Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi AF-B006

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Uy bekalarimizning xo’jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi. Chunki mochalkali gubkalar ketkaza olmagan idishlarimizdagi kirlarni tozalashda metall gubkalar bizga yordamga keladi va idishlarimizning toza yuvilishida bunday turdagi gubkalarning xizmati beqiyosdir. Metall gubkalar yordamida qozonlar, choynaklar, tova (skovorodka)lar, metall kastryullar, gaz plitalar, elektr plitalar, rakovinalar, grill, steyk pishiradigan uskunalar, sixlar va boshqa shu turdagi metalldan yasalgan idishlardagi ketishi qiyin bo’lgan kirlarni osonlik bilan ketkazish mumkin.

Zamonaviy davrimizning eng foydali ixtirolaridan biri hisoblangan bunday gubkalar metalldan yasalgan bo’lib, juda ham mustahkam hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek, tozalash qiyin bo’lgan idishlarni chinnidek qilib tozalashda bizga yaqindan yordam beradi.

4,500$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

“AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga xuddi shunday metall gubkalarni ishlab chiqarish uskunasini taqdim etadi. Metall gubka ishlab chiqarish biznesini yo’lga qo’yib siz yaxshigina daromad olishingiz mumkin.

Uskunani joylashtirish uchun sizga eng kamida 3×3 m o’lchamdagi, 380 V elektr kuchlanishli xona kifoya qiladi.

METALL GUBKA ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Ishlab chiqarilgan yil 2019
Model AF-130C
Kuchlanish 380/220V50/60Hz
Quvvati 1,5kw/soat
Silindrlar soni 2ta
Silindrlar diametric 130mm
Ishla chiqarish hajmi 8 kg/soat
Uskuna o’lchami 1700x900x1500mm
Og’irligi 450kg

 

  • uskunani ishlatish juda oson bo’lib, buning uchun alohida bilim va ko’nikma talab qilinmaydi, bizning texnologimiz sizga uskunani o`rnatib, ishlatib, ko`rsatib barcha ko’nikmalarni sizga o`rgatadi (texnolog xizmat uskuna narxiga kiritilmagan)
  • Mahsulot uchun xomashyo sifatida SS 410 simi ishlatilib, biz sizga ushbu simni topishda yordam beramiz
  • Uskunaning asosiy qismlariga 1 yil kafolat beriladi.
  • Siz uskunani kun davomida 20 soatgacha, 10 yil davomida bemalol ishlatishingiz mumkin.
  • Uskuna xomashyoni mahsulotga aylatirishda eng minimal darajada (deyarli umuman yo’q) chiqim (otxod) chiqaradi. Bu esa sizga ko’proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
  • Uskunaga avtomatik sanash va elektron tarozi o`rnatilgan bo’lib bu sizga o’ta aniqlikni ta’minlab beradi.

Keling endi barchamiz uchun eng qiziqarli bo’lgan qismga o’tamiz, ya’ni ushbu bizni yo’lga qo’yib qancha daromad ko`rish mumkinligini taxminiy hisob-kitob qilib ko’ramiz.

Mahsulot uchun ishlatiladigan xomashyo SS 410 simlarining bir kilosi 20 ming so’m (narx o’zgarishi mumkin) atrofida turadi. Agar sizning metal gubkangiz 10 gramm bo’lgan taqdirda bir kilogram xomashyodan siz taxminan 100 dona metal gubka ishlab chiqarasiz. Uskuna bir soatda 8 kggacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Demak siz bir soatda 800 dona metal gubka ishlab chiqarishingiz mumkin. Agar uskunani 8 soat davomida ishlatsangiz bir kunda 6400 tagacha metall gubka ishlab chiqarishingiz mumkin.

Demak 8 soat davomida siz 64 kg xomashyo ishlatasiz.

100 kg x 20 000 so’m = 1 280 000so’m

Uskuna 1 soatda 1,5 kilovatt elektr energiya sarflaydi. Bino yoritish uchun va boshqa maqsadlarda soatiga 2 kilovatt elektr energiya sarflagan taqdirda 10 soat davomida 20 kilovatt elektr energiya sarflanadi.

20 kv 350 so’m = 7 000 so’m

Ishchi haqi: 50 000 so’m / kuniga / uskunani bir kishi ham bemalol ishlatishi mumkin.

Boshqa harajatlar 100 000 so’m

Umumiy kunlik harajat 1 437 000 so’m

Hozirda do’konlardan bunday metall gubkalarning bir donasini 500 dan 1000 so’mgacha harid qilishingiz mumkin. Siz do’konlarga o’z mahsulotingizni ulgurji narxda ya’ni 300 (bu narxdan qimmat ham bo’lishi mumkin) so’mdan sotgan taqdiringizda bir kunda 400 000 so’mni atrofida sof foyda olishingiz mumkin.

300 so’m x 6400 dona = 1 920 000 so’m; 1 920 000 – 1437 000 = 483 000 so’m

Buning uchun siz faqatgina tadbirkorlik qobiliyatingizni ishga solib ishlab chiqargan mahsulotlaringizni sotsangiz kifoya.

Narxlar
Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi 4 500 USD

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi AF-B006”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish