AFEX

Poyabzal tag qismini ishlab chiqarish

Dunyo bozori turli-xil, xom-ashyolardan tayyorlangan poyabzallar ishlab chiqarishdadavom etmoqda.

Individual taklif
Umumiy quvvat
35,5 kw
Model
TG-LB-20x22
Vint diametric
75mm
Uzunligi va diametric nisbati
20:01
Qolip ramkasini o’lchami
340x180x60mm
Og’irligi
12300kg
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Dunyo bozori turli-xil, xom-ashyolardan tayyorlangan poyabzallar ishlab chiqarishdadavom etmoqda. Albatta mahsulot turli xildaligi mijozga tanlash imkonini beradi.Bozorlarimizga chet-eldan kirib kelayotgan poyabzallar yurtimizdagi bu soha egalariniyanada izlanishga majbur qilmoqda. Albatta yurtimizda xam poyabzal ishlab chiqarishsanoati endi rivojlanib bormoqda ammo ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyaqilish talab etiladi. Bu yo'l bilan import miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.

"AFEX-GROUP" -ushbu muammolarni bartaraf etishda, tadbirkorlarimiz uchun zamonaviy texnologiyalarni taklif etadi. Kompaniyaniyamiz tomonidan ushbu uskunalarni sotib olgan mijozlar uchun amaliy yordam beriladi. Ushbu uskunalar poyabzal ishlab chiqarishda, yangi kirib kelayotgan tadbirkorlarimiz uchun xam qulay va murakkab bo'lmagan texnologik uskunalardir. Yani uskuna qoliplariga teri, mato, sun'iy teri va boshqa turdagi poyabzal yuza qismini joylashtirish bilan taglik qismini in'ektsiya yordamida birlashtiriladi. Ushbu uskunalar sifat va son tezligi bilan boshqa turdagi uskunalardan tubdan farq qiladi.

BIR RANGLI

IKKI RANGLI

(qolip turlariga bog'liq) Uskunalar quyidagi xom ashyolar bilan ishlay olish imkoniyatiga ega: PVX,TPR,TPU Ushbu xom ashyolardan tayyorlangan poyabzal tagliklari xaqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Poyafzal tagligi- poyabzalning eng muhim qismlaridan biri bo'lib, ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar atrof -muhit ta'siriga imkon qadar chidamli bo'lishi kerak. Polivinilxlorid (PVX) -poyabzal tagliklari bahor va kuz fasli poyabzallari uchun foydalanish maqsada muofiqdir. PVX poyabzal tagligi- uzoq muddatga bardoshli, agressiv muhitga chidamli va ishlab chiqarish oson. Ular ko'pincha uy va bolalar poyafzallarida ishlatiladi va ilgari ular xavfsizlik poyabzali uchun keng qo'llanilgan, chunki kauchuk bilan aralashtirilganda PVX moy va benzinga qarshilik kabi xususiyatlarga ega bo'ladi. PVX- faqat kuz yoki bahor uchun oddiy poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladi, chunki bu material katta massaga ega va sovuqqa chidamliligi past, -20 C darajadan past haroratga chidamaydi. Bundan tashqari, PVX taglik teri ustki qismiga yaxshi yopishmaydi, shuning uchun PVX taglikli sifatli charm poyabzal ishlab chiqarish qiyin va qimmat. Termoplastik kauchuk (TPR)-poyabzal tagliklari, tufli va qishki etiklar uchun foydalaniladi. Termoplastik kauchuk - bu sintetik kauchukdan yasalgan poyabzal kauchukidir, u tabiiy kauchukdan kuchliroq, lekin elastikligidan kam emas. Zamonaviy texnologiyalar uning moslashuvchanligini oshirish uchun turli qo'shimchalardan foydalanishga imkon beradi.Termoplastik kauchuk past zichlikka ega va shunga mos ravishda boshqa materiallarga qaraganda kamroq og'irlikka ega. U pastki qismida teshiklar yo'q, shuning uchun namlik o'tmaydi. Albatta nam va sovuq havoda termoplastik kauchuk taglik juda silliq bo'ladi. Termopoliuretan (TPU)-Qish fasli poyabzallar uchun foydalinadi. Termopoliuretan- yetarlicha yuqori zichlikka ega, shuning uchun uni zo'r tortishni ta'minlaydigan chuqur taglik ishlab chiqarishda ishlatish mumkin. Shuningdek, TPU -ning afzalliklari yuqori bardoshli va deformatsiyaga qarshilik qila olishidir.Termopoliuretanning yuqori zichligi tagligining og'irligi kattaligidan dalolatdir, elastikligi va issiqlik izolatsiyasi xususiyatlarni yaxshilash uchun TPU ko'pincha poliuretan bilan birlashtiriladi va shu bilan taglikning og'irligi kamayadi, uning issiqlik izolatsiyasi va elastikligi oshadi. Bu usul ikki kompozitsion qoliplama deb ataladi va uni tanib olish juda oddiy: bu texnologiya yordamida tayyorlangan taglik ikki qatlamdan iborat, yuqori qatlam poliuretandan (PU), pastki qismi esa- termopoliuretandan qilingan bo'ladi. Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar; Kerakli maydon: 80 m² dan kam bo'lmasligi kerak. Elektr energiya: 40 KW/380 V. Ishchilar soni: 6-10 kishi. Barcha ishlab chiqarish sanoatini asosiy manbayi suv ham talab etiladi. Ushbu chizmada 2 rangli (ekstruder), 20 stansiyaga ega bo'lgan uskunani ko'rishingiz mumkin, uskunalar uchun kerakli maydoni 6,5 x 6 metr talab etiladi. Agarda siz 1 rangli (ekstruder) 20 stansiyaga ega bo'lgan uskunani sotib olmoqchi bo'lsangiz, uskunalar o'rtanish uchun kerakli maydon 6,5 x 4 metr talab etiladi. Poyabzal ishlab chiqarish uskunalarini umumiy tasnifi: Uskunalarni umumiy jamlanmasi tarkibida ikkita- diamerti 75 mm bo'lgan ekstruder va bitta- 20 qoliplashga moslashtirilgan aylana xarakatli maxsus uskuna bor. Maxsus aylana stolida ish faoliyatni olib borish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. PLC boshqaruv panelida to'liq gidravlik bosim va sikl bilan boshqariladi. * Plastifikatsiyalash harorati oldindan tanlash orqali avtomatik tarzda boshqarilishi mumkin. * Uskunalar 20 o'lchash nuqtasida har bir qolip talablariga muvofiq in'ektsiya hajmini tanlash mumkin. * Bo'sh qolipda ishlashni osonlashtirish uchun qulay sig'imli joy ta'minlangan. * Parallel qolipni yopish mexanizmi mavjud. * Uskuna ikki marotaba in'ektsion qoliplama tizimi va qolib yopish tartibini tanlash uchun spazmlar bilan jihozlangan. * Maxsus aylana stoli harakatini sozlash mumkin.
01

