Yengil sanoat
Jami 20 natijadan 1–15
-
Yengil sanoat
2 boshli matoga naqsh tushirish (vishivka) uskunasi
Uskuna 2 bosh (bo’lma) bilan jihozlangan bo’lib, bu bir vaqtda 2 hil matoga naqsh tushirish imkoniyatini beradi.
Ushbu 2 boshli vishivka uskunasining 15 ignali turlari mavjud. Ignalar sonini tanlab u haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Yengil sanoat
3 boshli matoga naqsh tushirish (vishivka) uskunasi
Uskuna 3 bosh (bo’lma) bilan jihozlangan bo’lib, bu bir vaqtda 3 hil matoga naqsh tushirish imkoniyatini beradi.
Ushbu 3 boshli vishivka uskunasining 9 va 12 ignali turlari mavjud. Ignalar sonini tanlab u haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Paypoq to`quv uskunalari, Tayyor liniyalar, Yengil sanoat
8-avlod Paypoq to`qish uskunasi robotli texnologiya AFX-8FTP
Paypoq to`quv uskunalari, Tayyor liniyalar, Yengil sanoat8-avlod Paypoq to`qish uskunasi robotli texnologiya AFX-8FTP
Paypoq ishlab chiqarish uskunalarini tanlab olish ishlab chiqarish jarayonida futboldagi birinchi pasga o’xshaydi. Futbolchining trayektoriyasiga va ishonchiga qarab, qolgan barcha natijalar yakuniy hisobga olib boradi. Sizga paypoq ishlab chiqarish uchun uskunalarni ikki xil versiyasini taklif etadi: 7-avlod va 8-avlod to’qish uskunalari.
SKU: n/a -
Yengil sanoat
Avtomatik rulon shaklida ko’rpa-choyshab qavish liniyasi
“AFEX-GROUP”- Ko’rpa-choyshab, adyol, matras, kiyim-kechak, kiyim-kechak astarliklari va boshqa mahsulotlar ishalab chiqarishda zamonaviy, kompyuterlashtirilgan ko’p igna bilan tikuchi, avtomatlashtirilgan liniyani taklif etadi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027
Omborda mavjud uskunalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoatKompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027
Vaqt o’tishi bilan qo’l mehnatini o’rnini robotlar va aqlli uskunalar egallamoqda. Hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan yangiliklardan yana biri avtomatik qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasida 250 dan ortiq dizaynlar joylangan bo’lib, tayyor dizaynlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskunaga kompyuter orqali o’zingiz xoxlagan boshqa turdagi dizaynlarni ham flesh xotira yordamida kiritish ham mumkin. Uskuna yordamida yozgi va qishki ko’rpalar qavishingiz mumkin. Siz ushbu biznesni boshlashingiz uchun qo’shimcha 2 xil uskuna lozim bo’ladi. Eng qizig’i uskuna ishlab chiqargan ko’rpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sirasiga kiradi. Sababi qishda sovuq ob havo sababli talab yuqori bo’ladi, yoz mavsumi hammamizga ma’lum yurtimizda to’ylar mavsumi hamdir. Shu sababli to’y uchun sarpoga eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi. Shunday ekan ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi xizmat qilishiga ishonamiz.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar, Yengil sanoat
Mehmonxona va shifoxonalar uchun bir martalik oyoq kiyim ishlab chiqarish avtomatik liniyasi
Tayyor liniyalar, Yengil sanoatMehmonxona va shifoxonalar uchun bir martalik oyoq kiyim ishlab chiqarish avtomatik liniyasi
Mahsulotlar kasalxonaga, mehmonxonaga yoki kurortga qo’llaniladi … Avtomatik boshqaruv komponentlari bilan birlashtirilgan ultratovushli texnologiya orqali mahsulotlar har bir jarayonni avtomatik ishlab chiqarishni amalga oshirishi mumkin.
SKU: n/a -
Paypoq to`quv uskunalari, Yengil sanoat
Paypoq ishlab chiqarish liniyasi AF-L003
Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.
“Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ – deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar . Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.
“Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! “ – deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.
Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz.
Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.
SKU: AF-L003 -
Boshqa uskunalar, Tayyor liniyalar, Yengil sanoat
Poyabzal tag qismini ishlab chiqarish
Dunyo bozori turli-xil, xom-ashyolardan tayyorlangan poyabzallar ishlab chiqarishdadavom etmoqda. Albatta mahsulot turli xildaligi mijozga tanlash imkonini beradi.Bozorlarimizga chet-eldan kirib kelayotgan poyabzallar yurtimizdagi bu soha egalariniyanada izlanishga majbur qilmoqda. Albatta yurtimizda xam poyabzal ishlab chiqarishsanoati endi rivojlanib bormoqda ammo ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyaqilish talab etiladi. Bu yo’l bilan import miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.
SKU: n/a -
Chop etish uskunalari, Yengil sanoat
Sanoat uchun yuqori sifatli 8 boshli raqamli tekstil printeri
Ushbu to’quv printeri sizga jozibali korinadigan kiyimlar va choyshablarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Yuqori quvvatli ramka, yon tomondagi katta po’lat plita aloqalari, butun mashinaning yuqori barqarorligi, kilometrlik qog’oz milini amalga oshirishi, o’rta almashtirish chastotasini kamaytirishi, vaqt va ishchi kuchini sezilarli darajada tejashi mumkin.
SKU: n/a -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Sochiq ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizda ishlab chiqariladigan tekstil mahsulotlari ichida yuqori eksport ko’rsatgichiga ega mahsulot sochiqlar hisoblanadi. Vodiy ahli bu borada boshqa hududlarimizga nisbatan ancha ilgarilab ketgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sochiq ishlab chiqarishda boshqa davlatlarga qaraganda bizning mahsulotlarimizga chet elda talab yuqori. Bunga asosiy sabab bizning sochiqlarimiz 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan bo’lib o’zidan allergik toksidlar va zararli moddalardan holidir. Sochiq ishlab chiqarish biznesini sizga AFEX-GROUP kompaniyasi yuqori likvidli tovar bo’lganligi, xomashyo yurtimizda mavjudligi va eng muhimi kompaniyamiz Xitoyning 20 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat yuritayotgan zavod bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yganligidir. Sochiqlar kundalik hayotimizda eng ko’p ishlatiladigan va tez tez almashtiriladigan mahsulot hisoblanadi. O’zini ozodaligiga e’tiborli kishilar xonadonlarida har bir farzand va ota onalar uchun alohida 3-4 tadan sochiqlar bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan yurtimizga Turkiya va Xitoy davlatlaridan ham sochiqlar import bo’lib kelmoqda. Bu shundan dalolatki ushbu biznes kelajakda yanada gullab yashnaydi. Yurtmizda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yiliga o’nlab yangi mehmonxonalar qad rostlamoqda, ushbu mehmonxonalar uchun ham katta hajmda sochiqlarga va gigiyenik vositalarga yuqori talab bo’ladi. Shuni hisobga olgan holda hozir ushbu biznesni ochish siz uchun ayni payti ekanligini eslatmoqchimiz.
SKU: n/a -
Yengil sanoat
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.
SKU: AF-L018