AFEX

linoleum ishlab chiqarish liniyasi

Yurtimizda qurilish mollariga bo`lgan talab borgan sari oshib bormoqda.

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Yurtimizda qurilish mollariga bo`lgan talab borgan sari oshib bormoqda. Bunga sabab qilib yurtimizda tobora rivojlanib borayotgan uy-joy qurilish sohasini ko`rsatishimiz mumkin. Yangi uy-joylar va binolarning qurilishi bunday materiallarining sotuvini oshirib yubordi. Uy-joy sohasida eng ko`p qo`llaniladigan materiallardan biri bu-albatta, linoleumdir. AFEX-GROUP kompaniyasi yurtimiz tadbirkorlariga navbatdagi serdaromad uskunalarni taklif etishda davom etadi. Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz yordamida turli xil dizaynlarga ega sifatli va qalin linoleumlarni ishlab chiqarish mumkin

Umumiy ma`lumotlar

Ishlab chiqarish hajmi: 600-800 kg/soat

Mahsulot o`lchami: kengligi- 980mm (xaridor talabiga binoan o`zgaradi), qalinligi 2-8 mm

Kuchlanish: 380V 50Hz

Umumiy quvvati: 200 kw/soat

Kerakli xom-ashyolar: PVX kukuni, noto`qima mato, kompozit plyonkalar

Kerakli maydon o`lchami: 150-200 metr/kvadrat

Ishchilar soni: 7-8 ta

Uskunalar ro`yxati

  1. Egizak shnekli ekstruderlar
  2. Gidravlik elak
  3. Qoliplar (2 komplekt)
  4. Uch rolikli shakl berish uskunasi
  5. Kompozit laminantni qizitish uskunasi
  6. Laminatsiyalash qismi
  7. Noto`qima matoni o`rash uskunasi
  8. Harorat nazorat uskunasi
  9. Rolikli sovutish uskunasi
  10. Sovutish qismi (kesuvchi qism bilan)
  11. Tekislovchi uskuna
  12. Transvers kesish uskunasi
  13. Elektron boshqaruv paneli

80/156 juft ekstruderlar

Ishlab chiqarish liniyasining eng asosiy uskunasi bu -,albatta, ekstruderlar. Ushbu ekstruderimizda sifatli metallardan 38CrMoAIA va 20CrMoTi lardan qo`llanilgan bo`lib, ehtiyot qismlari esa Yaponiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan. Uskunada umumiy 5 ta qizitish zonalari mavjudligi tufayli xom-ashyolar yaxshi holatda eritilib sifatli mahsulotlar chiqadi.

Nitridlash qalinligi: 0,5-0,7 mm

Asosiy motor: AC motor (Braziliya)

Motor quvvati: 55 kw

Motor tezligi: 0-1500 r/min

Shnek tezligi: 0-50 r/min

Motor turi: 3 fazali asinxron motor

Gidravlik elak

Liniya tarkibidagi ushbu uskunaning asosiy vazifasi mahsulot tarkibidagi aniqlangan ortiqcha qismlar va chiqindilarni tozalashdan iborat. Bu esa o`z navbatida mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi.

Ф150 forma: gidravlik, ikki stansiyali

Isitish zonalari: 3ta

Isitish quvvati: 12 kw

Qoliplar

Qoliplar soni: 2ta (ustki qavat uchun 1ta, pastki qavat uchun 1ta)

Material: po`lat

Isitish zonalari: 7 ta

Qolip kengligi 1200 mm

Mahsulot kengligi: 980 mm

Mahsulot qalinligi: 2-8 mm

Uch rolikli shakl berish uskunasi

Rolik diamteri: 400mm

Rolik kengligi: 1400 mm

Xrom qalinligi: 0,08 mm

Motor quvvati: 2,5 kw

Boshqaruv paneli: Shvetsiya ABB elektron paneli

Kompozit laminantni qizitish uskunasi

Qizitish roliklari: 3ta, Ф200 x 1400 

Motor quvvati: 0,75 kw

Boshqaruv paneli: Shvetsiya ABB elektron paneli

Laminatsiyalash uskunasi

Qizitish roliklari: 3ta, Ф200 x 1400 

Motor quvvati: 0,75 kw

Boshqaruv paneli: Shvetsiya ABB elektron paneli

Noto`qima mato o`rash uskunasi

Rulon kengligi: 1200 mm

Roliklarni yechish-bo`shatish oson

Material: Aluminiy

4 stansiyali harorat nazorat uskunasi

Sovutish usuli: moy

O`rtacha harorat: 160C

Isitish quvvati: 4x12 kw

Uchta to'plam uch rolikli shakl berish uskunasi uchun ishlatiladi va bitta to'plam rulonlarni oldindan isitish, ortiqcha bosim bo`lganda, harorat yuqori bo`lganda, moy taqchilligi kuzatilganda va boshqa signal funktsiyalari uchun ishlatiladi.

Rolikli sovutish uskunasi

Rolik diametri: 3x400 mm , 1400mm

Motor quvvati: 1,5 kw

Sovutish metodi: ichki suv sovutish

Boshqaruv paneli: Shvetsiya ABB elektron paneli

Kesuvchi uskuna

Uzunligi: 6m

Rolik: Aluminiy

Pichoqlar: 2 to`plam

Kesilgan qismlarni yig`ish xususiyati bor

Tekislovchi-uzatuvchi uskuna

O`lchami: Ф250x1400 mm

Rolik materiali: nitril kauchuk

Motor quvvati: 2,5 kw

Boshqaruv paneli: Shvetsiya ABB elektron paneli

Boshqaruv: pnevmatik

Transvers kesish uskunasi

Tortuvchi rolik: Ф 180 x 1400 mm

Pichoq: Uchburchaksimon

Boshqaruv paneli: Shvetsiya ABB elektron paneli

Ekran: PLC ekran

Elektron boshqaruv paneli

Operatsion sistema: Siemens TP1200

PLC ekran: Siemens

Past kuchlanishga qarshi qism: Schneider

Ishlash jarayonidan video lavha

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

Uskunalinoleum ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish