So’ngi yillarda eko sumkalar, ko’plab kompaniyalar logotipi tushirilgan varianti kompaniyalarni imidjining bir qismiga aylandi. Bunday mahsulot kiyim -kechak kompaniyalari, yodgorlik do’konlarida, onlayn-do’konlarda, prezentatsiyalar, matbuot anjumanlari, oyoq-kiyimlarda, aksiya va ko’rgazmalarda ishlatiladi.
Eko sumkalar afzalliklari:
- Material bardoshli: ular og’irligi 15 kg gacha bo’lgan yuklarni ko’tarishi mumkin.
- Mahsulotlar suv o’tkazmaydigan va havo o’tkazuvchan bo’lib, ular ko’p marta yuvilishi mumkin va rang yorqinligini yo’qotmaydi.
- Spunbond sumkasi -55 ⁰C dan +130 ⁰C gacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladi.
- Parchalanish paytida zararli moddalar va gazlar chiqarmaydi.
Kerakli xom ashyolar:
Rulon holatidagi to’quv bo’lmagan, eni 1600 mm spunbond matosi.
Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:
Kerakli maydon: 30 m² dan kam bo’lmasligi kerak.
Elektr energiya: 20 KW/380 V.
Ishchilar soni: 2 kishi.
Ushbu faoliyat uchun kerakli uskunalar:
1.O’lchamlarda kesuvchi uskuna.
2.Ultratovushli payvandlash uskunasi.
3.Fleksografik print uskunasi.
O’lchamlarda kesuvchi uskuna- Ushbu uskunani asosiy vazifasi eni 1600 mm dagi rulon matolarni, mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli o’lchamlarda matolarni kesib berishish uchun foydalinadi. Uskunada kerakli o’lchamlar uchun 10 dona yuqori sifatli kesuvchi pichoqlar mavjud bo’lib, qog’oz, plyonka, to’quv bo’lmagan matolarni eni 20-160 mm gacha aniqlik bilan kesish imkoniyatlari mavjud.
Ultratovushli payvandlash uskuna- Sumkalarini ishlab chiqarish uchun tikuv jarayonlari, zamonaviy to’liq avtomatlashtirilgan ultratovushli payvandlash texnologiyasidir. Ushbu uskuna yuqori samaradorlik va barqaror sifat bilan birlashtirilgan spunbond sumkalar ishlab chiqarishda bir nechta funksiyalarni bajaradi. Uskuna kerakli o’lchamlarda, to’quv bo’lmagan matoni xom-ashyo sifatida qabul qiladi, u har xil turdagi sumkalarni ishlab chiqarishi mumkin, masalan: quti ko’rinishidagi sumka, sovg’a sumkasi, qo’l sumkasi, tekis sumka va futbolka sumkasi. Uskuna soatiga 5000-6000 dona sumkalar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Uskunalar uchun berilgan umumiy summada, quyidagi ko’rinishdagi sumkalar ishlab chiqarish uskunasi nazarda tutilgan:
Uskuna afzalliklari:
1. Ichki PLC boshqaruv tizimi, sensorli ekran.
2. Avtomatik hisoblagich, belgilangan miqdorga yetganda ishni to’xtatish.
3. Fotoelement belgilarini kuzatish va material tugashi bilan ish avtomatik ravishda to’xtaydi.
4. Yuqori kuchlanishli statik protsessor va avtomatik doimiy haroratni boshqaruv tizimi.
5. Avtomatik veb -yo’naltiruvchi tizim va qo’lda ishlatish uchun magnitli changni tortish moslamasi.
6. Ushbu uskuna har tomondan sumka shaklida yig’ish, pastki va yon tomondan yopishtirish kabi ultratovushli payvandlab beradi.
Fleksografik print- uskuna polipropilenda tayyorlangan to’quv va to’quv bo’lmagan sumkalarga, qog’ozli sumkalarga, so’zlar va savdo belgilarini chop etish uchun maxsus mo’ljallangan. Uskuna 2 rangli tuzilishi oddiy, ishlatish va texnik xizmat ko’rsatish oson, yuqori aniqlik avtomatik hisoblagich va fotoelektrik funktsiyasiga ega. Uskuna soatiga 1500-3500 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!