Metallga ishlov berish
Showing 106–114 of 114 results
-
Metallga ishlov berish
AF-M6 Metall trubalarga naqshinkor iz tushirish uskunasi
0 out of 5(0)Metall trubalarga naqshinkor iz tushirish uskunasi har qanday metall naychalarga chiroyli iz tushirish uchun ishlatiladi. Uskunalar oddiy ishlashi, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi, barqaror shakllantirish effekti va boshqa xususiyatlarga ega.
Truba materiallari: zanglamaydigan po’lat/mis/uglerodli po’lat/temir/galvanizli/alyuminiy va boshqalar.
Truba shakli: Dumaloq va boshqa shakllar.
Qo’llanishi: Mebel, qurilish va boshqa sohalar uchun mo’ljallangan trubalar.
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish, Yog'ochga ishlov berish
Belkurak (lopatka) ishlab chiqarish liniyasi
Rated 5.00 out of 5(1)Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Xalqimizda bir maqol bor: “Ish quroling soz bo`lsa, mashaqqating oz bo`lur”. Bu maqol naqadar to`g`ri ekanligini butun umrimiz davomida ham ko`rishimiz mumkin. Yurtimizga bahor kirib kelgani tufayli, ushbu faslda xalqimiz tomonidan eng ko`p ishlatiladigan ish qurollaridan biri bo`lgan belkurak (lopatka) ishlab chiqarish to`g`risida sizlarga ma`lumot bermoqchimiz. Quyida siz ishlab chiqarish uchun kerak bo`ladigan uskunalar to`plami, ishlab chiqarish jarayonlaridan lavhalar va belkurakning eskizlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari
Agraf (podves) ishlab chiqarish liniyasi
Rated 5.00 out of 5(1)Kundan kunga zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har bir qismiga, sohasiga kirib
kelmoqda. Ularga bo`lgan talabimiz ham ko`paysa ko`payyaptiki, aslo kamaymayapti.
Bularga misol qilib oziq-ovqat, avtoservis, yog`ochga va metallga ishlov berish,
qadoqlash, servis sohalarini ayta olamiz. Shunday jadallik bilan rivojlanib kelayotgan
sohalardan biri bu, albatta, qurilish sohasidir.SKU: n/a -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Gipsokarton profil ishlab chiqarish liniyasi AF-L030
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarGipsokarton profil ishlab chiqarish liniyasi AF-L030
Rated 5.00 out of 5(1)Zamonaviy qurilish industriyasiga gipsakarton mahsulotlari jadal sur’atlarda kirib keldi va o’z navbatida ushbu mahsulotni o’rnatish uchun kerakli bo’lgan aksessuarlar uchun ham talab anchagina oshdi. Talab oshishi barobarida bozorda yog’och reykalar o’rnini tezlik bilan metall profillar egallay boshladi. Lekin bozorda mavjud gipsokarton profil ishlab chiqarish jarayonida bizning nazarimizda ba’zi kamchiliklar mavjud:
SKU: AF-L030 -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Tunukafon va tom uchun aksessuarlar ishlab chiqarish liniyasi
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarTunukafon va tom uchun aksessuarlar ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)Yurtimizning istalgan nuqtasiga nazar solsangiz hamma joyda qurilish va bunyodkorlik ishlariga guvoh bo’lasiz. Qurilish sohasida har kun yangiliklarni uchratishimiz mumkin. Shu kabi yangiliklardan biri yurtimizda tez ommalashayotgan tunukafon va tom uchun aksessuarlardir. Tunukafon biznesining ommalashishiga asosiy sabab quyidagicha:
- Tunukafon mahsuloti Aluminiy kompozit panellar o’rnini bosa oladi
- Ulyuminiy kompozit panellardan 2-3 barobor arzon
- O’rnatilishi tez va qulay
- Murakkab dizaynlar qilish ham mumkin
- O’rnatish uchun ishchi xarajatlari bir muncha arzon
- Yong’inga chidamli mahsulot, tarkibida polimer bo’lmaganligi sababli yonmaydi
- Xomashyoni istalgan xo’jalik mollari ulgurji sotuvchilaridan topish mumkinligi
SKU: AF-L029 -
Metallga ishlov berish
Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari AF-L025
0 out of 5(0)Metallga turli xil naqshinkor bezakli qilib ishlov berish san’ati bir necha asrlardan beri rivojlanib kelayotgan sohalardan sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bizning AFEX-GROUP kompaniyasi tomonidan tavsiya etilayotgan uskunalar yordamida o’z ishingizni yengillatib, mijozlaringizga betakror mahsulotlar qilib berishingizga ishonamiz. Metallga naqshinkor ishlov berish asosan panjalar, darvozalar va hovli uchun zarur bo’lgan boshqa ko’plab buyumlarda ishlatladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki biz sizlarga eng ko’p foydalaniladigan asosiy uskunalarni tavsiya etishga harakat qildik, sizning buyurtmangizga ko’ra boshqa turdagi uskunalarni ham olib kelishimiz mumkin.
SKU: AF-L025 -
Metallga ishlov berish
Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi AF-B006
0 out of 5(0)Uy bekalarimizning xo’jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi. Chunki mochalkali gubkalar ketkaza olmagan idishlarimizdagi kirlarni tozalashda metall gubkalar bizga yordamga keladi va idishlarimizning toza yuvilishida bunday turdagi gubkalarning xizmati beqiyosdir. Metall gubkalar yordamida qozonlar, choynaklar, tova (skovorodka)lar, metall kastryullar, gaz plitalar, elektr plitalar, rakovinalar, grill, steyk pishiradigan uskunalar, sixlar va boshqa shu turdagi metalldan yasalgan idishlardagi ketishi qiyin bo’lgan kirlarni osonlik bilan ketkazish mumkin.
Zamonaviy davrimizning eng foydali ixtirolaridan biri hisoblangan bunday gubkalar metalldan yasalgan bo’lib, juda ham mustahkam hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek, tozalash qiyin bo’lgan idishlarni chinnidek qilib tozalashda bizga yaqindan yordam beradi.
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Mix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarMix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
0 out of 5(0)Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
SKU: AF-L011 -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarSamorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
0 out of 5(0)Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
SKU: AF-L008
Showing 106–114 of 114 results








