AFEX
Qurilish uskunalariTovar kodi: 619cc069c19574651772d3e8

EPS dekorativ mahsulotlar ishlab chiqarish uskunasi

Uzoq asrlar davomida arxitektura, madaniyatning bir qismi bo'lib kelgan.

Individual taklif
Model
Ish stoli
NF1415
1450*1370*1280mm
NF1422
2150*1370*1280mm
NF1430
3050*1370*1280mm
NF2030
3050*2100*1600mm
NF3030
3050*3000*1600mm
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Uzoq asrlar davomida arxitektura, madaniyatning bir qismi bo'lib kelgan. Har qanday binoning birinchi taassuroti tashqi ko'rinishiga qarab yaratiladi. Fasadning shakllanishida juda uzoq tarixga ega bo'lgan me'moriy relyef bezakridan, qadimgi sivilizatsiyalar davridan beri asrlar davomida foydalanib kelinmoqda. Uzoq asrlar davomida me'morlar toshlar, marmar, gips kabi qattiq qorishmalardan faydalannib faqat saroylar, qal'alar va muzeylarni bezatgan bo'lsa, endi hatto aholi uylari kengaytirilgan polistirol (EPS) kabi yangi materiallar tufayli hashamdor bezaklardan foydalanish yanada arzonlashdi.

''AFEX-GROUP''- Kichik biznes faoliyati bilan tadbirkorlikni boshlamoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun EPS mahsulotidan, dekorativ 3D panellar ishlab chiqarish loyihasi va uskunalarni taklif etadi. Ushbu soha yurtimizda endi rivojlanayotgan sohalar qatoriga kiradi. EPS dekorativ 3D panellari ishlab chiqarish - Binolarning ichki va fasad qismlarini, milliy va Yevropa klassik dizaynlari asosida panellar ishlab chiqarish loyihasiga qaratilgan biznes faoliyatidir. Yurtimizda ushbu mahsulotlarga bo'lgan talab sezilarli darajada o`sib kelmoqda. Bunga sabab quyidagi omillarni ko'rishingiz mumkin. 3D dekoratsiya afzalliklari: *Arzonligi *Uzoq muddatga bardoshliligi *Tez va oson ishlab chiqarish *Oson o'rnatilishi *Mijoz talabini oson amalga oshirish mumkinligi 3D dekoratsiyalarni yuza qismini kvars qumi, sement va plita kley yoki oq sement,plita kley va marmar qum kabi qo'shilgan qorishmalardan foydalanib qoplash mumkin. Yopishtirish ishlari uchun rodbond yoki plita kleydan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Kerakli xom ashyolar:

Kengaytirilgan polistirol (EPS) Kvars qumi Sement Ushbu xom ashyolar arzon va faoliyatingizni davom ettirishda mahalliy xom ashyolar bo'lganligi sababli muammo tug'dirmaydi.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

Kerakli maydon; 25 m² dan kam bo'lmasligi kerak. Elektr energiya; 1,5 KW/220 V. Ishchilar soni; 1-2 kishi. Ushbu faoliyat uchun kompyuter qurilmasi xam talab etiladi. Uskuna mahsulotlarni ishlab chiqarishda CNC (kompyuterli raqamli boshqaruv) boshqaruvi yordamida amalga oshiradi. Uskunada ishlashni o'rganish qiyin emas. Asosiysi, kerakli shakllarni mukammal aniqlikda kesib olishni o'rganish. Lekin sizdan professionallik talab etiladi. Sababi ko'plab mijozga ega bo'lish va raqobatlashish uchun dizaynerlik mahoratiga ega bo'lishingiz kerak. Ushbu uskunada siz o'zingizda tayyor mavjud yoki mijozning xohishidan kelib chiqib, kompyuterda maxsus dastur yordamida mahsulot modelini yaratiladi. So'ngra qabul qilingan barcha parametrlar uskuna dasturiga yuklanadi, natijada uskuna dasturda ko'rsatilganidek mahsulot ishlab chiqaradi. Maxsus kesuvchi iplarni boshqarish dasturlar yordamida kesish amalga oshiriladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda kompyuterda tasvirni uch o'lchovli ko'rish ya`ni chizmalarni yaratishda CorelDRAW kabi grafik muharrir bilan ishlashni o'rganishingiz kerak bo'ladi. Uskunadan g'ildiraklar bilan jihozlangan. Bu o'z navbatida foydalanish vaqtida o'zingiz istagan joyga ko'chirish imkoniyatini beradi. Loyiha EPS dekorativ 3D panellari ishlab chiqarishga qaratilgan bo'lsada, bu uskuna yordamida boshqa turdagi mahsulotlar xam ishlab chiqarish mumkin.
01

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

8 parametr
Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:
Model
Ish stoli
NF1415
1450*1370*1280mm
NF1422
2150*1370*1280mm
NF1430
3050*1370*1280mm
NF2030
3050*2100*1600mm
NF3030
3050*3000*1600mm
NF4040
4050*4000*1600mm
NF5050
5050*5000*1600mm
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaEPS dekorativ mahsulotlar ishlab chiqarish uskunasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Texnik xususiyatlar

Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

8 parametr
Model
Ish stoli
NF1415
1450*1370*1280mm
NF1422
2150*1370*1280mm
NF1430
3050*1370*1280mm
NF2030
3050*2100*1600mm
NF3030
3050*3000*1600mm
NF4040
4050*4000*1600mm
NF5050
5050*5000*1600mm

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish