Mintaqada 1-RAQAMLI
Uskunalar savdo platformasi
Haftada eng ko'p sotilgan
-
Qayta ishlash, Pet, Tayyor liniyalar
PET idish va polistiroldan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi
Rated 5.00 out of 5(2)Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
SKU: AF-L004 -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarSamorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
0 out of 5(0)Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
SKU: AF-L008
- Tayyor liniyalar
- Katta loyihalar
- Maxsus texnika
- Metallga ishlov berish
- Yog’ moy uskunalari
- Oziq ovqat
- Yengil sanoat
- Avtoservis uskunalari
- Qurilish uskunalari
- Yog’ochga ishlov berish
- Chop etish uskunalari
- Qog`ozni qayta ishlash
- Plastikni qayta ishlash
- Tibbiyot uskunalari
- To’quv uskunalari
- Qayta ishlash
- Labaratoriya uskunalari
- Lazer uskunalari
- Oyna va rom uchun uskunalar
- Qishloq xo’jaligi
- Xizmat ko`rsatish
- Boshqa uskunalar
- Qadoqlash
- Omborda mavjud uskunalar
- Video biznes loyihalar
- Yuk holatini tekshirish
- Mualliflik huquqlari
Hafta uskunalari
-
Qurilish uskunalari
Suvoq purkash uskunasi AF-KLW120
0 out of 5(0)AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga shtukaturka ishlarida kam vaqt va mehnat sarflab yuqori samaradorlikka erishish uchun suvoq purkash uskunalarini taklif etadi. Bunday uskunalar sizga qurilish ishlarida juda as qotadi. Ushbu turdagi uskunalar dizel va elektr tokida ishlash uchun mo’ljallangan.
SKU: AF-KLW120 -
Metallga ishlov berish
Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi AF-B006
0 out of 5(0)Uy bekalarimizning xo’jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi. Chunki mochalkali gubkalar ketkaza olmagan idishlarimizdagi kirlarni tozalashda metall gubkalar bizga yordamga keladi va idishlarimizning toza yuvilishida bunday turdagi gubkalarning xizmati beqiyosdir. Metall gubkalar yordamida qozonlar, choynaklar, tova (skovorodka)lar, metall kastryullar, gaz plitalar, elektr plitalar, rakovinalar, grill, steyk pishiradigan uskunalar, sixlar va boshqa shu turdagi metalldan yasalgan idishlardagi ketishi qiyin bo’lgan kirlarni osonlik bilan ketkazish mumkin.
Zamonaviy davrimizning eng foydali ixtirolaridan biri hisoblangan bunday gubkalar metalldan yasalgan bo’lib, juda ham mustahkam hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek, tozalash qiyin bo’lgan idishlarni chinnidek qilib tozalashda bizga yaqindan yordam beradi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari
Kabellarni himoyalovchi gofra shlang ishlab chiqarish liniyasi AF-L021
0 out of 5(0)Barchamizga ma’lumki, arxitektorlar va quruvchilar uy-joylar, turli xildagi bino va inshootlarning qurilishida eng birinchi navbatda asosiy e’tiborni binolarning har tomonlama xavfsiz bo’lishiga qaratadi. Hozirgi kunda binolarni ekeltro-montaj qilish ishlarida kabellarni himoyalovchi gofra shlanglardan keng miqyosda foydalanilmoqda. Chunki bunday turdagi gofralar yong’in xavfsizligidan himoya qilishda, elektr tarmog`idagi qisqa tutashuvlarni oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. PVX dan yasalgan bunday gofra shlanglar elastik va egiluvchan xususiyatga ega bo’lib montaj ishlarida hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Shuning uchun ham bu turdagi gofralarga talab yuqori hisoblanadi. “AFEX-GROUP” jamoasi e’tiboringizga kabellarni himoyalovchi gofra shlanglarni ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.
Ushbu liniya orqali siz 16, 20, 25 va 32 mm o’lchamdagi gofra shlanglar ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi. Liniyani joylashtirish uchun sizga eng kamida 10×3 metr o’lchamdagi, 3 fazali elektri toki o’tkazilgan xona kerak bo’ladi.
Kabellarni himoyalovchi gofra shlanglar ishlab chiqarish liniyasi quyidagi uskunalardan tashkil topgan.
SKU: AF-L021 -
Xizmat ko`rsatish
Yengil va yuk avtomobil motor bloklarini yangilash uskunasi AF-B005
0 out of 5(0)Zamonamiz rivojlangani sayin insonlar hayotini yengillashtiruvchi ko’plab qurilmalar ixtiro qilindi. Shulardan eng ommaboplaridan biri bu avtomobillardir. Ular yer yuzida harakat qiluvchi eng ko’p tarqalgan texnikadir. Yurtimizda ham bir biridan ajoyib ko’zni quvontiradigan yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish toboro o’sib bormoqda. Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Tracker, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.
YILLIK ISHLAB CHIQARISH QUVVATI:
«GM Uzbekistan» AJ, Asaka shahri – 250 ming avtomobil.
«GM Uzbekistan» AJ filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil;
«GM Uzbekistan» AJ filial, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil;
SKU: AF-B005 -
Yengil sanoat, To'quv uskunalari
Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari AF-L020
0 out of 5(0)Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o’rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo’lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o’zining bir qator yengilliklari bilan o’zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.
SKU: AF-L020 -
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Quyma muzqaymoq ishlab chiqarish uskunasi AF-B004
0 out of 5(0)Ko’pchilik tadbirkorlar uchun quyma muzqaymoq biznesi juda qiziq va serdaromad ko’rinadi. Albatta bu fikr to’g’ri, lekin raqobatchilar ko’p bo’lgan hududda ushbu biznes bilan shug’ullanish uchun nima qilish kerak degan savol hammani o’ylantiradi. Xaridorga tovarni yetqazishda e’tibor berilishi lozim bo’lgan jihatlar mavjud.
