Umumiy ma`lumotlar
- Sim qalinligi: 3mm-6mm
- Simlar orasidagi masofa: 50-200mm
- Ishlash samaradorligi: 30-40m/min
- Panjaraning maksimal uzunligi: 30m
- Panjaraning maksimal kengligi: 2m
- Elektrodlar soni: 41ta
- Payvandlash tezligi: 0-80ta/min
- Kuchlanish: 380V 50Hz
- Quvvati: 125KVA
- Payvandlash vaqti: 10ms-1ooms
- Boshqatuv paneli: PLC sensorli ekran
- Liniyaning umumiy o`lchamlari: 5100*2800*1700mm
- Sovutish usuli: suv orqali (5,12m3/soat, 25-30C issiqlikda)
Ishlab chiqarish liniyamiz yordamida qanday temir setkalarni ishlab chiqara olishimizni bilib oldik. Ana endi ishlab chiqarish liniyamiz tarkibida qanday uskunalar borligi bilan ham tanishib chiqsak.
Uskunalar to`plami
- Avtomatik payvandlash uskunasi
- Simlarni yetkazib beruvchi uskuna
- Simlarni to`g`irlab-kesuvchi uskuna
- Simlarni tekislab beruvchi uskuna
- O`rab beruvchi uskuna
- Tayyor mahsulotni kesuvchi uskuna
- Suv bilan sovutish tizimi
Hamma kerakli uskunalar shulardan iborat. Endi ishlab chiqarish jarayonlariga ham o`tsak bo`ladi.
Birinchi bosqich – Simlarni tayyorlab olamiz
Ishlab chiqarishni boshlashdan oldin, avvalambor, xom-ashyolarni bizga kerakli bo`lgan holatga keltirib olishimiz kerak bo`ladi. Simlar rulon holatida bo`ladi. Ishlab chiqarish uchun esa to`g`ri sim kerak bo`ladi. Buning uchun bizga 4 xil uskuna kerak bo`ladi: gorizontal simlarni to`g`irlash uchun 2 xil uskuna, vertikal simlarni to`g`irlash uchun esa yana 2 xil uskuna.
Gorizontal simlar uchun to`g`irlab-kesib beruvchi uskunalar
Simlar dastavval rulon holatida bo`ladi. Bu ikkita uskunaning vazifasi shu rulon holatidagi simlarni tekislash va kerakli uzunlikda kesib berishdan iborat. E`tibor bering: Temir panjaralarimizning maksimal kengligi 2m bo`ladi. Birinchi uskunamiz bu rulon simlarni talab qilingan uzunlikda kesib beradi. Ikkinchi uskuna esa rulon simlarni uskunaga yetkazib berishdan iborat.
To’g’irlab kesib beruvchi uskunalar | |
Sim diametric | 3mm-6mm |
Maksimal kesish uzunligi | 3m |
Asosiy motor | 2,2KW |
Qo’shimcha motor | 0l,75KW |
Ishlab chiqarish hajmi | 30-40m/min |
Vertikal simlar uchun to`g`irlab beruvchi uskunalar
Navbat keyingi uskunalarga keldi. Bu bosqichda esa simlar kesilmaydi. Simlar tayyor rulondan ajratib olinadi va payvandlash uskunasidan oldin tekislanadi. Bu jarayonda ham 2 xil uskunalar qatnashadi: sim yetkazib beruvchi uskuna va to`g`irlab beruvchi uskuna. Uskuna umumiy hisobda 41ta elektrodlardan tashkil topgan.
Ikkinchi bosqich – Simlar payvandlanadi
Ishlab chiqarish jarayonimizning ham eng asosiy bosqichiga yetib keldik. Bu bosqichda tayyorlab olgan simlarimizni vertikal va gorizontal holda birlashtirib payvandlab olamiz. Uskunamiz daqiqasiga 80 marotaba payvandlash quvvatiga ega va 41ta elektroddan iborat. Uskunaning ishlash prinsipi quyidagicha:
Uskunaning yuqori qismiga birinchi bosqichda kesib olgan simlarimizni joylashtirib turamiz. Ikkinchi qismiga esa doimiy simlarni yetkazib beruvchi uskuna bilan ulaymiz. Payvand uskuna shu simlarni gorizontal va vertikal payvandlab beradi. Quyida keltirilgan video orqali ishning borish jarayoni ko`rishingiz mumkin.
Uchinchi bosqich – Simlar rulon qilib o`rab qo`yiladi
Payvandlash bosqichi nihoyasiga yetgandan so`ng, temir panjaralar maxsus kesish uskunasi yordamida kiritilgan uzunlikni o`lchab kesib oladi. Temir setkaning uzunligi maksimal 30 metr bo`lishi mumkin. Payvandlash uskunasidan chiqqan setkalar avtomatik ravishda o`rab beruvchi uskunaga yo`l oladi. Temir panjaralarimiz o`ralgandan so`ng ular sotuvga tayyor!!!
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!