ishlab chiqarish
Showing 91–105 of 173 results
-
Oziq ovqat, Tayyor liniyalar
Pechenyelar ishlab chiqarish liniyasi
Yuqori darajadagi texnologiyalar bilan yashar ekanmiz, bizning ularga bo`lgan talabimiz kundan kunga oshib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har bir qismiga, deyarli barcha sohalarga kirib keldi desak adashmagan bo`lamiz. Shunday sohalardan biri bu, albatta, oziq-ovqat sohasidir.
Bugun sizlarga taqdim etmoqchi bo`lgan uskunalarimiz ham nafaqat o`zbek xalqi, balki butun dunyo sevib iste`mol qiladigan mahsulot- pechenyelar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu uskunalar to`plami pechenyelar ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan. Shunday pechenyelarni yuqoridagi suratlarda ko`rishingiz mumkin.
AFEX-GOUP sizlarga bu turdagi pechenyelarni ishlab chiqarish uskunalar to`plamini taklif etmoqda. Umid qilamizki, siz ishlab chiqargan pechenyelar xalqimiz tomonidan sevib iste`mol qilinadi va oz muddat ichida o`zingizning qadrli mijozlaringizni to`play olasiz.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Bir martalik qog’oz stakanlar ishlab chiqarish liniyasi
Bir martalik ishlatiladigan idishlar mahsulotlari oziq-ovqat, uning ko’chma sanitariya, past narxlardagi, shuningdek, biznes va iste’molchilar sohasida keng tarqalganligi bilan qo’llaniladi.
Qog’oz stakan mahsulotlari turli buyumlar va asosan oziq ovqat va qadoqlash sohalarida alohida afzalliklarga ega: qulay saqlash, qulay ishlov berish, yaxshi sanitariya sharoitlari va boshqa xususiyatlari tufayli mamlakatimizda oziq-ovqat iste’moli, bir marta ishlatiladigan idishlar iste’moli juda katta.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Makaron ishlab chiqarish liniyasi 120-130 kg soat AF-L33
“AFEX-GROUP” jamoasi tomonidan taqdim etilgan, soatiga 40 kg makaron ishlab chiqarishga mo’ljallangan ixcham liniya ko’plab mijozlarimizning katta qiziqishilariga sabab bo’ldi. Shuningdek mijozlarimiz orasida katta hajmdagi makaron ishlab chiqarish liniyasini so`rovchilar ham anchaginani tashkil qildi. Shuning uchun biz sizlarga soatiga 130 kg gacha makaron ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.
Liniya quyidagi uskunalardan tashkil topgan.
SKU: AF-L33 -
Yog' moy uskunalari
Sovuq pressli yog’ olish uskunasi 6YL-95
Sovuq press rejimida yog’ olish uchun mo’njallangan presimiz yordamida siz chigitdagi yog’ni 93-94% gacha olish imkoniga ega bo’lasiz. Uskuna CR13 mustahkam metalldan ishlangan bo’lib, ish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladi. Ushbu press yordamida kunjut, kungaboqar pistasi, yeryong’oq, bodom va boshqa mahsulotlardan ham yog’ olish mumkin. 6YL seriyali yog ‘ press uskunasi – bu oddiy dizayni, foydalanish osonligi, keng foydalanish qobiliyati va uzluksiz ishlashi, yuqori ishlab chiqarish quvvati hamda yuqori yog’ chiqarish tezligi bilan ajralib turadigan vintli yog’ press mashinasi. Bundan tashqari, ushbu turdagi mashina turli xil xom ashyolar uchun ishlatilishi mumkin va siz ishlatadigan muayyan ekinning moy tarkibiga qarab, mashina uning 90% -95% ni oladi. Shunday qilib chigit, pista, kunjut va kungaboqar pistalari uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi. Qolgan yem asosan hayvonlar uchun ozuqa uchun ishlatiladi.
SKU: AF-6YL-95 -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
Filtrlangan gazsiz mineral suv ishlab chiqarish liniyasi AF-L32
Turmush tarzimiz yaxshilanib borgani sayin kundalik iste’mol tovarlarimizning sifatiga ham jiddiy e’tibor bera boshlaymiz. Ayniqsa ichimlik suvi inson hayoti uchun eng kerakli va eng e’tiborli ne’matdir. Azaldan ota bobolarimiz buloq suvlarini ifloslanmasligini qattiq nazorat qilishgan va bu borib borib zamon rivojlangani sayin zamonaviy filtrlar yordamida yanada chuqur ishlov berilib, minerallarini saqlagan holda xalqqa yetkazish ananasi paydo bo’ldi. Suv ishlab chiqarish biznesi so’nggi paytlarda talabning yuqoriligi sabab gullab yashnamoqda. albatta aholining keng qatlami asosan gazsiz suvga talabi yuqoriligini hisobga olib taklifni ishlab chiqdik. Shunday ekan AFEX-GROUP kompaniyasi sizlarga gazsiz mineral suvlar ishlab chiqarish liniyasini e’tiboringizga havola etadi.
SKU: AF-L32


















