AFEX

Spunbond sumkalar ishlab chiqarish liniyasi

Eko sumkalar-ekologik toza to'quv bo'lmagan 100% polipropilendan(Spunbond) tayyorlangan rangli materiali, kimyoviy…

Individual taklif
Narx

Tavsif

Asosiy afzalliklari

  • Material bardoshli: ular og'irligi 15 kg gacha bo'lgan yuklarni ko'tarishi mumkin
  • Mahsulotlar suv o'tkazmaydigan va havo o'tkazuvchan bo'lib, ular ko'p marta yuvilishi mumkin va rang yorqinligini yo'qotmaydi
  • Spunbond sumkasi -55 ⁰C dan +130 ⁰C gacha bo'lgan haroratga bardosh bera oladi
  • Parchalanish paytida zararli moddalar va gazlar chiqarmaydi

Uskuna haqida

Eko sumkalar-ekologik toza to'quv bo'lmagan 100% polipropilendan(Spunbond) tayyorlangan rangli materiali, kimyoviy jihatdan mutlaqo xavfsizdir va shuning uchun atrof muhitga zararsizdir. Spunbond sumkalar 1-3 yil ichida butunlay parchalanadi, mahsulot yaroqlilik davrida bardoshli va qayta ishlatishga yaroqli, arzon va samarali reklama suveniri hisoblanadi.

So'ngi yillarda eko sumkalar, ko'plab kompaniyalar logotipi tushirilgan varianti kompaniyalarni imidjining bir qismiga aylandi. Bunday mahsulot kiyim -kechak kompaniyalari, yodgorlik do'konlarida, onlayn-do'konlarda, prezentatsiyalar, matbuot anjumanlari, oyoq-kiyimlarda, aksiya va ko'rgazmalarda ishlatiladi.

Kerakli xom ashyolar:

Rulon holatidagi to'quv bo'lmagan, eni 1600 mm spunbond matosi.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

Kerakli maydon: 30 m² dan kam bo'lmasligi kerak. Elektr energiya: 20 KW/380 V. Ishchilar soni: 2 kishi.

Ushbu faoliyat uchun kerakli uskunalar:

1.O'lchamlarda kesuvchi uskuna. 2.Ultratovushli payvandlash uskunasi. 3.Fleksografik print uskunasi. O'lchamlarda kesuvchi uskuna- Ushbu uskunani asosiy vazifasi eni 1600 mm dagi rulon matolarni, mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli o'lchamlarda matolarni kesib berishish uchun foydalinadi. Uskunada kerakli o'lchamlar uchun 10 dona yuqori sifatli kesuvchi pichoqlar mavjud bo'lib, qog'oz, plyonka, to'quv bo'lmagan matolarni eni 20-160 mm gacha aniqlik bilan kesish imkoniyatlari mavjud. Ultratovushli payvandlash uskuna- Sumkalarini ishlab chiqarish uchun tikuv jarayonlari, zamonaviy to'liq avtomatlashtirilgan ultratovushli payvandlash texnologiyasidir. Ushbu uskuna yuqori samaradorlik va barqaror sifat bilan birlashtirilgan spunbond sumkalar ishlab chiqarishda bir nechta funksiyalarni bajaradi. Uskuna kerakli o'lchamlarda, to'quv bo'lmagan matoni xom-ashyo sifatida qabul qiladi, u har xil turdagi sumkalarni ishlab chiqarishi mumkin, masalan: quti ko'rinishidagi sumka, sovg'a sumkasi, qo'l sumkasi, tekis sumka va futbolka sumkasi. Uskuna soatiga 5000-6000 dona sumkalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uskunalar uchun berilgan umumiy summada, quyidagi ko'rinishdagi sumkalar ishlab chiqarish uskunasi nazarda tutilgan:

Uskuna afzalliklari:

1. Ichki PLC boshqaruv tizimi, sensorli ekran. 2. Avtomatik hisoblagich, belgilangan miqdorga yetganda ishni to'xtatish. 3. Fotoelement belgilarini kuzatish va material tugashi bilan ish avtomatik ravishda to'xtaydi. 4. Yuqori kuchlanishli statik protsessor va avtomatik doimiy haroratni boshqaruv tizimi. 5. Avtomatik veb -yo'naltiruvchi tizim va qo'lda ishlatish uchun magnitli changni tortish moslamasi. 6. Ushbu uskuna har tomondan sumka shaklida yig'ish, pastki va yon tomondan yopishtirish kabi ultratovushli payvandlab beradi. Fleksografik print- uskuna polipropilenda tayyorlangan to'quv va to'quv bo'lmagan sumkalarga, qog'ozli sumkalarga, so'zlar va savdo belgilarini chop etish uchun maxsus mo'ljallangan. Uskuna 2 rangli tuzilishi oddiy, ishlatish va texnik xizmat ko'rsatish oson, yuqori aniqlik avtomatik hisoblagich va fotoelektrik funktsiyasiga ega. Uskuna soatiga 1500-3500 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaSpunbond sumkalar ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish