Mintaqada 1-RAQAMLI
Uskunalar savdo platformasi
Haftada eng ko'p sotilgan
-
Qayta ishlash, Pet, Tayyor liniyalar
PET idish va polistiroldan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi
Rated 5.00 out of 5(2)Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
SKU: AF-L004 -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarSamorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
0 out of 5(0)Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
SKU: AF-L008
- Tayyor liniyalar
- Katta loyihalar
- Maxsus texnika
- Metallga ishlov berish
- Yog’ moy uskunalari
- Oziq ovqat
- Yengil sanoat
- Avtoservis uskunalari
- Qurilish uskunalari
- Yog’ochga ishlov berish
- Chop etish uskunalari
- Qog`ozni qayta ishlash
- Plastikni qayta ishlash
- Tibbiyot uskunalari
- To’quv uskunalari
- Qayta ishlash
- Labaratoriya uskunalari
- Lazer uskunalari
- Oyna va rom uchun uskunalar
- Qishloq xo’jaligi
- Xizmat ko`rsatish
- Boshqa uskunalar
- Qadoqlash
- Omborda mavjud uskunalar
- Video biznes loyihalar
- Yuk holatini tekshirish
- Mualliflik huquqlari
Hafta uskunalari
-
Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalari
Ekstraksiyalash uskunasi
Rated 5.00 out of 5(1)Yog’ presslash uskunasidan yog’ va kunjara chiqadi. Kunjarada qolgan 5-6% miqdoridagi yog’ni olish uchun ekstraksiyalash uskunasi ishlatiladi. Ekstraksiyalash jarayoni Geksan yoki Etanol 95% li yordamida eritiladi. Mitselladan yog’ qizidirish va vakuum yordamida olinadi. Hosil bo’lgan shrotda 0,5-1% miqdorida yog’ qoladi. Ekstraksiya jarayoni Etil spirti yordamida bajarilgani uchun undan olingan yog’ni rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash orqali iste’mol qilish mumkin. Etil spirti yog’ tarkibidan tez va to’liq uchib ketadi. Uskuna to’liq portlashga qarshi shitlar va matorlar bilan jihozlangan. Ekstraksiyalash uskunasi uchun xaridor tomonidan qilinishi lozim bo’lgan ishlar:
- Erituvchi (Geksan yoi Etanol 95% dan yuqori) saqlash uchun idish va montaj trubalari
- Sovutish uchun suv va kondensatsiyalash uchun sovutish minorasi yoki chiller
- Suv uchun nasos
- Beton konstruksiya va alohida ishlar uchun talab asosida maxsus joy
SKU: n/a -
Yog' moy uskunalari
Chigit mag`zini yanchib berish uskunasi
0 out of 5(0)Chigit mag’zini yanchish uskunasi chigitni maydalab beradi. Bunda chigitdan yog’ ajralib chiqishi osonlashadi. Chigit mag’zi ikkita silliq val orasidan o’tib, yoyib beriladi. Sizga kerakli hajmga qadar siqish imkoniyati mavjud.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalari
Chigitni po`stini (shulxa) va mag`zini ajratib beruvchi 2 bosqichli separator
Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalariChigitni po`stini (shulxa) va mag`zini ajratib beruvchi 2 bosqichli separator
0 out of 5(0)Ushbu uskuna chigit mag’zini 93-97 foizgacha ajratib bera oladi. Bu siz ishlatadigan chigitning tuklilik darjasiga bog’liq. Uskunada 2 ta chiqish joyi bo’lib biridan chigit po’sti ya’ni shulxa hamda 2 chisidan chigit mag’zi chiqadi
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalari
Paxta va kungaboqar yog’i ishlab chiqarish liniyasi (8-10T/sutkasiga xomashyodan)
Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalariPaxta va kungaboqar yog’i ishlab chiqarish liniyasi (8-10T/sutkasiga xomashyodan)
Rated 5.00 out of 5(1)Yurtimizda yog’ ishlab chiqarishni yangi sifat bosqichiga ko’tarish va ishlab chiqaruvchilarni to’liq siklda ishni tashkil etishlarini nazorat qilish maqsadida Prezidentimizning PF-6094 27.10.2020 sonli farmoni e’lon qilindi. Undagi asosiy o’zgarishni quyidagicha:
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish, Yog'ochga ishlov berish
Belkurak (lopatka) ishlab chiqarish liniyasi
Rated 5.00 out of 5(1)Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Xalqimizda bir maqol bor: “Ish quroling soz bo`lsa, mashaqqating oz bo`lur”. Bu maqol naqadar to`g`ri ekanligini butun umrimiz davomida ham ko`rishimiz mumkin. Yurtimizga bahor kirib kelgani tufayli, ushbu faslda xalqimiz tomonidan eng ko`p ishlatiladigan ish qurollaridan biri bo`lgan belkurak (lopatka) ishlab chiqarish to`g`risida sizlarga ma`lumot bermoqchimiz. Quyida siz ishlab chiqarish uchun kerak bo`ladigan uskunalar to`plami, ishlab chiqarish jarayonlaridan lavhalar va belkurakning eskizlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Qadoqlash
Un qadoqlash liniyasi
0 out of 5(0)Ko’pchilik tadbirkorlar shahar sharoitida qilish mumkin bo’lgan bizneslar haqida ko’p so’rashadi. Sizga AFEX-GROUP kompaniyasi yuqori samaradorlikka ega biznes va qishloqlarimizda ham talabgir bo’lib ulgurgan un qadoqlash liniyasini taqdim etishga qaror qildik.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Plastik idishlar ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug`ullanib kelgan. Va hozirda ham yurtimizning eng rivojlangan sohalaridan biri -bu albatta, qishloq xo`jaligi sohasidir. Mirishkor xalqimiz uyda tinch o`tirmaslik uchun, o`z hovlisida ham bog`dorchilik-dehqonchilik bilan shug`ullanadi.
Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz yordamida ham uyda, ham qurilishda ko`p ishlatiladigan mahsulot- paqirlarni ishlab chiqarish mumkin. Uskuna yordamida nafaqat paqirlar, balki ko`plab boshqa turdagi mahsulotlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Non ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)Xalqimiz azal-azaldan nonni ulug`lab kelgan. Non o`zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biridir. Shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, texnologiyalar va rivojlanishlar har bir sohaga kirib kelgan. Quyidagi uskunalarimiz ham aynan, non ishlab chiqarishni rivojlantirishga hissa qo`shadi degan umiddamiz.
SKU: n/a -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Sochiq ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)Yurtimizda ishlab chiqariladigan tekstil mahsulotlari ichida yuqori eksport ko’rsatgichiga ega mahsulot sochiqlar hisoblanadi. Vodiy ahli bu borada boshqa hududlarimizga nisbatan ancha ilgarilab ketgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sochiq ishlab chiqarishda boshqa davlatlarga qaraganda bizning mahsulotlarimizga chet elda talab yuqori. Bunga asosiy sabab bizning sochiqlarimiz 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan bo’lib o’zidan allergik toksidlar va zararli moddalardan holidir. Sochiq ishlab chiqarish biznesini sizga AFEX-GROUP kompaniyasi yuqori likvidli tovar bo’lganligi, xomashyo yurtimizda mavjudligi va eng muhimi kompaniyamiz Xitoyning 20 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat yuritayotgan zavod bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yganligidir. Sochiqlar kundalik hayotimizda eng ko’p ishlatiladigan va tez tez almashtiriladigan mahsulot hisoblanadi. O’zini ozodaligiga e’tiborli kishilar xonadonlarida har bir farzand va ota onalar uchun alohida 3-4 tadan sochiqlar bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan yurtimizga Turkiya va Xitoy davlatlaridan ham sochiqlar import bo’lib kelmoqda. Bu shundan dalolatki ushbu biznes kelajakda yanada gullab yashnaydi. Yurtmizda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yiliga o’nlab yangi mehmonxonalar qad rostlamoqda, ushbu mehmonxonalar uchun ham katta hajmda sochiqlarga va gigiyenik vositalarga yuqori talab bo’ladi. Shuni hisobga olgan holda hozir ushbu biznesni ochish siz uchun ayni payti ekanligini eslatmoqchimiz.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (10-120 donalik)
Rated 5.00 out of 5(1)Biznes yaxshi daromad keltirishida ishlab chiqarish turini tanlash juda muhim. Doimiy iste’moldagi mahsulotni ishlab chiqarish esa eng yaxshi tanlov degani. Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
PPR quvurlar ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)Har bir insonning hayotidagi asosiy orzusi va maqsadi bu, albatta, o`zining shaxsiy uyini qurish bo`lsa kerak. Hashamatli va shinam, zamonaviy va chidamli uy qurish uchun ko`plab qurilish uskunalari va xom-ashyolar kerak bo`ladi. Hozirgi kunda har bir uyning qurilishini plastik trubalarsiz (PPR trubalar) tasavvur qilib bo`lmaydi. Navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz ham, aynan, PPR trubalar haqida bo`ladi. Dastavval, ushbu turdagi trubalarning yutuqlari haqida aytib o`tsak.
SKU: n/a
Showing 781–800 of 1038 results


















