Avtomatik 6 qatorli nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (30-120 donalik)


Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.

68,900$

Liniya haqiqa umumiy ma’lumotlar

Ishlab chiqarish maydoni: 170-200 kvadrat metr

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi: 1400-1800 qadoq/soat (120 donalik salfetka)

Energiya turi: Elektr

Kuchlanish: 380V

Ishchilar: 3-4 kishi

Suv ta’minoti: zarur

Namlantiruvchi va hid beruvchi suyuqlik tayyorlash maxsus idishi

Jarayon nam salfetka uchun ajralmas bosqichlardan biri bo’lgan maxsus hidli suyuqlik tayyorlashdan boshlanadi, suyuqlikni katta qismi filtrlangan suv va maxsus formula asosida hidlanturuvchi vositalardan iborat bo’ladi. Suyuqlik tayyorlash idishimiz hajmi sizning kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos keladi. Idishda ishlatilgandan ortiqcha qolgan suyuqlik maxsus nasos yordamida yana qaytib tushadi

 

6 qatorli nam salfetka kesish va formalash uskunasi

Yuqori samaradorlikga ega 6 qatorli xomashyo yetkazib berish va formalash uskunasi. Uskuna eng ommabob uslubda yani  N CROSS uslubida salfetkalarni formalab namlatirib sanab kerakli hajmida qadoqlash uskunasiga yetkazib beradi. Uskuna yordamida 30-120 donagacha bo’lgan nam salfetka mahuslotlarini ishlab chiqarish mumkin. Uskuna bir daqiqada 1800-2100 dona salfetka ishlab chiqarish quvvatiga ega. 

Kuchlanish 380V 50 Hz
Quvvat sarfi 15 KvT/soat
Nam salfetka buklanish uslubi N cross
Xomashyo zichligi 40-80 gsm
Ishlab chiqarish tezligi 1800-2100 dona/daqiqa (120talik qadoqdan 16-17ta)
Nam salfetka bukulmagandagi o’lchami Uzunligi 120-200mm, kengligi 170-220mm
Nam salfetka bukulgandagi o’lchami Uzunligi 110-200mm, kengligi 90-110mm
Uskuna o’lchami 4300*2500*2040mm
Uskuna og’irligi 1100kg

Formalash qismi

Namlash qismi

 

Avtomatik qadoqlash uskunasi

Qadoqlash jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Qadoqlash uskunasi yuqori injenerlik mahorati yordamida yaratilgan bo’lib, qadoqlovchi materil ichiga mahsulot joylanadi, avval qadoqda salfetkani olish uchun teshikchalar ochiladi, teshik o’rni ustiga maxsus yopishqoq plyonka yopishtiriladi va shu tarzda qadoqlash davom etadi. Uskuna yordamida har xil o’lchamli mahsulotlar tayyorlash mumkin. Uskunamiz qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan. Biz liniyamiz narxi qimmatlab ketmasligi uchun plastik qismli ochib yopiladigan qismlarni kleylashni ishchilarga qoldiramiz. Sababi ushbu qism uchun robot boshqaruvli uskuna zarur bo’lib, narxi boshlang’ich tadbirkorlar uchun qimmatlik qilishi mumkin.

Kuchlanish 220 V 50Hz
Quvvat sarfi 3 KvT/soat
Qadoqlash tezligi 30-70ta/daqiqa
Qadoq uzunligi 150-400mm
Qadoq kengligi 100-145mm
Qadoq balandligi 110mm maksimal
Uskuna og’irligi 600kg

Uskuna qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan. 

 

 

Plastik qopqoqlarni kleylash uskunasi

Kuchlanish 220 V 50Hz
Quvvat sarfi 2,5 KvT/soat
Ishlash tempuraturasi 20-250 C
Ishlash kengligi 400mm
Ishlash tezligi 20-40ta qopqoq/daqiqa
Uskuna o’lchami 606*390*565mm
Uskuna og’irligi 48 kg

Plastik qopqoplarga yorliq yopishtirish uskunasi

Kuchlanish 220 V 50Hz
Quvvat sarfi 2 KvT/soat
Ishlash tezligi 0-80ta/daqiqa
Yorliq yopishtirsh kengligi 10-180mm
Yorliq yopishtirish uzunligi 20-300mm
Material Zanglamas metall

Tayyor mahsulotdan na’munalar

Ishlash jarayonidan video lavha

Sakkiz bosqichli teskari osmosli suvni filtirlash uskunasi

Kuchlanish 220 V 50Hz
Quvvat sarfi 0.75 KvT/soat
Suvni filtrlash tezligi 250 litr/soat
Material Zanglamas metal
Uskuna o’lchami 1450*900*1820mm
Uskuna og’irligi 300kg

Uskunalar narxi

Namlanturuvchi va hid beruvchi suyuqlik tayyorlash idishi 2400$
6 qatorli nam salfetka kesish va formalash uskunasi 37200$
Qadoqlash uskunasi 18600$
Plastik qopqoqlarni kleylash uskunasi 1200$
Plastik qopqoqlarga yorliq yopishtirish uskunasi 5700$
Sakkiz bosqichli teskari osmosli suvni filtirlash uskunasi 3800$
                                                               Jami 68 900$

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Avtomatik 6 qatorli nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (30-120 donalik)”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish