To'quv uskunalari
Barcha 5 natija
-
Omborda mavjud uskunalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027
Omborda mavjud uskunalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoatKompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027
Vaqt o’tishi bilan qo’l mehnatini o’rnini robotlar va aqlli uskunalar egallamoqda. Hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan yangiliklardan yana biri avtomatik qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasida 250 dan ortiq dizaynlar joylangan bo’lib, tayyor dizaynlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskunaga kompyuter orqali o’zingiz xoxlagan boshqa turdagi dizaynlarni ham flesh xotira yordamida kiritish ham mumkin. Uskuna yordamida yozgi va qishki ko’rpalar qavishingiz mumkin. Siz ushbu biznesni boshlashingiz uchun qo’shimcha 2 xil uskuna lozim bo’ladi. Eng qizig’i uskuna ishlab chiqargan ko’rpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sirasiga kiradi. Sababi qishda sovuq ob havo sababli talab yuqori bo’ladi, yoz mavsumi hammamizga ma’lum yurtimizda to’ylar mavsumi hamdir. Shu sababli to’y uchun sarpoga eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi. Shunday ekan ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi xizmat qilishiga ishonamiz.
SKU: n/a -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Sochiq ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizda ishlab chiqariladigan tekstil mahsulotlari ichida yuqori eksport ko’rsatgichiga ega mahsulot sochiqlar hisoblanadi. Vodiy ahli bu borada boshqa hududlarimizga nisbatan ancha ilgarilab ketgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sochiq ishlab chiqarishda boshqa davlatlarga qaraganda bizning mahsulotlarimizga chet elda talab yuqori. Bunga asosiy sabab bizning sochiqlarimiz 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan bo’lib o’zidan allergik toksidlar va zararli moddalardan holidir. Sochiq ishlab chiqarish biznesini sizga AFEX-GROUP kompaniyasi yuqori likvidli tovar bo’lganligi, xomashyo yurtimizda mavjudligi va eng muhimi kompaniyamiz Xitoyning 20 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat yuritayotgan zavod bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yganligidir. Sochiqlar kundalik hayotimizda eng ko’p ishlatiladigan va tez tez almashtiriladigan mahsulot hisoblanadi. O’zini ozodaligiga e’tiborli kishilar xonadonlarida har bir farzand va ota onalar uchun alohida 3-4 tadan sochiqlar bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan yurtimizga Turkiya va Xitoy davlatlaridan ham sochiqlar import bo’lib kelmoqda. Bu shundan dalolatki ushbu biznes kelajakda yanada gullab yashnaydi. Yurtmizda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yiliga o’nlab yangi mehmonxonalar qad rostlamoqda, ushbu mehmonxonalar uchun ham katta hajmda sochiqlarga va gigiyenik vositalarga yuqori talab bo’ladi. Shuni hisobga olgan holda hozir ushbu biznesni ochish siz uchun ayni payti ekanligini eslatmoqchimiz.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015
Tayyor liniyalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoatTibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015
Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “AFEX-GROUP” LLC doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.
SKU: AF-L015 -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
To’quv (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar) ishlab chiqarish liniyasi AF-L023
To'quv uskunalari, Yengil sanoatTo’quv (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar) ishlab chiqarish liniyasi AF-L023
Bugungi kunda O’zbekistonda yengil sanoat milliy iqtisodiyotning strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, samarali boshqarish bilan birga yuqori samarali, zamonaviy asbob-uskunalar foydalanish, sanoat ishlab chiqarish sanoati korxonalari yuksak mehnat unumdorligini, o’sishini ta’minlaydi. Respublikamiz uzoq vaqt faqat paxta tolasi eksport qilish bilangina cheklangan edi, hozir nafaqat paxta tolasi yetkazib beruvchi sifatida, balki to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa, tayyor mahsulot eksportchisi sifatida global to’qimachilik bozorining yetakchi o’rnini olish uchun cheksiz imkoniyatlar bor. Bugungi kunda respublikamiz hududida to’qilgan mahsulotlarga ichki bozorda ham talab juda yuqori. Shunday ekan so’nggi yillarda yurtimiz hududiga chetdan (Turkiya, Xitoy, Rossiya) to’qilgan mahsulotlar importi oshganligini ko’rishimiz mumkin. Buning asl sababi sifatida biz yurtimiz tadbirkorlari orasida ushbu soha keng tarqalmaganligida deb bildik. AFEX-GROUP kompaniyasi siz azizlarga hozirda juda serdaromad sohalardan biri bo’lgan tayyor mahsulot to’quvchi uskunalar e’tiboringizga havola etishdan mamnunmiz. Siz tadbirkorligingizni boshlash uchun talab etiladigan ba’zi kuzatishlar bor.
SKU: AF-L023 -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari AF-L020
Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o’rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo’lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o’zining bir qator yengilliklari bilan o’zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.
SKU: AF-L020