,

Kir yuvish kukuni ishlab chiqarish liniyasi


Zamonaviy kir yuvish kukunlari juda keng assortimentda taqdim etilgan va turli xil chiqarish shakllariga ega bo’lishi mumkin:

kukun;

gel yoki suyuq konsentrat;

granulalar;

eriydigan tabletkalar.
Bugun biz sizlar bilan kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun kerakli jihozlarni ko’rib chiqishdan avval kir yuvish kukunlarining turlari va ularni qo’llash mumkin bo’lgan holatlarga biroz to’xtalib o’tmoqchimiz.

9,900$

Kir yuvish moddalarning quyidagi turlari mavjud:

  • Anion moddasi inson salomatligi, ayniqsa bolalar uchun eng katta xavfni ifodalaydi, allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi, immunitetni pasaytiradi, ichki organlar va asab tizimiga zarar etkazadi.
  • Kationik. moddasi detarjan xususiyatlariga ega emas, ular maxsus qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Noionik. Nisbatan xavfsiz, biologik parchalanadigan. Ulardan ba’zilari tabiiy ingredientlardan tayyorlangan.
  • – Fosfatlar (sulfatlar). Bular fosfor kislotasi tuzlarining birikmalari. Sirt faol moddasini faollashtirish va kir yuvish mashinasining qismlarida shkala paydo bo’lishining oldini olish orqali suvni yumshatish. Inson salomatligiga zararli, tabiatni ifloslantiradi.
  • Fermentlar moddasi qiyin dog’lar bilan kurashadilar: qon, qahva, yog ‘va boshqalardan olingan dog’lar Jun yoki ipakdan yasalgan narsalarni yuvish uchun mos emas. Kompozitsiyada ularning ko’pligi matoning xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
  • Oqartirgichlar: Xlor. Ular matoni oqartiradilar, lekin unga zarar etkazishi mumkin. insonlar uchun ham zararli.
  • Kislorod Yuqori haroratda kiyimlarni yuvish uchun mo’ljallangan, terining tirnash xususiyati va allergik reaktsiyalarga moyil bo’lgan odamlar uchunmos keladi.
  • Antiresorbentlar. Kir zarralarini yuvish jarayonida matoga qaytib tushishining oldini oladi.
  • Xushbo’ylashtirivchi moddalar , kimyoviy moddalar hidini zararsizlantiadi, ammo bazi hollarda allergiya qo’zgash extimoli yuqori bo’ladi.

Siz ishlab chiqaruvchi sifatida qaysi turdagi kir yuvish kukunini ishlab chiqarishni sizning iste’molchilaringiz segmentiga qarab belgilashingiz lozim.

 

Liniya tarkibidagi uksunalar

Mikser

Quritish uskunasi

Mahsulot elab berish uskunasi

Kir yuvish kukunini qadoqlash uskunasi

Lentali qadoqlash uskunasi

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

  • Kerakli maydon: 25-35 m² dan kam bo’lmasligi kerak.
  • Elektr energiya: 6-8KW/ 220/380 V.
  • Ishchilar soni : 2-3 kishi.

Mikser

Dastlab xomashyolar kerakli proporsiyada aralashtirish uchun mikser qurilmasiga solinadi va nisbatan namligi bo’lgan bir xilda aralsahtirilgan mahsulot hosil bo’ladi. Aralashtirish jarayonida mahsulotlar changimasligi uchun ularni past tezlikda aralashtirish va qopqoqli mikserdan foydalanish tavsiya etiladi. Aralashtirilgan massa biroz nam bo’lganligi sababli uni tezda quritish tavsiya etiladi.

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Motor quvvati 4 Kv
Mikser sig’imi 150L
Aylanish tezligi 90r/daqiqa
Kuchlanish 380 V
O’lchami 1222*830*835mm
O’g’irligi 180kg

Quritish uskunasi

Quritish uchun maxsus vakuumli tortib olish uskunasi yordamida mikserdan mahsulot so’rib olinadi. So’rib olingan mahsulot maxsus uskuna yordamida quritiladi. Qurish temperaturasi, vaqtini va tezligini o’zingiz istagancha o’zgartirisghingiz mumkin. Uskunalarning mahsulot bilan kontakt qiladigan qismlar imkon qadar zanglamas metalldan tayyorlashga harakat qilingan.

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Quvvati 1.1Kv
Sig’imi 100L
Quritish vaqti 10-15/daqiqa
O’lchami 840*540*1620mm

Mahsulotni elab berish uskunasi

Qadoqlash uchun xomashyomiz qurib bo’lgach uni elab olish tavsiya etiladi. Elash jarayoni sizga namlik natijasida o’zaro birikib qolgan qismlarni o’zaro ajratib beradi va qadoqlanganda mahsulotingiz yuqori sifatda bo’lishini ta’minlaydi. Siz tayyrolaydigan mahsulot turiga qarab undagi elak o’lchamlarini almashtirishingiz mumkin bo’ladi.

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Quvvati 750W
Kuchlanish 220v/380v
Elak diametri 500mm
Elak balandligi 80mm
Qadoqlash o’lchami 660*660*960mm
Og’irligi 80 kg

Kir yuvish kununini qadoqlash uskunasi

Qadoqlash uskunasi tanlashda ushbu mahsulot uchun juda ehtiyot bo’lish talab qilinadi. Sababi hajmga ko’ra o’lchovchi qadoqlash uskunalari kir yuvish kukuni uchun unchalik ham maqsadga muvofiq emas. Sababi kir yuvish kukuni undagi ingredientlarga qarab zichligi doim bir xilda bo’lmaydi, shu sababli biz mijozlarimizga tarozili va changli mahsulotlar uchun maxsus ishlatiladigan qadoqlash uskunasidan foydalanishlarini tavsiya qilamiz. Ushbu uskuna kukunli boshqa mahsulotlarni ham qadoqlash uchun mos keladi. Maxsus shnekli transportyor yordamida mahsulot qadoqlash bunkeriga yetkaziladi. Qadoqlash bunkeridagi mahsulot bir ishchi yordamida qadoqlovchi maxsus paketlarga to’ldiriladi va uni og’zini yopib berish uchun mo’njallangan maxsus uskuna yordamida qadoq to’liq yopiladi, hamda sotuv uchun tayyor holga keltiriladi.

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Ishlab tezligi 4-40/bir daqiqada (og’irligiga qarab)
Kuchlanish 220V/50Hz/ 0.7kw
Material 304 zanglamas metal
O’lchov miqdori 100-2000gr
Og’irligi 120kg
Boshqaruv paneli PLC boshqaruv sensorli
O’lchash metodi Mikrokompyuterli tarozili usulda

 

Lentali qadoqlash uskunasi

Ushbu uskunaga siz un bilan to’ldirilgan paketlarni tepa qismini maxsuz issiqlikda dazmollash roliklari orqali yopishtirib beradi va mahsulotingiz sotish uchun tayyor ko’rinishga keladi. Qadoqlash jarayonida og’ir mahsulotni qo’lda ushlab turish birmuncha qiyin bo’lganligi uchun uskuna ostida maxsus harakatlanuvchi lenta mavjud.

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220 V 50 Hz
Quvvati 1,2 kw
Samaradorligi 0-15m/min
Paket uzunligi 250 mm gacha
Paket kengligi 600 mm gacha
Paket qalinligi 0,02-0,08 mm
Ko’tarish og’irligi 5 kg
Issiqlik temperaturasi 0-300 °C
Uskuna o’lchami 85*40*37 cm

Tayyor mahsulotdan namunalar

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Kir yuvish kukuni ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish