Karton trubalar (vtulkalar) qo’llanish sohalari:
- Skotch va boshqa yopishqoq lentalar
- Har xil turdagi plyonkalar
- Tekstil mahsulotlar (ip va mato g’altaklari)
- Qurilish rulonli materiallari
- Xojatxona qog’ozi va rulon sochiqchalar
Karton trubalarning (vtulkalar) afzalliklari:
- karton yuqori ishqalanish koeffitsientiga ega (plastmassa bilan solishtirganda sirpanmaydi);
- kartonning narxi ancha past (masalan, yog’och yoki po’latga nisbatan);
- material ekologik toza – u to’liq qayta ishlanishi va qayta ishlatilishi mumkin;
- mahsulot dizayni uchun yaxshi imkoniyatlarga ega (logotiplar, chizmalar, yozuvlar tushirish mumkin);
- yaxshi yelim bilan ishlov berilgan vtulkalarni bir necha marta ishlatish mumkin.
Liniyadagi asosiy uskunalar:
- Katta rulondan kichik rulonlarga kesish va o’rab berish uskunasi
- Karton truba ishlab chiqarish uskunasi
- Trublarni kerakli o’lchamga kesish uskunasi
- Kompessor
Qo’shimcha qism va uskunalar
- Hom ashyo yetkazib berish qismi
- Yelim uchun tanker
- Tayyor mahsulotni yig’ish stoli
Katta rulondan kichik rulonlarga kesish va o’rab berish uskunasi
Tayyor katta rulondagi hom ashyo ushbu uskunaga joylanadi. Uskuna avtomatik ravishda hom ashyoni kesadi va kichik rulonlarga o’rab beradi. Uskuna 21 dona pichoqlar bilan jihozlangan, yani bir vaqtning o’zida 20 ta rulon kesish va o’rab berish qobiliyatiga ega.
Kesish tezligi | 50-120 m/daq |
Maksimal kengligi | 1600 mm |
Pichoqlar soni | 21 dona |
Kesish usuli | Ikki dumaloq pichoq yordamida |
Kesuvchi valning o’lchami | Ф50 |
Pichoqlar diametri | 105 mm |
Pichoqlar materiali | Po’lat va Kremniy SKG-11 |
Tezlik nazorat qilish | Elektromagnit tezlikni nazorat qilish |
Kuchlanish | 380V |
Quvvati | 3 kw |
O’lchami | 2500x2200x1300 mm |
Hom ashyo yetkazib berish qismlari
uskunaning vazifasi karton truba ishlab chiqarish uskunasiga kesilib tayyorlangan karton o’ramlarni yani xomashyoni yetkazib berishdan iborat.
Karton truba ishlab chiqarish uskunasi
Ushbu uskuna kichik rulondagi hom ashyolarni truba (quvur) shakliga keltiradi. Trubalar 3 qatlamdan 16 qatlamgacha hom ashyoni bir biriga yopishtirish yordamida shakilantiriladi. Yopishtirish yelim (PVA) yordamida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Trubalar hom ashyo qatlamiga qarab 1 mm dan 8 mm gacha tayyorlanadi.
Ishlash tezligi | 3-16 m/daq |
Uzatish usuli | Zanjir yordamida avtomatik uzatish |
Truba diametri | 30-150 mm |
Truba qalinligi | 1-8 mm |
O’rab berish boshlari (golovka) | 2 dona |
Yopishtirish usuli | Avtomatik yelim yordamida |
Kesish usuli | Avtomatik bitta pichoq yordamida |
O’lchami | 2600x1700x1600 mm |
Karton qatlami | 3-16 qatlam |
Truba qaliniligi | 1-8 mm |
Boshqaruv | PLC boshqaruv |
Kuchlanish | 380V |
Quvvati | 7.5 kw |
Yelim uchun tanker
Trublarni kerakli o’lchamga kesish uskunasi
Truba diametri | 30-150 mm |
Truba uzunligi | 30-1200 mm |
Truba qalinligi | 1-8 mm |
Pichoqlar soni | 5 dona |
Kesish uslubi | Yarim Avtomat, pedal yordamida |
Kuchlanish | 1.5 kw |
Havo kompressori (1.5 kw 380V 50 Hz)
Tayyor mahsulotni yig’ish uskunasi
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!