- O’z mahsulotingizni yaxshi reklama qila oling
- Savdo nuqtangiz ixcham va mijozlarni o’ziga jalb qilishi lozim.
- Hech qachon narx bo’yicha raqobat qilmang!
- Mijozlaringizga o’zi kutgandan ortiqroq mahsulot berishga harakat qiling.
- Mahsulotingizni boshqa joydan topish mumkin bo’lmasin.
SKU: AF-B004 -
Tayyor liniyalar
Ichimliklar uchun bir martalik naychalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L019
0 out of 5(0)Kundalik hayotimizda har doim ishlatiladigan, talab yuqori bo’lgan bir martalik mahsulotlarni ishlab chiqarish yaxshigina daromad keltirishi barchamizga ma’lum. “AFEX-GROUP” jamoasi e’tiboringizga havola qilayotgan ichimliklar uchun bir martalik naychalar ham talab yuqori mahsulotlar sirasiga kiradi. Bunday naychalardan kafelar, barlar, restoranlar, anyiqsa fast-food tarmoqlari va uy sharoitida ham keng ko’lamda foydalaniladi. Bunday naychalar ayniqsa onajonlarimiz uchun yaxshigina yordamchi hisoblanadi. Chunki bolajonlar uchun sut mahsulotlari va sharbatlarni bunday naychalarda iste’mol qilish ularning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, sut mahsulotlari, sharbatlar va boshqa turdagi ichimliklarni ichishni rad etib xarxasha qilayotgan bolajonlarimizni ko’ndirishda onajonlarimizga har xil rangdagi bejirim, qulay va bolani e’tiborini tortadigan naychalar yordamga keladi.
SKU: AF-L019 -
Yengil sanoat
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
0 out of 5(0)Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.
SKU: AF-L018 -
Oziq ovqat
Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasi AF-L017
Rated 5.00 out of 5(1)Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.
SKU: AF-L017 -
Qog`ozni qayta ishlash
Donalik nam salfetka ishlab chiqarish usukunasi AF-B003
Rated 5.00 out of 5(1)Biznes yaxshi daromad keltirishida ishlab chiqarish turini tanlash juda muhim. Doimiy iste’moldagi mahsulotni ishlab chiqarish esa eng yaxshi tanlov degani. Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri Nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.
SKU: AF-B003 -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashXojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Rated 5.00 out of 5(4)Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.
SKU: AF-L016 -
Tayyor liniyalar, Yengil sanoat, To'quv uskunalari
Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015
Tayyor liniyalar, Yengil sanoat, To'quv uskunalariTibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015
0 out of 5(0)Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “AFEX-GROUP” LLC doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.
SKU: AF-L015 -
Qurilish uskunalari
Ko`pikli blok (penablok) ishlab chiqarish liniyasi AF-L014
Rated 5.00 out of 5(1)Qurilish sanoati rivojlanishi bilan, devor materiallari bozorining katta qismi yengil beton bloklarni to’ldirdi. Bugungi kunda ularning ko’p xillari bor, lekin ularning eng mashhurlari ko’pikli bloklar va gazobloklardir. Ikkalasi ham iste’molchilar bilan juda mashhur. Shu fursatdan foydalanib “AFEX-GROUP” kompaniyasi sizlarga ko’pikli bloklar ishlab chiqarish liniyasini tavsiya etadi. Keling penoblokni boshqa turdagi qurilish g’ishtlari bilan solishtirganda qanday afzalliklarga ega ekanligini ko’rib chiqamiz.
SKU: AF-L014 -
Xizmat ko`rsatish
Gilam yuvish uskunalari (avtomatik hamda yarim avtomat liniya) AF-L013
0 out of 5(0)Ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan davlatlarda xizmat ko’rsatish va servisning davlat iqtisodiyotidagi ulushi 60-70 % ni tashkil qilar ekan. Bugungi kunda yurtimizda ham tadbirkorlik sohalari ichida xizmat ko’rsatish va servis biznesi keng ommalashib, uning iqtisodiyotimizdagi ulushini borgan sari ortib bormoqda. Aholi o`rtasida u yoki bu xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilishi keskin ko`paymoqda. Chunki xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilib biz, eng qimmatli bo’lgan vaqtimizni va ma’lum hajmdagi pulimizni tejab qolish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga xizmat ko`rsatish sohasidagi eng talabgir va daromadli sohalardan biri bo’lgan avtomatik gilam yuvish liniyasini sizga taqdim qiladi. Ma’lumki yurtimizdagi xonadonlarda bir yilda kamida bir marta gilamlar yuviladi. Bitta xonadonda kamida 3-4 va undan ham ko`p gilamlar mavjudligini hisobga olsak biznesni yo’lga qo’yib siz yaxshigina daromadga ega bo’lishingiz mumkin. Gilamlarni xonadonlardan o’zingiz olib ketib, liniya yordamida yaxshilab yuvib, quritib, yuvilgan gilamlarni yana xonadon egalariga yetkazib berish kabi qulayliklarni yo’lga qo’ysangiz mijozlaringiz yanada ko’payishi turgan gap.
SKU: AF-L013 -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L012 -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Mix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarMix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
0 out of 5(0)Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
SKU: AF-L011 -
Omborda mavjud uskunalar, Yengil sanoat
Xo’jalik qo’lqoplari ishlab chiqarish liniyasi AF-L009
Rated 4.00 out of 5(1)Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
SKU: AF-L009 -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashAvtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Rated 5.00 out of 5(29)Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: AF-B002
Showing 1001–1020 of 1038 results

















