Mintaqada 1-RAQAMLI
Uskunalar savdo platformasi
Haftada eng ko'p sotilgan
-
Qayta ishlash, Pet, Tayyor liniyalar
PET idish va polistiroldan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi
Rated 5.00 out of 5(2)Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
SKU: AF-L004 -
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarSamorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi AF-008
0 out of 5(0)Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
SKU: AF-L008
- Tayyor liniyalar
- Katta loyihalar
- Maxsus texnika
- Metallga ishlov berish
- Yog’ moy uskunalari
- Oziq ovqat
- Yengil sanoat
- Avtoservis uskunalari
- Qurilish uskunalari
- Yog’ochga ishlov berish
- Chop etish uskunalari
- Qog`ozni qayta ishlash
- Plastikni qayta ishlash
- Tibbiyot uskunalari
- To’quv uskunalari
- Qayta ishlash
- Labaratoriya uskunalari
- Lazer uskunalari
- Oyna va rom uchun uskunalar
- Qishloq xo’jaligi
- Xizmat ko`rsatish
- Boshqa uskunalar
- Qadoqlash
- Omborda mavjud uskunalar
- Video biznes loyihalar
- Yuk holatini tekshirish
- Mualliflik huquqlari
Hafta uskunalari
-
Dozator, Qadoqlash
Avtomatik 4 boshli suyuqlik quyish uskunasi 100-1000 ml
0 out of 5(0)Ushbu 4 boshli dozator suyuq va yarim suyuq mahsulotlarni 100 ml dan 1000 ml gacha bo‘lgan hajmda tez va aniq quyish uchun mo‘ljallangan. Ko‘p boshlilik tizimi bir vaqtda bir nechta idishlarni to‘ldirish imkonini beradi, bu esa ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish, Oziq ovqat
Sirok va proteinli batonchiklar ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)Proteinli batonchik ishlab chiqarish liniyasi bu – zamonaviy, avtomatlashtirilgan va samarali yechim bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda eng yaxshi yordamchingiz bo‘ladi. Liniya tarkibiga mikser, ekstruder, shokolad bilan qoplovchi, sovituvchi tunnel, o‘rash mashinasi va boshqa zarur modullar kiradi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Qishloq xo'jaligi
Parrandalarni so’yib tozalash liniyasi
0 out of 5(0)300 bosh/soat quvvatga ega tovuq tozalash liniyasi – ixcham va zamonaviy yechim! Butun jarayon avtomatlashtirilgan: osib qo‘yish, loq qilish, qoni chiqarish, isitish, yulingan tuklarni tozalash, ichak ajratish, sovitish va oyoq/bo‘yin kesish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Qurilmalar zanglamaydigan po‘latdan yasalgan, uzoq xizmat muddati va gigiena talablariga to‘liq javob beradi.
SKU: n/a -
Yog'ochga ishlov berish
Reka ishlab chiqarish liniyasi
0 out of 5(0)ADSR_1050 – bu og‘ir yuklarga mo‘ljallangan, ikki shpindelli yog‘ochni ko‘p bo‘lakka kesuvchi zamonaviy dastgoh bo‘lib, u xom daraxt bolorlarini aniqlik bilan va yuqori unumdorlikda kesishga mo‘ljallangan. Ushbu uskunaning yuqori quvvatli motorlari, avtomatik material berish tizimi va suv bilan sovitiladigan pichoqlari doimiy ishlab chiqarish uchun ideal sharoit yaratadi. Ayniqsa yog‘ochdan reyka (slat), planka, yoki panel ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun juda mos.
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish
Avtomatik raqamli boshqaruvli quvur (truba) va profil bukish uskunasi
0 out of 5(0)Zamonaviy CNC trubani egish uskunasi – qulay va ishonchli yechim
Bizning CNC boshqaruvli trubani egish uskunalarimiz ishlab chiqarishni avtomatik tarzda amalga oshiradi. Tez va aniq ishlashi tufayli vaqt va xarajatni tejaydi.
Dastur bilan ishlash juda oddiy – operator faqat trubani joylashtiradi va kerakli dasturini tanlaydi. Qolgan ishni stanok o‘zi bajaradi.
Kichik yoki katta hajmdagi buyurtmalarni samarali va sifatli bajarish uchun ideal tanlov.
Past uglerodli po‘lat, zanglamaydigan po‘lat, alyuminiy kabi materiallar bilan ishlash imkoniyati mavjud.
Avtomobil, mebel, sovutish, isitish va izolyatsiya tizimlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarishingizni bizning kompaniyamiz bilan soddalashtiring va tezlashtiring.
SKU: n/a -
Yorliq yopishtirish
AHR-300 yorliqlarni qisqartirib o’rab berish uskunasi
0 out of 5(0)Ishonchli va samarali shrink yorliq yopishtirish uskunasi qidiryapsizmi? AHR-300 yuqori tezlikdagi qisqaruvchi yorliq yopishtirish uskunasi PET, PVC kabi buklanuvchi plyonka materiallarini rulon shaklidagi o‘ramlarga aylantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Uskuna konvertor dvigatel va vektor boshqaruv tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, aniq yopishtirish, barqaror ishlash, past shovqin va teng yopishtirish sifatini ta’minlaydi. Ish tezligi esa daqiqasiga 300 metrgacha yetadi!