Umumiy ko‘rsatkichlar

16 parametr
Umumiy ko‘rsatkichlar
Model
TG-LB-20x22
Xomashyo
TPR/PVC/TPU
Vint diametric
75mm
Vintni aylanish tezligi
0-160r/min
Uzunligi va diametric nisbati
20:01
Stansiyalarning soni
20
Maksimal in’ektsiya hajmi
660 sm3
Plastifikatsiya
40 g/s
In’ektsiya bosimi
5 Mpa
Disk bosimi
3 Mpa
Qolip ramkasini o’lchami
340x180x60mm
Umumiy quvvat
35,5 kw
Poyabzal chuqurligi
70mm
Poyabzal uzunligi
210-260mm
Hajmi
6290x6150x1955mm
Og’irligi
12300kg
Chiller-Havo yordamida suvni sovitib beruvchi qurilma. Havo kompressori-Uskunani maxsus aylana stolida ish faoliyatni olib borishida, yani qoliplash (pnevmatik slindr) uchun yordamchi qurilma hisoblanadi.
02

Umumiy ko‘rsatkichlar

5 parametr
Umumiy ko‘rsatkichlar
Maksimal bosim
8 bar
Kuchlanishi
220V/50Hz
Quvvat
3 kw
Hajmi
900*360*735mm
Vazni
68kg
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaPoyabzal tag qismini ishlab chiqarish

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Texnik xususiyatlar

Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.

Umumiy ko‘rsatkichlar

16 parametr
Model
TG-LB-20x22
Xomashyo
TPR/PVC/TPU
Vint diametric
75mm
Vintni aylanish tezligi
0-160r/min
Uzunligi va diametric nisbati
20:01
Stansiyalarning soni
20
Maksimal in’ektsiya hajmi
660 sm3
Plastifikatsiya
40 g/s
In’ektsiya bosimi
5 Mpa
Disk bosimi
3 Mpa
Qolip ramkasini o’lchami
340x180x60mm
Umumiy quvvat
35,5 kw
Poyabzal chuqurligi
70mm
Poyabzal uzunligi
210-260mm
Hajmi
6290x6150x1955mm
Og’irligi
12300kg

Umumiy ko‘rsatkichlar

5 parametr
Maksimal bosim
8 bar
Kuchlanishi
220V/50Hz
Quvvat
3 kw
Hajmi
900*360*735mm
Vazni
68kg

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish