Antifiriz ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Ishlab chiqarish turi: To`liq avtomat Ishlab chiqarish hajmi: 8-10 tonna Ishchilar soni: 3-4 ta/smena Zavod umumiy quvvati: 30 kw/soat Kerakli xom-ashyolar: etilen glikol / propilen glikol

39,200$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Ishlab chiqarish jarayoni:

Suvni filtrlab olish – barcha xom-ashyolarni aralashtirish – aralashmani qaynatish – mahsulotni qadoqlash – sotuvga tayyor

Ishlab chiqarish uskunalar ro`yxati:

1. Suvni qayta ishlash uskunalar to`plami 2 T/soat

2. Emultsion reactor uskunasi

3. Avtomatik to`rt boshli to`ldirish-qadoqlash uskunasi

4. Avtomatik qopqoq yopib berish uskunasi

5. Avtomatik sana qo`yish printeri

6. Avtomatik yopish uskunasi

7. To`plam qilib qadoqlash uskunasi

Demak endi uskunalarning to`liq xarakteristikalari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.

Suvni tozalash uskunalari

Demak, eng birinchi bosqichni antifriz uchun kerak bo`ladigan suvni tozalab olishdan boshlaymiz. Albatta, sifatli toza suv yuqori sifatli antifriz ishlab chiqarishga yordam beradi. Buning uchun bizga suv filtrlar va distillash uskunalari kerak bo`ladi. Quyidagi rasmda barcha uskunalarni ko`rishingiz mumkin. O`ngda ikki xil filtr, tarozi, teskari osmosli filtr va suv tanker. Suvni tozalash uskunalarining barchasi shu rasmda aks topgan.

Kvarts qumli filtr

Ushbu filtr suv tarkibidagi ortiqcha organik moddalar va qattiq qorishmalar (qum-tosh)ni ushlab qolish uchun mo`ljallangan.

Filtr
Diametri F400mm
Balandligi 1400mm
Sig’imi 2m3/soat
Ishlash bosimi 0,6Mpa
Material SUS304

 

Aktiv ko’mirli filtr

Toza suv tarkibidan organik moddalar, xlor ionlari va xromni olib tashlab tozalab beradi. Bu filtr, asosan, kimyoviy moddalarni ushlab qolish uchun mo`ljallangan.

Aktiv ko’mirli filtr
Diametri F400mm
Balandligi 1400mm
Sig’imi 2m3/soat
Ishlash bosimi 0,6Mpa
Material SUS304

Emultsion reaktor 4ta

Emultsion reaktorning vazifasi barcha xom-ashyo va suvni ma`lum bir darajada ushlab turib, aralashtirib berishdan iborat. Uskuna vakuum holatda ishlagani tufayli yuqori kuchlanish va bosimni talab qiladi. Barcha qismlari zanglamas metall SUS 304 dan yasalgan.

Emultsion reaktor
Balandligi 3 m
Qalinligi 3mm
Elektr isitish quvvati 3000w
Qizitish plitalari 3 dona 6000w/dona

Avtomatik to’rt boshli to’ldirish uskunasi

Uskuna to`liq avtomatlashtirilgan bo`lib, hech qanday inson omili qatnashmaydi. Idishlar maxsus konveyor asosida uskunaga yo`naltiriladi. Uskunada 4 ta quyish liniyasi bo`lganligi tufayli ishlab chiqarish tezligi oshadi. PLC ekran orqali ishlab chiqarish jarayonini osongina boshqarish mumkin.

Avtomatik to’rt boshli to’ldirish uskunasi
Kuchlanish 380V50Hz
Umumiy quvvati 1,1KW
Og’irligi 1,1T
Umumiy o’lchamlari 2000*870*1900mm
To’ldirish oralig’i 50-5000ml
To’ldirish aniqligi ±1.5ml/500ml
Bosimi 0,6-0,6MPa

Qopqoq yopish uskunasi

Navbatdagi uskuna idishlarning qopqog`ini yopib beradi. Bir vaqtning o`zida 4ta idish bilan ishlay oladi. Katta hajmli idishlar bilan ham ishlay oladi.

Qopqoq yopish uskunasi
Qopqoq yopish qismi 4 ta
Tezligi 1500 ta/soat
Idish balandligi 120-320mm
Idish diametric F50-F100mm
Qopqoq diametric F22-F32mm
Ishlash quvvati 0,75kw
O’lchamlari 1200*1000*2100mm

Lazerli markirovka uskunasi

Qopqoq yopilgandan so`ng konveyor idishlarni avtomatik ravishda keying uskunaga – lazerli markirovkaga yetkaziladi. Uskuna balandligi 1 sm dan baland yozuvlarni ham idish yuzasiga tushirib berishi mumkin.

Lazerli markirovka uskunasi
Tezligi 75m/min
Chop etish balandligi 12,7mm
Aniqliligi 600DPI
Ishlatish materiallari Metall,plstik,aluminiy,karton
Kuchlanish 220V
Quvvati 50W

 

Yorliq yopishtirish uskunasi

Yuqoridagi uskuna esa plastik va boshqa turdagi idishlar yuzasiga maxsus tayyorlangan yorliqlar (etiketkalar)ni yopishtirib beradi.

Yorliq yopishtirish uskunasi
Kuchlanish 220V 50Hz
Quvvati 3000W
Tezligi 0-210 ta/minut
Material Zanglamas metal
Umumiy o’lchamlari 1650*630*980mm

To’plam qilib qadoqlash uskunasi

Uskunaning vazifasi qutilarni qadoqlab berishdan iborat, ya`ni ularni ochiq qismini yopib beradi.

To’plam qilib qadoqlash uskunasi
Kuchlanish 220V 50Hz
Quvvati 180W
Rement kengligi 48-60mm
O’lchamlari 1000*960*1400mm
Tezligi 18m/min

Qadoqlash o`lchamlari: Uzunligi 150-500 mm Kengligi 150-500 mm Balandligi 120-500 mm

 

Narxlar
Suvni qayta ishlash uskunalari $10 900
Emultsion reactor $1 325×4=$5300
To’ldirish uskunalari $6 300
Qopqoq yopish uskunasi $5 500
Lazerli markirovka uskunasi $1 600
Yorliq yopishtirish uskunasi $4 300
Qadoqlash uskunasi $5 300
Jami: $39 200

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Antifiriz ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish