqlash, Suv mahsulotlari
Pet idishlarni to’plam qilib qadoqlash uskunasi AF-TP1-5
Ushbu uskuna mahsulot ishlab chiqarishni yakunlovchi bosqich uchun ishlatiladi. Uskuna maxsus rulon holatidagi plyonka yordamida to’plam mahsulotni o’raydi va issiq tunnelga yuboriladi. Tunnel harorati plyonkani kerakli darajada qizdirishi natijasida mahsulot bir birga zich joylashadi hamda odatiy havoda qotadi. Shu tariqa mahsulot bozorga sotish uchun tayyor holatga keladi.
1. Mahsulotni vaqt oralig’ida ko’rib chiqish va himoya qilish.
2. Ikki karra kattalikdagi ventilyatsion o’tkazgich tizimi qadoqlashni mukammal darajada ta’minlaydi.
3. Harorat avtomatik nazorat qilinadi.
4. Import qilinadigan chastotani o’zgartiruvchi, qadamlarni tezkor boshqarish uchun xizmat qiladi
5. Mahsulotlarning mukammal shaklini tezda pasayishini ta’minlaydigan sovutish tizimi.
6. Boshqarish paneli xavfsiz va oddiy ishlaydi.
7. Hisoblash pozitsiyasi mahsulot o’lchamiga qarab sozlanishi aniqlashtira oladi
8. Tunnel o’lchamlari sizning talabingizga moslashtirilishi mumkin.
Uskuna mineral suv, shisha pivo, ichimliklar va hokazolarni pastki qavatisiz (yoki pastki lagan bilan) o’rash uchun javob beradi. Tovarlarni mukammal qadoqlash uchun PE materialli plyonkani ishlatish maqsadga muvofiq. Butun ishlab chiqarish jarayoni Germaniya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan moslashtirilgan texnikasini qabul qiladi. Asosiy qismlari OMRON, MITSUBISHI, FUJI ET kabi taniqli kompaniyalar mahsulotlaridan ishlatilgan, bu esa barqaror va uzoq vaqt ishlashni ta’minlaydi.
SKU: AF-TP1-5 -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
Pet idishni qopqog`idan ajratish hamda shotkali yuvish uskunasi
Sizga ma’lumki 19L lik suv biznesida idishlar narxi qimmat bo’lganligi sababli ular takroran ishlatiladi. PET idishlarni yana qayta ishlatish uchun ichki va tashqi qismini yuqori bosimli suv va shotkalar bilan yuviladi. Ushbu uskuna shuningdek uchki qismida o’rnatilgan maxsus qopqoqni ham ajratib berish uchun ishlatiladi. Uskuna xavfsiz ishlashi uchun uni tepa qismini ochgan paytizda avtomatik to’xtaydi. Barcha qismlar zanglamas metalldan ishlangan bo’lib, sizga uzoq vaqt xizmat qiladi. Yuvish mashinasi ichimlik suvi ishlab chiqarish liniyasining bochkadan oldingi tozalash jarayonida ajralmas uskunadir va u odatda havo kompressori bilan ishlaydi. Bizning kompaniya sizga PET idishlarni tozalashning ilg’or texnologiyasini joriy qiladi va o’zlashtiradi. .
SKU: n/a -
-
Konditer pechlar, Oziq ovqat
Qandolat mahsulotlari va non ishlab chiqarish liniyasi AF-L006
O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.
SKU: AF-L006