Quyma muzqaymoq frigomix uskunasi
Omborda 1 dona mavjud
Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi.
2,600$ 2,700$
Omborda 1 dona mavjud
O'xshash mahsulotlar
-
Omborda mavjud uskunalar, Yengil sanoat
Xo’jalik qo’lqoplari ishlab chiqarish liniyasi AF-L009
5 bahodan 4.00 berildi(1)Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
SKU: AF-L00917,500$ -
Yengil sanoat
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
0 out of 5(0)Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.
SKU: AF-L01822,600$ -
Oziq ovqat, Quritilgan mahsulotlar
Mevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001
5 bahodan 5.00 berildi(1)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb qilinadi.
2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan holda mukofot summasidan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berildi.
2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.
Shu munosabat bilan sizlarga muhim va serdaromad tadbirkorlik turi boʻlgan Meva va sabzavotlardan Chips ishlab chiqarish biznesini taklif qilmoqdamiz. Ushbu liniya yordamida siz bemalol oʻz biznesingizni boshlab, turli koʻrinishdagi meva va sabzavotlardan ishlab chiqarilgan va qadoqlangan chipslarni eksport uchun tayyorlash, shu bilan birga ichki bozorda oʻz oʻrningizni topish imkonini beradi. Liniya yuqori texnologik bosqichlarni oʻz ichiga olgan boʻlib xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holatda optimal qilib berishga harakat qildik. Xaridorlarimiz talablariga binoan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish imkoni bor
SKU: AF-L001109,500$ -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L01229,400$
Alisher –
Juda zo’r, bir so’z bilan aytganda O’zbekiston sharoitida juda mos. Zo’r muzlatiyapti
Alisher –