Qurilish uskunalari
Jami 39 natijadan 1–15
-
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Asbest shifer panellari ishlab chiqarish liniyasi
Bino qurilganda uning tepa qismi ya’ni tomi ham juda katta ahamiyatga aga, sababi u imoratni tashqi ta’sirlardan saqlovchi soyabon vazifasini bajaradi. Yurtimiz bozorlarida turli materiallardan tayyorlangan tom turlariga ko’zingiz tushadi. Ularning ichida eng ko’p kuzatiladigani esa Asbest sementdan tayyorlangan shiferlardir. E’tibor berganmisiz, bu shiferlar doim bo’lgan va foydalanishdan to’xtatilmagan. Buning o’ziga yarasha sabablari bor va shu xususiyatlari tufayli ham Asbest Shiferlar doim iste’molda bo’ladi va eng talabgir qurilish materiali sifatida qoladi. “AFEX Group” kompaniyasi esa sizlarga aynan shunday ASEBEST SHIFERLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI ni taqdim etadi. Ushbu mahsulotning nima sababdan haligacha xaridorgir ekanligini bilasizmi? Chunki:
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Asfalt ishlab chiqarish zavodi
Qurilishlar va inshootlar har bir davlatning kuch-qudratining ramzidir. Binolar va yo`llarning mukammalligi va sifatliligi yurt obro`siga katta hissa qo`shadi. Yurtimizda so`nggi yillarda ushbu sohada ham sekin-asta ijobiy o`zgarishlar sodir bo`lmoqda.
Yurtimizdagi eng asosiy muammolardan biri bu aksar yo`llarning sifat standartlariga javob bermasligidir. Bunga turli xil omillarni sabab qilib ko`rsatish mumkin. Bizning kompaniyamiz esa siz aziz mijozlarga asosiy qurilish mahsulotlaridan biri bo`lgan-asfalt ishlab chiqarish uchun mini zavodni taklif qiladi. Ushbu zavod orqali sifatli va hamyonbop mahsulot ishlab chiqara olasiz degan umiddamiz.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
Beton blok (shlakablok) ishlab chiqarish kichik liniyasi
Shlakablok eng mashhur qurilish materiallaridan biridir. Undan nafaqat uylar qurish, balki ishonchli to’siq va devorlar qurishda ham foydalaniladi. Shlakablok o’zini eng amaliy, ishonchli va mustahkam materiallardan biri sifatida ko’rsatgan qurilish materialidir. Shlakablok o’lchami kattaligi tufayli (ayniqsa, oddiy g’isht bilan solishtirganda) ma’lum bir bino va inshoatlarni qurish vaqtini sezilarli darajada tezlatadi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
Beton blok (shlakablok) ishlab chiqarish liniyasi
Shlakablok eng mashhur qurilish materiallaridan biridir. Undan nafaqat uylar qurish, balki ishonchli to’siq va devorlar qurishda ham foydalaniladi. Shlakablok o’zini eng amaliy, ishonchli va mustahkam materiallardan biri sifatida ko’rsatgan qurilish materialidir. Shlakablok o’lchami kattaligi tufayli (ayniqsa, oddiy g’isht bilan solishtirganda) ma’lum bir bino va inshoatlarni qurish vaqtini sezilarli darajada tezlatadi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Dekorativ metall sayding ishlab chiqarish uskunasi
Qurilish sohasida tannarxni tushirish va zamonaviy dizayn va qurilish tezligiga keskin o’zgarish bilan kirib kelgan yangi mahsulotlardan biri bu dekorativ tashqi fasad saydinglaridir. Sayding ishlab chiqarish biznesi hozirda rivojlangan mamlakatlarda ham anchagina serdaromad soha hisoblanadi. Metall saydinglar ishlab chiqarish shuni ta’kidlash kerakki, uyni shu tarzda dekoratsiyalash binolarni tugatish uchun juda ko’p qo’llanilayotgan byudjet variantidir. Qoida tariqasida, bunday materiallarning sharhlari ko’pincha ijobiydir va arzonligi, hatto bunday ish uchun byudjeti cheklangan odamlar uchun ham ajoyib yechim bo’ladi.
SKU: n/a -
Chop etish uskunalari, Qurilish uskunalari
Devor bo’yoqlari uchun rang hosil qilish uskunasi
Ushbu uskunalar suvga asoslangan emulsiya (водоэмульсия) va rangli bo’yoqni (koler) qancha miqdorda aralashtirishni anqilash uchun foydalaniladi. Uskuna yordamida bo’yoq uchun barcha turdagi rang hosil qilish mumkin. Uskunada hosil bo’lgan bo’yoqlar aniq va bir hil rangda chiqadi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Emulsion bo’yoq ishlab chiqarish uskunasi
Bo’yoqlar bugungi qurilish sanoatining ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan!
Bo’yoq tushunchasi sanoat va kundalik hayotda ishlatiladigan
Barcha bo’yoqlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
- Mineral (metall oksidlari yoki noorganik tuzlar);
- Organik (o’simlik yoki hayvonot manbalaridan kelib chiqqan moddalar).
Ikkala toifada ham sun’iy (sintetik) va tabiiy (tabiiy) turlari bo’lishi mumkin.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
EPS dekorativ mahsulotlar ishlab chiqarish uskunasi
Uzoq asrlar davomida arxitektura, madaniyatning bir qismi bo’lib kelgan. Har qanday binoning birinchi taassuroti tashqi ko’rinishiga qarab yaratiladi. Fasadning shakllanishida juda uzoq tarixga ega bo’lgan me’moriy relyef bezakridan, qadimgi sivilizatsiyalar davridan beri asrlar davomida foydalanib kelinmoqda. Uzoq asrlar davomida me’morlar toshlar, marmar, gips kabi qattiq qorishmalardan faydalannib faqat saroylar, qal’alar va muzeylarni bezatgan bo’lsa, endi hatto aholi uylari kengaytirilgan polistirol (EPS) kabi yangi materiallar tufayli hashamdor bezaklardan foydalanish yanada arzonlashdi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
G’ildirakli blok ishlab chiqarish uskunasi
G’ildirakli blok ishlab chiqarish uskunasi to’g’ridan-to’g’ri qurilish maydonchalarida yuqori sifatli bloklarni ishlab chiqarish uchun ko’p qirrali, tejamkor va samarali echim taklif qiladi, bu moslashuvchanlik, xarajatlarni tejash va operatsion samaradorlik nuqtai nazaridan sezilarli afzalliklarni beradi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
Izolatsion XPS panellar ishlab chiqarish liniyasi
AFEX-GROUP kompaniyasi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish liniyalarini taqdim etishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish liniyasi uskunalari yordamida tadbirkorlar xps ko`pikli penoplastlarni ishlab chiqarishlari mumkin. Quyida ushbu uskunalarning umumiy ma`lumotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
Izolyatsiya uchun ko’pirtirilgan polietelen trubalar ishlab chiqarish liniyasi
Izolyatsiya uchun ko’pirtirilgan polietelen trubalar isitish tizimlari, issiq va sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari uchun ajoyib izolyatsiya vositasi hisoblanadi.
Quvur devori qalinligi: 15 mm. Ichki diametri: 6 mm dan 86 mm gacha bo’ladi. Material namlikka chidamli, fizik va kimyoviy xossalarini saqlaydi, mog’orlanmaydi, chirimaydi, moy va benzinga chidamli, egiluvchan va yengil, o’rnatish va yopishtirish oson.
SKU: n/a