1 / 12Plastik idishlar ishlab chiqarish liniyasi
Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug`ullanib kelgan.
Tavsif
Uskuna haqida
Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug`ullanib kelgan. Va hozirda ham yurtimizning eng rivojlangan sohalaridan biri -bu albatta, qishloq xo`jaligi sohasidir. Mirishkor xalqimiz uyda tinch o`tirmaslik uchun, o`z hovlisida ham bog`dorchilik-dehqonchilik bilan shug`ullanadi. Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz yordamida ham uyda, ham qurilishda ko`p ishlatiladigan mahsulot- paqirlarni ishlab chiqarish mumkin. Uskuna yordamida nafaqat paqirlar, balki ko`plab boshqa turdagi mahsulotlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.
Shu o`rinda bir ma`lumotni ta`kidlab o`tishimiz lozim. Hozirda xalqimiz orasida juda ham keng tarqalib borayotgan paqir turlaridan biri- bu "panda paqir". Bu turdagi paqirlarning o`ziga hos xususiyati shundan iboratki, bu paqirlar juda ham egiluvchan. Yuqori bosim ostida ham sinib ketmaydi. Bukilgandan so`ng ham o`z holiga qaytadi. Buning isbotini quyidagi rasm va videoalardan ham ko`rishingiz mumkin.
Mana yuqorida ko`rib turganingizdek "Panda paqir" juda ham yuqori sifat va chidamlilikka ega. Biz sizga taklif qilmoqchi bo`lgan uskunalarimiz yordamida xuddi shunday mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Bitta uskuna yordamida turli xil o`lchamlardagi mahsulotlarni ishlab chiqara olasiz. Bunda faqatgina uskunaning qolipini o`zgartirish yetarli bo`ladi. Ana endi, ishlab chiqarish liniyasining umumiy ma`lumotlari bilan tanishib chiqsak.
Umumiy ma`lumotlar
- Ishlab chiqarish liniyasining nomi: Paqir ishlab chiqarish liniyasi
- Ishlab chiqarish hajmi: 150ta/soat
- Ishlab chiqarish quvvati: 65kw/soat
- Kerakli xom-ashyolar: HDPE/PP/PE
- Kerakli maydon: 100metr/kvadrat
- Ishchilar soni: 2ta
- Qoliplar soni: 1ta
Termoplast avtomat uskunasi
Ishlab chiqarish liniyamizning eng asosiy uskunasi- bu paqirlarni formalash uskunasi. Ushbu uskunaning narxi ichida bitta qolip kiritilgan. Uskunaning qoliplarini o`zgartirish orqali boshqa o`lchamlar va shakldagi mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Xaridor uskunaga buyurtma berayotgan paytda qoliplar xaridor talabiga binoan maxsus yasattirilib olib kelinadi. Uskuna yordamida soatiga o`rtacha hisobda 150 ta paqir ishlab chiqarishingiz mumkin. Quyidagi jadval yordamida uskunaning to`liq texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Quyidagi jadvalda esa uskunaning qismlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin:
Avtomatik vakuumli yuklash uskunasi
Ushbu uskunamiz ish jarayonining jadalligini va unumdorligini oshiradi. Uskuna yordamida ishning borishini avtomatlashtirishingiz mumkin. Bu uskuna tayyor xom-ashyolarni ekstruder(qolipli formalash) uskunasiga yetkazib beradi, ya`ni alohida bir ishchi xom-ashyoni solib turishi shart emas.
Quritib berish bunkeri
Navbat eritish bunkeri uskunasiga keldi. Ushbu uskunaning vazifasi xom-ashyolarni quritib-eritib asosiy uskunaga yetkazib berishdan iborat.
Mikser
Mikser uskunasi bizga paqirlarimiz uchun ishlatadigan xom-ashyolarga rang qo`shib berish uchun ishlatiladi.
Maydalash uskunasi
Har bir ishda bo`lganidek, paqir ishlab chiqarganimizda ham xom-ashyodan ortiqcha chiqindilar hosil bo`ladi. Uskuna mana shu chiqindilarni maydalab, yana qayta foydalanish uchun tayyor holga keltirib beradi.
Chiller
Uskuna ,albatta, ishlaganda qiziydi va uskunani sovutish uchun sovuq suv va havo kerak bo`ladi. Chillerning ham asosiy vazifasi formalash uskunasi qizib ketishini oldini olishdan iborat.
Ishlab chiqarish liniyamiz mana shu hamma uskunalardan tashkil topgan. Quyidagi video rolikda qolipli formalash uskunasi keltirilgan.

Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Suyuqlik quyish va idish qopqog‘ini mahkamlash uskunasi (chelaklar uchun)

PVX uchun maxsus mikser

Yopishqoq lenta (skotch) ishlab chiqarish linyasi

Sochiq ishlab chiqarish liniyasi

Spunbond sumkalar ishlab chiqarish liniyasi

Antifiriz ishlab chiqarish liniyasi

linoleum ishlab chiqarish liniyasi

Issiqxona plyonkasini ishlab chiqarish liniyasi
Shu uskunalar bilan biznes g‘oyalari
Xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish liniyasiXo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish liniyasi — polipropilen va polietilen granulalarini termoplast avtomatlarda eritib, po‘lat press-qoliplarga bosim ostida quyish orqali chelak, tog‘ora, savat, konteyner va boshqa plastik xo‘jalik buyumlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Uy-ro‘zg‘or, savdo va qishloq xo‘jaligi uchun yengil, mustahkam va rang-barang buyumlar ishlab chiqarish imkonini beradi.Batafsil
Yuqori bosim ostida plastikdan avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish liniyasiYuqori bosim ostida plastikdan avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish liniyasi — katta tonnajli termoplast avtomatlarda polipropilen kompozitlari, ABS va boshqa konstruksion plastiklarni po‘lat press-qoliplarga yuqori bosim ostida quyish orqali bamperlar va kuzov detallarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Avtomobil zavodlari va ehtiyot qismlar bozori uchun aniq o‘lchamli, mustahkam va yengil detallar ishlab chiqarish imkonini beradi.Batafsil
Akril panellar ishlab chiqarish liniyasiAkril panellar ishlab chiqarish liniyasi — polimetilmetakrilat (PMMA) granulasini ekstruderda eritib, yassi filyera va uch valli kalandr orqali silliq, shaffof yoki rangli akril listlar (panellar) shaklida chiqarish uchun mo‘ljallangan. Reklama, interyer, mebel va yoritish sohalari uchun yengil, zarbaga chidamli va oson ishlov beriladigan listlar ishlab chiqarish imkonini beradi.Batafsil