Umumiy ma`lumotlar
- Ishlab chiqarish nomi: Belkurak ishlab chiqarish
- Ishlab chiqarish hajmi: 40ta/soat o`rtacha (o`lchamlarga bog`liq)
- Ishlab chiqarish quvvati: 40kw/soat
- Kerakli maydon: 60 metr kvadrat
- Maxsus talablar: Suv va changdan himoyalanganligi, o`rnatish manzilida 380V kuchlanishli elektr toki mavjud bo`lishi
- Ishchilar soni: 2ta
Uskunalar to`plami
Komplekt to`plamga quyidagi uskunalar kiradi:
- Avtomatik press uskunasi
- Maxsus qoliplar
- Yog`ochni dumaloq qilib berish uskunasi
- Dastakni sayqallash uskunasi
- Dastakni oval qilib berish uskunasi
Avtomatik press uskunasi
Demak, bizga eng birinchi o`rinda kerak bo`ladigan uskuna- bu avtomatik presslab berish uskunasi. Uskuna yordamida siz maxsus kesib olingan metall qismlarini qoliplar yordamida turli xil shakllarga keltirishingiz mumkin. Shu o`rinda bir ma`lumotga e`tibor qaratish lozim. Uskunada 3 xil qolipni ishlatish mumkin.
Avtomatik presslash uskunasi | |
Nominal bosim | 1600KN |
Maks gidravlik bosim | 25mpa |
Ish stoli o’lchami | 720*620mm |
Asosiy quvvati | 11kw |
Uskuna o’lchamlari | 2800*1500*3400mm |
Birinchi qolipning vazifasi- to`rtburchak metallardan belkurak qismini kesib olish. Kesib olingandan so`ng metall quyidagi ko`rinishga keladi.
Ikkinchi qolip yordamida endi biz kesib olingan metallarni bukib olamiz.
Uchinchi qolip yordamida metall qismning dastak kirish uchi mahkamlanadi.
Shu bilan belkuragimizning metall qismi tayyor holatga keldi. E`tibor bergan bo`lsangiz ishlab chiqarish jarayonida biz bitta press uskunadan foydalandik, faqatgina qoliplarni almashtirdik. Agarda ishlab chiqarish hajmini oshirishni istasangiz 3ta qolip uchun 3ta press uskuna olganingiz ma`qul.
Quyidagi chizmalarda siz turli xil shakldagi belkuraklar ishlab chiqaris uchun chizmalarni ko`rishingiz mumkin.
Yog`ochni dumaloq qilib berish uskunasi
Demak, bizga yog`ochga ishlov berish uchun eng birinchi navbatda yuqoridagi uskuna kerak bo`ladi. Ushbu uskunaning vazifasi to`rtburchak shaklidagi yog`ochlarni bizga kerakli bo`lgan diametrlarga keltirib berishdan iborat. Keling uskunaning texnik ko`rsatkichlarini ko`rib chiqsak:
Yog’ochni dumaloq qilib berish uskunasi | |
Kuchlanish | 380V50Hz |
Asosiy motor quvvati | 4kw |
Qo’shimcha motor quvvati | 0,75kw |
Pichoqlar soni | 2 ta |
Ishlab chiqarish tezligi | 5m/min |
Yog’och diametric | 20-60mm |
Min yog’och uzunligi | 500mm |
Uskuna o’lchamlari | 1470*590*1000mm |
Og’irligi | 520kg |
Ishlab chiqarish jarayonidan lavhalar quyidagi videoda ko`rishingiz mumkin:
Dastakni sayqallash uskunasi
Navbatdagi bosqichda esa biz dastaklarni ustki qismiga ishlov beramiz, ya`ni sayqallaymiz. Sayqallash yordamida biz dastaklarimizga chiroy beramiz, ularni ushlash uchun oson qilamiz va har-xil jarohatlarning oldini olgan hisoblanamiz (zirapchlarni olib tashlaydi). Ishlab chiqarish jarayonidan lavha
Sayqallash uskunasi | |
Kuchlanish | 380V50Hz |
Asosiy motor quvvati | 2,2kw |
Qo’shimcha motor quvvati | 0,44kw |
Ishlash tezligi | 5-10m/min |
Silliqlash diametric | 10-60m/min |
Umumiy o’lchamlari | 800*700*1350mm |
Og’irligi | 210kg |
Dastak uchini oval shaklga keltirish uskunasi
Belkuragimiz bilan ishlash qulay bo`lishi uchun va ishlagan paytda qo`lga zarar, noqulayliklar tug`dirmasligi maqsadida belkurak dastaklarini oval shakliga keltirishimiz lozim. Oval shaklga keltirish uchun ham alohida uskuna talab qilinadi.
Oval qilib berish uskunasi | |
Ishlash diametr oralig’i | 20-40mm |
Shpindel tezligi | 5000r/min |
Motor quvvati | 1,5kw |
Umumiy o’lchamlari | 720*560*820mm |
Sof og’irligi | 130kg |
Ilhom Farmonov –
AFEX groupga gap bo‘lishi mumkin emas ??????
Ilhom Farmonov –