Sim cho’zish uskunasi
Dastavval ishni maxsus uglerodli simni (C1022 markali) kerakli o’lchamga cho’zib olishdan boshlash lozim. Albatta xoxlovchilar ushbu uskunani olmasliklari ham mumkin, lekin Xitoylik hamkorlarimizning aytishiga qaraganda belgilangan o’lchamdagi simni import qilish jarayonida unga kichik miqdorda chang zarralari, yoki deformatsiyalanish natijasida o’z kengligi sezilmas darajada o’zgarishi mumkin va bu samorez sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi degan fikrdalar.
Sim cho’zish uskunasi | |
Ishlab chiqarilgan davlat | Xitoy |
Kuchlanish | 380v50hz |
Quvvat sarfi | 7,5kw/soat |
Og’irligi | 380kg |
O’lchami | 1500*1200*1700mm |
Ishlash tezligi | 15m/min |
Simga qalpoqcha (samorez bosh qismi) ochish uskunasi
Ushbu uskuna simni kerakli o’lchamda kesib, uni bosh qismini ochib berish vazifasini bajaradi. Bundan chiqqan mahsulot xuddi oddiy mixga o’xshash ko’rinishda bo’ladi. Siz uskuna qolipini almashtirish orqali uning diametrini o’zgartirish imkoniga ega bo’lasiz.
Samorez bosh qismi uchun uskuna | |
Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
Kuchlanish | 180v50hz |
Quvvat sarfi | 5,5kw/soat |
Og’irligi | 1700kg |
O’lchami | 1700*1400*1450mm |
Ishlash tezligi | 140-180 dona/min |
Sim diametric | 2.0-3,5mm |
Mahsulot uzunligi | 2,0-50mm |
Mahsulot chiqarish quvvati | 25kg/soat |
Samorezga burama iz ochish uskunasi
Qalpoqcha hosil qilingan mahsulot ushbu uskunaning maxsus idishiga solinadi. Uskuna ularga ketma ketlikda burama iz tushiradi. Bu jarayon ko’pchilik o’ylagandek tokarni uskunaga o’xshab. mahsulotni yo’nish orqali emas, maxsus izli qolipdan presslab o’tqazish orqali qilinadi, shu sababli mahsulotda hech qanday chiqindi chiqmaydi.
Samorezga burama iz ochish uskunasi | |
Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
Kuchlanish | 180v50hz |
Quvvat sarfi | 3kw/soat |
Og’irligi | 900kg |
O’lchami | 1900*1400*1450mm |
Ishlash tezligi | 180-200 dona/min |
Sim diametric | 2.0-3,5mm(Ishlov berishdan avval) |
Mahsulot uzunligi | 2,0-50mm |
Mahsulot chiqarish quvvati | 30kg/soat |
Tayyor mahsulot diametri | 2,7mm-4,2mm |
Samorezga termik ishlov beruvchi maxsus konveyerli pech
Ushbu bosqich sizning mahsulotingiz sifatini belgilab beruvchi eng zaruriy bosqichlardan biri sanaladi. Biz sizlarga biznesingiz uchun boshlang’ich ishlab chiqarish quvvati uchun yetarli bo’lgan termik ishlov berish pechini tavsiya qilmoqdamiz. Ushbu konveyerli pech yordamida siz ishlov berish jarayoni uchun zarur bo’lgan Metanol va Kerosin purkash uchun maxsus quvurlar ham joylangan bo’lib, u sizga ish jarayonida ortiqcha ish kuchi sarfini oldini oladi. Termik pech uchun zaruriy maydon xaridor tomonidan uzunligi 20 metrdan kam bo’lmasligi lozim. Konveyer pech o’zida sovutish bosqichlarini ham jamlaganligi sababli bunda muammo bo’lmaydi degan umiddamiz. Uskunada muammolar yuzaga kelmasligi uchun OCr21Al6Nb maxsus materialli tenlardan foydalanilgan.
- Besh bosqichli isitish zonasi
- Konveyer uchun invertor matordan foydalanilganligi
- 1,1 kw/soat lik maxsus sirkulyatsion ventilyatorlar
Samorez uchun termik ishlov berish konveyer pechi | |
Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
Kuchlanish | 380v50hz |
Quvvat sarfi | 55kw/soat |
Og’irligi | 6500kg |
O’lchami | 1800*1650*1840mm |
Ishlash tezligi | 0-500mm/min |
Ichki harorat(max) | 1050C |
KIruvchi mahsulot uzunligi | 2,0-80mm |
Mahsulot chiqarish quvvati | 60-120kg/soat |
Galvanizatsiyalash uskunasi
Har qanday tadbirkor biror mahsulot ishlab chiqarishdan avval uni uzoq muddat xaridorga xizmat qilishini xoxlaydi. Agar siz ham o’z samorezlaringizni xaridorlarga uzoq muddat xizmat qilishini xoxlasangiz samorezlaringizni maxsus kimyoviy ishlov berish jarayonidan o’tqizishni tavsiya etamiz. Ushbu jarayon sizga mahsulotingiz sirtki qatlamini zanglamas holatga olib keladi, hamda agar siz mahsulotingiz rangini ham o’zgartirishingiz mumkin. Ushbu uskuna sizga uzoq muddat xizmat qilishi uchun PP (polipropilen) dan maxsus buyurtma asosida qilmoqdamiz.
Galvanizatsiyalash uchun maxsus PP vanna | |
Ishlab chiqarilgan davlat | Xitoy |
Kuchlanish | 380v50hz |
Quvvat sarfi | 5,5kw/soat |
Og’irligi | 1300kg |
O’lchami | 9000*1650*1200mm |
Kiruvchi mahsulot uzunligi | 2,0-80mm |
Mahsulot chiqarish quvvati | 60-120kg/soat |
Maxsus vannalar soni | 8 dona |
Maxsus ko’tarish moslamasi | 1 dona |
Sentrafugali quritish uskunasi
Ushbu uskuna galvanizatsiyalash jarayonidan o’tgan samorez mahsulotlarini quritish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu jarayon oxirgi bosqich sanaladi. Sizning samorezlaringiz tayyor va endi bemalol ularni xaridorlarga taklif qilsangiz ham bo’ladi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!