EPS dekorativ mahsulotlar ishlab chiqarish uskunasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Uzoq asrlar davomida arxitektura, madaniyatning bir qismi bo’lib kelgan. Har qanday binoning birinchi taassuroti tashqi ko’rinishiga qarab yaratiladi. Fasadning shakllanishida juda uzoq tarixga ega bo’lgan me’moriy relyef bezakridan, qadimgi sivilizatsiyalar davridan beri asrlar davomida foydalanib kelinmoqda. Uzoq asrlar davomida me’morlar toshlar, marmar, gips kabi qattiq qorishmalardan faydalannib faqat saroylar, qal’alar va muzeylarni bezatgan bo’lsa, endi hatto aholi uylari kengaytirilgan polistirol (EPS) kabi yangi materiallar tufayli hashamdor bezaklardan foydalanish yanada arzonlashdi.

6,000$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

”AFEX-GROUP”- Kichik biznes faoliyati bilan tadbirkorlikni boshlamoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz uchun EPS mahsulotidan, dekorativ 3D panellar ishlab chiqarish loyihasi va uskunalarni taklif etadi. Ushbu soha yurtimizda endi rivojlanayotgan sohalar qatoriga kiradi.

EPS dekorativ 3D panellari ishlab chiqarish – Binolarning ichki va fasad qismlarini, milliy va Yevropa klassik dizaynlari asosida panellar ishlab chiqarish loyihasiga qaratilgan biznes faoliyatidir.

Yurtimizda ushbu mahsulotlarga bo’lgan talab sezilarli darajada o`sib kelmoqda. Bunga sabab quyidagi omillarni ko’rishingiz mumkin.

3D dekoratsiya afzalliklari:

*Arzonligi

*Uzoq muddatga bardoshliligi

*Tez va oson ishlab chiqarish

*Oson o’rnatilishi

*Mijoz talabini oson amalga oshirish mumkinligi

3D dekoratsiyalarni yuza qismini kvars qumi, sement va plita kley yoki oq sement,plita kley va marmar qum kabi qo’shilgan qorishmalardan foydalanib qoplash mumkin. Yopishtirish ishlari uchun rodbond yoki plita kleydan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Kerakli xom ashyolar:

Kengaytirilgan polistirol (EPS)

Kvars qumi

Sement

Ushbu xom ashyolar arzon va faoliyatingizni davom ettirishda mahalliy xom ashyolar bo’lganligi sababli muammo tug’dirmaydi.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

Kerakli maydon; 25 m² dan kam bo’lmasligi kerak.

Elektr energiya; 1,5 KW/220 V.

Ishchilar soni; 1-2 kishi.

Ushbu faoliyat uchun kompyuter qurilmasi xam talab etiladi.

Uskuna mahsulotlarni ishlab chiqarishda CNC (kompyuterli raqamli boshqaruv) boshqaruvi yordamida amalga oshiradi. Uskunada ishlashni o’rganish qiyin emas. Asosiysi, kerakli shakllarni mukammal aniqlikda kesib olishni o’rganish. Lekin sizdan professionallik talab etiladi. Sababi ko’plab mijozga ega bo’lish va raqobatlashish uchun dizaynerlik mahoratiga ega bo’lishingiz kerak. Ushbu uskunada siz o’zingizda tayyor mavjud yoki mijozning xohishidan kelib chiqib, kompyuterda maxsus dastur yordamida mahsulot modelini yaratiladi. So’ngra qabul qilingan barcha parametrlar uskuna dasturiga yuklanadi, natijada uskuna dasturda ko’rsatilganidek mahsulot ishlab chiqaradi. Maxsus kesuvchi iplarni boshqarish dasturlar yordamida kesish amalga oshiriladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda kompyuterda tasvirni uch o’lchovli ko’rish ya`ni chizmalarni yaratishda CorelDRAW kabi grafik muharrir bilan ishlashni o’rganishingiz kerak bo’ladi.

Uskunadan g’ildiraklar bilan jihozlangan. Bu o’z navbatida foydalanish vaqtida o’zingiz istagan joyga ko’chirish imkoniyatini beradi.

Loyiha EPS dekorativ 3D panellari ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lsada, bu uskuna yordamida boshqa turdagi mahsulotlar xam ishlab chiqarish mumkin.

Model Ish stoli Quvvati Hajmi Vazni Narxi
NF1415 1450*1370*1280mm 1000 V 2000*1500*750mm 200 kg $6000
NF1422 2150*1370*1280mm 1000 V 2700*1500*750mm 250kg $6600
NF1430 3050*1370*1280mm 1000 V 3700*1500*750mm 320 kg $9100
NF2030 3050*2100*1600mm 1000 V 3700*2250*750mm 350kg $11 100
NF3030 3050*3000*1600mm 1000 V 3820*1180*1000mm 370kg $12 000
NF4040 4050*4000*1600mm 1000 V 4820*1180*1000mm 400kg $12 600
NF5050 5050*5000*1600mm 1000 V 5820*1180*1000mm 450kg $13 000

 

 

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “EPS dekorativ mahsulotlar ishlab chiqarish uskunasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish