Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.

22,600$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

O’zining hech kimnikiga o’xshamagan takliflari bilan sizga tanish bo’lgan “AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga aynan shunday tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi. Bir qarashda kichik ko’ringan bu mahsulot aslida eng talabgir mahsulotlardan biridir. Bu biznesni boshlash orqali siz kiyim-kechak va umuman tekstil sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning ‘joniga oro kirasiz’ va eng asosiysi yaxshigina daromadga ega bo’lasiz.

YORLIQ CHOP ETISH USKUNASI

Uskuna yorliqlar ustiga ma’lumotni chop etish uchun mo’ljallangan. Uskuna Valiga o’zingizga to’g’ri kelgan naqshli yoki yozuvli qolipni o’rnatish orqali yorliq ustiga istalgan ko’rinishni tushirishingiz mumkin. Uskuna foydalanish uchun qulay va xavfsizdir. Noyob naqshlar moyli siyohlar va suyuq siyohlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Ranglar mutanosibligi deyarli farq qilmaydi va 0,1 mm ni tashkil qiladi. Uskunaning ustunligi shundan iboratki, u bir vaqtning o’zida ikki taraflama naqsh tushira oladi. Bu esa ishlab chiqarish vaqtini tejash imkonini beradi.

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V50Hz
O’lchami 1800*750*2000mm(L*W*H)
Elektr sarfi 6.7kw
Mahsulot o’lchami Max:140 mm
Chop qilish maydoni 127-254 mm
Ishlab chiqarish tezligi 60m/min
Og’irligi 800kg

TASMALARNI KESISH USKUNASI

Keyingi bosqichda yorliqli tasmalar maxsus uskuna yordamida kesiladi

Ushbu uskuna to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, yorliqlarni issiq va sovuq funksiya bilan kesishga mo’ljallangan. Issiq va sovuq kesish funksiyalari tasma materialiga qarab o’zgaradi. Uskuna barcha turdagi yorliqli tasmalarni kesa oladi.

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V
O’lchami 60*44*44sm(L*W*H)
Elektr sarfi 1.5kw
Kesish hajmi L:1-70sm;W:1-10sm
Kesish tezligi 400 dona/min
Og’irligi 50 kg

Mahsulot uchun qanday xomashyodan foydalaniladi???

 

 

Narxlar
Yorliq tasmasi ustiga chop etish uskunasi 18 300$
Chop etilgan tasmani kesib berish uskunasi 4300$
Jami: 22600$

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish