Narxi: Elektr toki: 2900 $ Dizel: 4100 $
Savatchada mahsulotlar yo'q.
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
2,900$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Kundan kunga zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har bir qismiga, sohasiga kirib
kelmoqda. Ularga bo`lgan talabimiz ham ko`paysa ko`payyaptiki, aslo kamaymayapti.
Bularga misol qilib oziq-ovqat, avtoservis, yog`ochga va metallga ishlov berish,
qadoqlash, servis sohalarini ayta olamiz. Shunday jadallik bilan rivojlanib kelayotgan
sohalardan biri bu, albatta, qurilish sohasidir.
Qurilish sohasida tannarxni tushirish va zamonaviy dizayn va qurilish tezligiga keskin o’zgarish bilan kirib kelgan yangi mahsulotlardan biri bu dekorativ tashqi fasad saydinglaridir. Sayding ishlab chiqarish biznesi hozirda rivojlangan mamlakatlarda ham anchagina serdaromad soha hisoblanadi. Metall saydinglar ishlab chiqarish shuni ta’kidlash kerakki, uyni shu tarzda dekoratsiyalash binolarni tugatish uchun juda ko’p qo’llanilayotgan byudjet variantidir. Qoida tariqasida, bunday materiallarning sharhlari ko’pincha ijobiydir va arzonligi, hatto bunday ish uchun byudjeti cheklangan odamlar uchun ham ajoyib yechim bo’ladi.
“AFEX GROUP” mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o’rgangan xolatda import bo’layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz!
Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!