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Makulaturadan hojatxona qog’ozi ishlab chiqarish liniyasi 0.8-1 T/kuniga
0 out of 5(0)Tualet qog‘ozi ishlab chiqarish liniyasi — foydali va barqaror biznes.
Afzalliklari:
-
Ishlab chiqarish makulaturadan — arzon va mavjud xomashyo
-
Mahsulotga doimiy talab — har doim sotiladi
-
Avtomatik uskunalar — kam ishchi kuchi bilan samarali ishlab chiqarish
-
Tez qaytariladigan investitsiya
-
Ekologik toza yechim — chiqindini foydaga aylantiradi
-
Ichki va tashqi bozorga mos
Bu loyiha kichik korxona yoki ishlab chiqarish tashkilorlatlari uchun ideal variant bo‘lib, barqaror daromad keltiradi.
SKU: n/a -
-
Yengil sanoat
POLYESTER TOLASIDAN SINTEPON RULON ISHLAB CHIQARISH LINIYASI
0 out of 5(0)Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi ishlab chiqarish liniyamiz polyester tolasidan (sintepon) yuqori sifatli rulon sintepon tayyorlaydi. Jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan: xomashyo tarqatiladi, qirralar aniq kesiladi, kerakli uzunlik belgilab kesiladi va tayyor mahsulot rulonga o‘raladi. Ishonchli, tejamkor va samarali yechim.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Kotlet va naggetslar ishlab chiqarish uskunasi
0 out of 5(0)To‘liq avtomatik: to‘ldirish, shakllantirish va chiqarish jarayonlarini bajaradi.
Ushbu uskuna gamburger kotleti, tovuq naggetsi va shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Mahsulotingiz uchun cheksiz shakllar yaratilishi mumkin: dumaloq, kvadrat, ellips, uchburchak, yurakcha, multfilm qahramonlari, yulduzcha va boshqa dizaynlar.
Xomashyolarning buzilishi (yo‘qolishi) minimal darajada bo‘ladi.SKU: n/a -
Yog'ochga ishlov berish
Yog’ochni 4 tomonlama silliqlash uskunasi
0 out of 5(0)Yog‘ochni qayta ishlashdagi maksimal aniqlik va samaradorlikni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan ushbu to‘rt tomonlama reysmus uskunasi har xil o‘lchamdagi yog‘och materiallarni bir tekis va tez silliqlash imkonini beradi. Kuchli motorlar, sozlanadigan ishlov parametrlari va yuqori tezlikdagi shpindellar bilan jihozlangan bu uskuna mebel ishlab chiqarish, qurilish va yog‘ochsozlik korxonalari uchun mukammal tanlovdir.
SKU: n/a -
Metallga ishlov berish
Kislorod orqali kesish uskunasi
0 out of 5(0)RDW-5000 modeli sanoat darajasidagi ilg‘or HHO (vodorod-kislorod) kesish uskunasidir. Bu uskuna yuqori samaradorlik, ekologik tozaligi va barqaror ishlashi bilan ajralib turadi. U po‘lat, zanglamaydigan temir va boshqa metallarni aniq va toza kesish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan suv ta’minoti va havo sovitish tizimi bilan jihozlangan RDW-5000 ishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va energiya samaradorligini oshiradi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Go’shtni kubik shaklida kesish uskunasi
0 out of 5(0)Model FDR 350 yuqori unumdorlikka ega, kuchli va ishonchli kesish uskunasi bo‘lib, turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini teng va sifatli kesish uchun ideal tanlovdir. Bu uskuna tijorat oshxonalar, oziq-ovqat fabrikalari va qayta ishlash sexlari uchun mos keladi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Elektr dudlash pechi
0 out of 5(0)Elektrli dudlash (kopchitish) pechi go‘sht mahsulotlari, kolbasa, baliq va parranda go‘shtini bug‘lash, quritish, pishirish va tutatish jarayonlarini amalga oshiradi. Uskuna yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va mahsulot sifatini kafolatlaydi.
Quyida dudlash pechining ishlab chiqarish quvvati 50 va 200 kg/soat turlari taqdim etilgan
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Piyoz po’stlog’ini tozalash uskunasi AER-600
0 out of 5(0)Piyoz tozalash mashinasi AER-600 – bu zamonaviy, energiya tejamkor va yuqori samaradorlikka ega uskuna bo’lib, pnevmatik usulda piyozni shikast yetkazmasdan, ifloslanmasdan silliq va tez tozalash imkonini beradi. Mashina zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan bo’lib, xizmat ko’rsatish va tozalash oson, ishonchliligi yuqori va nosozlik darajasi past.
SKU: n/a
Showing 221–240 of 1040 results



















