1 / 11Non ishlab chiqarish liniyasi
Xalqimiz azal-azaldan nonni ulug`lab kelgan.
Tavsif
Uskuna haqida
Xalqimiz azal-azaldan nonni ulug`lab kelgan. Non o`zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biridir. Shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, texnologiyalar va rivojlanishlar har bir sohaga kirib kelgan. Quyidagi uskunalarimiz ham aynan, non ishlab chiqarishni rivojlantirishga hissa qo`shadi degan umiddamiz.
Xamir qorish uskunasi
Demak, bizga eng birinchi navbatda xamir qorish uskunasi kerak bo`ladi. Biz sizga yuqorida rasmi keltirilgan xamir qorish uskunalari (mishalka)ni taklif qilishimiz mumkin. Uskunaning texnik ko`rsatkichlari quyidagi rasmda keltirilgan.
Xamir tindirish shkafi
Yurtimizda, odatda, novvoylar xamirni ochiq sharoitda tindirishadi, ya`ni hech qanday uskunalardan foydalanishmaydi. Ushbu uskunamiz esa xamirlaringizni oz fursat ichida yuqori sifatda tindirib berishga qodir. Xamir tindirish jarayoni o’rtacha 25-30 daqiqa vaqt oladi va bu vaqt davomida sizda yana xamir tayyorlab olish uchun vaqt topiladi.
Nonni press-formalash uskunasi
Ishlab chiqarish liniyamizning eng asosiy uskunasiga ham yetib keldik. Uskunaning ishlash prinsipi quyidagicha: uskunaning yuqori qismidan tayyor oshirtirilgan xamir solinadi. Uskunaning o`zi belgilab qo`yilgan og`irlikdagi xamirlarni dumaloq shaklda tashlab beradi. Keyin esa uskunadagi qolipli press xamirlarni yoyib beradi. Shu o`rinda ba`zi bir ma`lumotlarni eslatib o`tish maqsadga muvofiq. Uskuna yordamida turli xil qalinliklardagi nonlarni ishlab chiqara olasiz. Qolipga esa siz o`zingizning brendingizni yoki turli xil ma`lumotlarni (ism, telefon raqam) kiritishingiz mumkin. Bu har bir uskuna individualligini bildiradi. Uskunadagi press qoliplarni o`zgartirish mumkin. Buning uchun ko`p kuch talab etilmaydi.
Shu o`rinda uskunaning bir xususiyatini ham sanab o`tish maqsadga muvofiq:
Uskunaga qo`shimcha to`lov orqali boshqa qismlar qo`shsangiz siz non ichiga boshqa mahsulotlarni ham solishingiz mumkin. Misol uchun go`shtli, yalpizli nonlar tayyorlash mumkin. Yuqorida joylashtirilgan rasmlardagi qismlarning vazifasi shulardan iborat.

Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Amerikancha popkorn ishlab chiqarish uskunasi

Sarimsoq po'stlog'ini tozalash uskunasi

Go'sht va suyakni maydalash uskunasi

Gorizontal tort kesish uskunasi

Vakuumli ikki o‘qli sanoat mikseri

AF-300FY – Elektr isitishli makkajo‘xori qizdirish uskunasi


