KATTA O’RAMDAN KICHIK O’RAMGA O’RAB BERISH USKUNASI
Avvalambor ishni boshlashdan avval siz nechi qavatli xojatxona qog’ozi ishlab chiqarishni rejalashtirib olishingiz lozim. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko’zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib qilishingiz mumkin. Ushbu uskunaga naqshli val ham qo’shib beriladi, sababi naqshli val sizning mahsulotingizni bozorgir bo’lishiga olib keladi.
Katta o’ramdan kichik o’ramga o’rab berish uskunasi | |
Xomashyo | Ikkilamchi qog’oz yoki selluloza rulon |
O’ram tayyorlash mahsuloti | Xojatxona qog’ozi yoki rulon salfetka |
Qog’oz qalinligi | 13-30g/m2 |
Rulon qog’oz kengligi | 787-900mm |
Naqsh bosuvchi silindr kengligi | 1100mm |
Ishlab chiqarish quvvati | 0.8-1T/kuniga |
Qavatlar soni | 1;2;3 |
Ishlash tezligi | 30-40m/min |
Tezlikni o’zgartirish | Mavjud |
Kuchlanish | 380v50hz |
Quvvat sarfi | 4,5kw/soat |
KICHIK O’RAMNI KESIB BERISH USKUNASI
Yuqoridagi uskuna hosil qilgan kichik rulonlarni ushbu arra maxsus kichik hajmga bo’lib berish uchun xizmat qiladi. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordiyu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi. Bu uskunani ichki vtulkaga ega va vtulkasiz xojatxona qog’ozlari uchun ham ishlatish mumkin.
Kichik o’ramni kesib berish uskunasi | |
Kesish uzunligi(mm) | O’zgaruvchan |
Ishlash quvvati(tonna/sutka) | 1.5 |
Kesish uzunligi(mm) | 3750 |
Diametr(mm) | 1300*70*1800 |
Og’irligi(kg) | 560 |
Vtulkali va vtulkasiz | Ikkalasiga ham mo’ljallangan |
Quvvat sarfi(kw) | 1.1 |
DONALI QADOQLASH UCHUN MAXSUS DAZMOLLASH USKUNASI
Ushbu uskuna yordamida bizda hali qilinmagan va insonlarga kerakli bo’ladigan bir yoki ikki dona xojatxona qog’ozini qadoqlash mumkin. Axir har bir ishni qilishda talab hisobga olinishi lozim. Donali qadoqlangan mahsulot tog’larga yoki boshqa joylarga sayohat qilish paytlarida qo’l kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu uskun orqali siz boshqa mahsulotlarni (salfetka, konvert qilib yopiluvchi boshqa mahsulotlar) qadoqlashda ham ishlatish imkoniga ega bo’lasiz.
TO’PLAM QILIB QADOQLASH USKUNASI
Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo’l bilan ushlash qulay bo’lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi. Qadoqlash paketi tayyor holatda va uch tomoni yopiq holatda bo’ladi. So’ngra,unga mahsulotni qo’lda solib so’ng quyidagi uskuna yordamida tepa qismi yaxshilab yopiladi.
Blok qilib qadoqlash uskunasi | |
Kuchlanish | 220v50hz |
O’ramlar soni | 2;4;6;8 talik |
Material | Metall va textalit |
Payvandlash kengligi | 50sm |
Ishlash mexanizmi | Oyoq pedali yordamida |
Ishlab chiqarish quvvati | 15-18 dona/min |
Talab etiladigan ishchi kuchi | 1 nafar |
Quvvat sarfi | 0,5kw/soat |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!